Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62.9K subscribers
27.7K photos
2.61K videos
91 files
8.94K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Qumqoʻrgʻon_tumani

“Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali

Qumqo’rg’on tumani “Yangiyer” mahallasida “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali bo’lib o’tdi.

Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi, Kakaydi qo’rg’onidagi harbiy qism, tuman mudofaa bo’limi, sariq va qizil toifadagi hamda bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi.

Yoshlar festivalida tuman hokimi so’zga chiqib yurtboshimiz tomonidan yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berilayotganini e’tirof etdi va fan olimpiadasida faxrli o’rinlarni egallagan, muddatidan ilgari o’qishga kirgan o’quvchi yoshlarga faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alarini topshirdi.

Tadbir davomida tuman madaniyat bo’limi tomonidan turli xildagi chiqishlar, kuy qo’shiqlar kuylandi va yoshlarga ko’tarinki kayfiyat ulashildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
⚡️RASMIY MUNOSABAT

Telegram tarmog'idagi @SizdanTelegram© | Yangi O'zbekiston kanalida “Мудирамиз ишдан ташқари кунларда ҳам тозалашга чақиради” sarlavhasi ostida joylangan xabar yuzasidan shuni ma'lum qilamiz:

Qumqo'rg'on tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining bergan ma'lumotlariga ko'ra, hozirda ushbu xabar yuzasidan tuman Prokuraturasi tomonidan o'rganish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ish bo'yicha to'plangan ma'lumotlar asosida to'liq rasmiy xabar beriladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Oltinsoy_tumani

Mahorat darsi tashkil etildi

Pedagoglarda yangi g'oyalarni vujudga keltirish, o'zaro fikr almashish, yangicha metodikalarni tadbiq etish, pedagogik salohiyatni shakllantirish hamda o'quvchilar bilan ishlash usullarini oshirish maqsadida Oltinsoy tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ingliz tili fani bo'yicha 5-sinf o'quvchilariga mahorat darslari tashkil etildi.

Darsda turli qiziqarli metodlar, amaliy mashg'ulotlardan foydalanildi. O'quvchilar o'z qiziqishlarini namoyon etib, darslarda faol ishtirok etishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Rasmiy munosabat

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Facebook ijtimoiy tarmog'ida “Олтинсой туман 21-мактабда 4-чоракда тўлиқ инглиз тили дарслиги бир соат ўтилмай чорак тугади” sarlavhasi ostida joylangan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Oltinsoy tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda Oltinsoy tumanidagi 21-sonli umumtaʼlim maktabida 2 nafar ingliz tili fani o‘qituvchisi faoliyat olib bormoqda. Maktab bo‘yicha jami 43 soat ingliz tili fani darslari mavjud. 

Shundan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi “Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-646-sonli qaroriga asosan boshqa viloyatdan oliy maʼlumotli, oliy toifali va S1-darajadagi sertifikatli o‘qituvchi M.J. mazkur maktabga ishga jalb qilingan bo‘lib, unga 28 soat dars mashg‘ulotlari berilgan va o‘qituvchi tomonidan darslar vaqtida o‘tib kelinmoqda.

2-o‘qituvchi tugallanmagan oliy (4-kurs) ma‘lumotga ega bo‘lgan N.H. ga 12 soat dars mashg‘ulotlari berilgan va dars jadvalida haftaning ikki kuniga mazkur darslar joylashtirilgan. O‘qituvchi N.H.ning salomatligida muammosi bo‘lganligi sabab joriy yilning
9-martidan 31-martigacha, 1-apreldan 4-aprelgacha, 16-apreldan
30-aprelgacha, 1-maydan hozirgi kungacha kasallik varaqasida (davom etmoqda) bo‘lganligi asosli hujjatlar bilan tasdiqlanib turibdi. 

Joriy o‘quv yilining 4-choragida 1-o‘qituvchi tomonidan dars mashg‘ulotlari muntazam o‘z vaqtida olib borilgan. 2-o‘qituvchiga berilgan darslar esa mazkur chorak mobaynida o‘tilmay qolgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube