Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
57.6K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Maktabda taʼlim berayotgan erkak pedagoglar soni so‘nggi 5 yilda qariyb 28 ming nafarga oshgan

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilida respublika bo‘yicha umumtaʼlim muassasalarida taʼlim berayotgan pedagoglar soni (o‘rindoshlarsiz) 521,6 ming nafarni tashkil etgan.

Shundan 159,9 ming nafari yoki jamiga nisbatan 30,7 fozini erkak pedagoglar tashkil etgan.

2022/2023 o‘quv yilida 2018/2019 o‘quv yiliga nisbatan erkak pedagoglar soni 27,8 ming nafarga yoki 21,0 foizga ko‘paygan.

👉 https://t.iss.one/+g_uVfal6mXIxNTVi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Farzand tarbiyasida ota-onaning, ayniqsa, otalarning o‘rni kattadir. Shu sabab davlatimiz rahbari joriy yilning mart oyida viloyatimizga qilgan tashriflarida haftaning shanba va yakshanba kunlari Surxondaryo tajribasi sifatida “Otalar qabul kuni” bo‘lishini, unda har bir xonadon egasi o‘z farzandlariga alohida eʼtibor ko‘rsatishi kerakligi masʼullarga topshiriq sifatida berilgan edi. Ushbu jarayonga nuroniy bobo va buvilar ham masʼul ekanligi alohida taʼkidlandi. Topshiriq ijrosi yuzasidan vohamizdagi barcha maktablarda haftaning har shanba, yakshanba kunlari “Otalar qabul kuni” o‘tkazib kelinmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boringi
👉
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
BOLALARNING ISTE`DODI OCHIQ MASHG`ULOTDA NAMOYON BO`LDI

O`zaro tajriba almashish, yangidan-yangi metodlarni ta`lim jarayonlariga tadbiq etish maqsadida hududlardagi maktabgacha ta`lim tashkilotlarida muntazam ochiq mashg`ulotlar o`tkazib kelinmoqda. Ana shunday mashg`ulotlarning navbatdagisi 1-may kuni Sariosiyo tumanidagi 1-sonli davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida o`tkazildi. Mashg`ulotda tumandagi maktabgacha ta`lim tashkilotlari direktorlari, tarbiyachilar va ota-onalar qatnashishdi.

Ochiq va samimiy ruhda kechgan mashg`ulot davomida tarbiyalanuvchilarning intellektual salohiyatini oshirish, iste`dodlarini ro`yobga chiqarish maqsadida turli metodlar qo`llandi va bolajonlar o`z faolliklarini namoyon etishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boringi
👉
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
O`QUVCHILAR HARBIY QISM BILAN YAQINDAN TANISHTIRILDI

Kuni kecha Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh o`quvchilari ishtirokida tuman hududida joylashgan harbiy qismlarning birida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o`tkazildi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda chaqiriqqa tayyorlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbir davomida o`quvchi yoshlar harbiy xizmatchilar uchun manzilda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Qurolli kuchlarimizning qudrati va salohiyatini o`zida yaqqol namoyon qilgan mazkur harbiy qismdagi qurol-aslahalar, kutubxona, mo`jazgina muzey hamda madaniyat markazi ham yoshlarning e`tiboridan chetda qolmadi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boringi
👉
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Termiz shahrida “Yosh chegarachilar” sport bellashuvining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boringi
👉
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🔰 Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuchga kirdi.

"O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni tarixda ilk bor 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi.

▶️ Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Германия Федерал Президенти Франк-Вальтер Штайнмайернинг таклифига биноан ташриф билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Федерального Президента Германии Франка-Вальтера Штайнмайера отбыл в эту страну с визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Germaniya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter