Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
61K subscribers
27.9K photos
2.62K videos
91 files
9K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
🌈"ACTED" TEXNIK HAMKORLIK VA TARAQQIYOT AGENTLIGI SURXONDARYODA

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda "Acted" Texnik hamkorlik va taraqqiyot agentligi (Fransiya) bilan hamkorlikda Termiz tumanida joylashgan 1- va 13-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlarida oshxona, suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi infratuzilmasini takomillashtirish bo'yicha olib borilayotgan ish jarayonlari bilan tanishildi.

❗️Eslatib o'tamiz, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda "Acted" Texnik hamkorlik va taraqqiyot agentligi tomonidan viloyatimizning Muzrabot, Termiz va Angor tumanlaridan 35 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tanlab olingan bo'lib, ushbu ta'lim muassasalarida to'liq homiylik mablag'lari hisobidan oshxona, suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi infratuzilmasini takomillashtirish rejalashtirilgan bo'lib, hozirda ta'mirlash ishlari boshlab yuborilgan.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🚦 "YASHIL CHIROQ" MUSOBAQASINING  TUMAN BOSQICHI YAKUNLANDI

🔰 2023-yil 14-aprel kuni Sherobod tuman ichki ishlar bo‘limi, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda “Yashil chiroq” ko‘rik tanlovining tuman bosqichi ko'tarinki ruhda o‘tkazildi.

Musobaqada jamoalar safda yurish tayyorgarligi, piyodalar vazifalari va harakatiga oid sinov, yosh velosipedchilar musobaqasi, chorraha maketini yasash, birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatish, texnika ijodiyoti tanlovi, guruh sardorlari bellashuvi kabi 12 ta shart asosida qizg'in bahs olib borishdi.

🔹Yakunda musobaqaning viloyat bosqichiga tumandagi 56-sonli maktabning "Sergaklar" jamoasi yo'llanmani qo'lga kiritdi.


✍🏻Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Voyaga yetmagan o‘quvchilar hayotiga daxldor noxush holatlarning keng yoritilishi ularning ruhiyatiga aks taʼsir ko‘rsatishi ilmiy asoslangan

Keyingi paytlarda ommaviy axborot vositalari hamda blogerlarning ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida yoshlar o‘rtasidagi salbiy holatlar, xususan, suitsid holatlarini aks ettiruvchi ko‘plab maʼlumotlar uchramoqda.

Albatta, biz so‘z erkinligi kabi tushunchalarni tanqid qilishdan yiroqmiz.

Lekin shunday jarayonlar ham borki, ularning yoritilishi o‘smirlar ongiga salbiy taʼsir ko‘rsatib, o‘smirlarning ruhiyatiga aks taʼsir ko‘rsatishi psixolog olimlar tomonidan ilmiy asoslab berilgan.

Aytish joizki, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mustaqil hayotga jismoniy, tibbiy, ruhiy jihatdan tayyorlash borasida doimiy ravishda ishlar olib boriladi.

Afsuski, shunga qaramay voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan qaltis vaziyatlar, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, o‘z joniga qasd qilish kabi salbiy holatlarning sodir etilishi barchamizni qayg‘uga soladi. 

Bunday holatlarning oldini olishda har birimizning masʼuliyatimizni oshirish, bolalarni tushunish, ularga eʼtibor, g‘amxo‘rlik va mehr ko‘rsatish, bola huquqlarini himoya qilish, ota-onalarning masʼuliyatini oshirish borasida birgalikda harakat qilishga eʼtibor qaratishimiz lozim. 

Shularni inobatga olib, bunday noxush holatlarni yoritishda eʼtiborli bo‘lishni so‘rab qolamiz.

Psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi psixologi Feruza INAGAMOVAning mavzu yuzasidan tavsiyalari ushbu videoda