Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
52.5K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Denov_tumani

O'QUVCHILAR BILAN SAMIMIY SUHBAT O'TKAZILDI

❇️ Bugun Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida filologiya fanlari nomzodi, "Antik dunyo" Xalqaro fanlar akademiyasining akademigi va ajoyib notiq Rahimboy Jumaniyozov bilan o'quvchilar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.

🔻 Suhbat davomida ustoz so‘z san’atining nozik taraflarini o'quvchilarga savol-javoblar, har xil aforizm va rivoyatlar orqali yuksak darajada namoyon qildi. O‘zbek tilining keng imkoniyatlaridan foydalanish, uni o‘z o‘rnida aniq, lo‘nda va ta’sirchan qo‘llash usullari haqida qimmatli ma’lumotlarni berib o‘tdi hamda tadbirda faol qatnashgan o'quvchilar ustoz Rahimboy Jumaniyozovning esdalik kitoblariga sazovor bo‘lishdi.

🔹 Shuningdek, faxriy mehmon maktab-internat faoliyati va bu maskanda o'quvchilarning ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Oltinsoy_tumani

KASB-HUNAR MAKTABIDA “KASB VA YOSHLAR” FESTIVALI O‘TKAZILDI

Bugun, Oltinsoy tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabida tumandagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari ishtirokida “Kasb va yoshlar” festivali o‘tkazildi.

Tadbirdan ko'zlangan maqsad, o'quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini amalga oshirish, yuqori sinflarda zamonaviy kasb-hunar egallashlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda yoshlar orasida o‘zini-o‘zi band qilish kabi mehnat shakllarini rivojlantirishdan iborat.

Festival davomida o'quvchilar kasb-hunar maktabida o'qitilishi yo'lga qo'yilgan turli yo'nalishlar bilan yaqindan tanishdilar.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Olimpiada

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida fan olimpiadasining Agentlik bosqichi bo'lib o'tmoqda (1-kun)

Bugun Termiz shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida fan olimpiadasining Agentlik(final) bosqichi bo'lib o'tdi.

Olimpiadada matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari hamda science fanlari bo’yicha hududiy bosqich g’oliblari ishtirok etishdi.

Olimpiada jarayonlarini Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig’i X.Mamadiyev ham bevosita kuzatib, o’quvchi yoshlarga omad tiladi. Olimpiada ochiq va shaffof tarzda o'tkazildi.

Olimpiada yakuni bo'yicha natijalarni quyidagi manzil orqali bilib olishingiz mumkin:

Matematika
Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika va axborot texnologiyalari
Science

📖Batafsil👉bu yerda

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#RaqamliAvlod
#ITFestivali
#DGContest

Bugun "Raqamli avlod IT Festivali" doirasidagi "DG Contest" musobaqasining final bosqichi o'z nihoyasiga yetdi.

📍Musobaqaning barcha ishtirokchilari sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

“DG Contest” doirasida eng yaxshi natijalarni qayd etgan ishtirokchilar esa, 13-may kuni tadbirning tantanali yopilish marosimida qimmatbaho sovg'alarga ega bo’lishadi!
____
🔴 Ayni vaqtda "Raqamli avlod IT Festivali" doirasidagi Robotexnika musobaqalari bo’lib o’tmoqda.

✔️ Ma’lumot uchun, ushbu musobaqalarda ishtirok etish uchun jami 500dan ortiq jamoalar, 800dan ortiq ishtirokchilar ro'yxatdan o'tgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM