Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
64.4K subscribers
27.7K photos
2.6K videos
91 files
8.92K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#New_Uzbekistan_University
#Qabul_2023
#Surxondaryo_viloyati

⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabida "Yangi O‘zbekiston universiteti" uchun qabul imtihonlari boshlandi.

🎥 Imtihon jarayonlarini quyidagi havola orqali onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin:

Kamera 1
Kamera 2
Kamera 3
Kamera 4
You tube orqali kuzatish

🌐Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Rasmiy munosabat

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi @SizdanTelegram© | Yangi O'zbekiston kanalida “Ўқувчилар дарс вақтида тозалаш ишларига олиб чиқилди” sarlavhasi ostida joylangan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutasaddi xodimlari tomonidan Termiz tumanidagi 16-sonli IDUMda o’rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida joriy yil 17-mart kuni ayrim yuqori sinf o‘quvchilari dars mashg‘ulotlaridan keyin, 18-mart kuniga rejalashtirilgan “Navro‘z” umumxalq bayrami sayli o‘tkazilishi belgilangan maktab sport maydonida o‘zlariga biriktirilgan (saylda milliy taomlar ko‘rgazmasi uchun dasturxon yozishga ajratilgan) hududdagi toshlarni tozalash va devorga gilam tutish kabi ishlarni sinf rahbarlari va maktab maʼmuriyati xabarisiz o‘zboshimchalik bilan bajarishgan. Bu vaqtda yuqori sinflarning sinf rahbarlari dars mashg‘ulotlarida bo‘lganligi sababli o‘quvchilar nazoratsiz qoldirilgan.

Ushbu holat yuzasidan maktab maʼmuriyati va sinf rahbarlari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan va o‘quvchilarni nazoratsiz qoldirganligi uchun sinf rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilingan.

Ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish davomida ushbu holatda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilinmaganligi, sinf rahbarlarining eʼtiborsizligi sababli o‘quvchilar dars mashg‘ulotlaridan keyin nazoratsiz qoldirilganligi natijasida ushbu holat yuzaga kelganligi aniqlandi.

O’rganish davomida maktab rahbariyati hamda yuqori sinf o’quvchilarining sinf rahbarlaridan yuqoridagi holat yuzasidan tushuntirish xatlari olindi va kelgusida bu kabi holatlar qaytarilmasligi bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Surxondaryo tajribasi: "Otalar qabul kuni" viloyat bo'ylab ommaviy tus oldi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Kitob odamlarning ong-u tafakkuri, dunyoqarashini o’zgartirish, ma’naviy saviyasini yuksaltiruvchi asosiy vositadir. "O’quvchilar o’rtasida kitobxonlikni oshirish” bo’yicha Angor tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabida seminar tashkil etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Muzrabot_tumani

Sektor rahbarlari bitiruvchi yoshlar bilan uchrashdi

Muzrabot tuman kasb-hunar maktabida "Kasb va yoshlar festivali" bo'lib o'tdi. Festivalda tumandagi umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari, kasb-hunar maktabi bitiruvchi o'quvchilari ishtirok etishdi.

Jarayon davomida harbiy xizmatchilar tomonidan turli harbiy chiqishlar o‘quvchilar e'tiboriga havola etildi. Festival doirasida, "Sektor rahbarlari va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi. Uchrashuvda sektor rahbarlari va yoshlar o‘rtasida samimiy davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi. Yoshlarning takliflari tinglanib, ijobiy hal etish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Boysun_tumani

Gulxan atrofida – yoshlar bilan uchrashuv

Boysun tumanidagi 39-son umumta’lim maktabida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ular bilan yaqindan muloqot qilish maqsadida gulxan atrofida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda tuman hokimi B.Shukurov, 4-sektor rahbari B.Akramov, tuman hokimining o‘rinbosari D.Xafizov, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Sh.Xolmatov hamda mutasaddi tashkilotlar va boshqa mas’ullar, shuningdek, bir guruh yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot qilindi va ko‘ngilochar tadbirlar, sport musobaqalari hamda konsert dasturlari namoyish etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube