Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
61.5K subscribers
27.9K photos
2.62K videos
91 files
9K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
🔰BOYSUN TUMANIDA YANGI QURILGAN MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARI OʻRGANILDI


Surxondaryo viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari R.Kattayeva rahbarligidagi ishchi guruh Boysun tumanidagi yangidan qurilgan “Smart baby” davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda 18-, 19-, 21-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini koʻzdan kechirdi.

Oʻrganish davomida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

❗️Ma'lumot o'rnida: Boysun tumanida 95 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat ko'rsatib kelayotgan bo'lib, tumanda 3-7 yoshgacha bo'lgan bolalar qamrovi 57,3 % ni tashkil qiladi.


✍🏻Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Seminar_trening
#Ijod_maktablari

❗️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining ona tili va adabiyot, tarix, tarbiya fani o‘qituvchilari uchun "Zamonaviy va loyihaga asoslangan taʼlim" mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi.

🗓 Trening jarayonlari 5-6- aprel kunlari Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida bo'lib o'tdi.

📍Keyingi manzil: Halima Hudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

📌“KITOBXONLIK FESTIVALI” QORAQALPOG‘ISTONDA

⚡️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar kutubxonasi tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida "Kitobxonlik festivali" o‘tkazildi.

⚡️Ushbu festival doirasida quyidagi kitobxonlik koʻrik-tanlovlarining g‘olib va sovrindorlari taqdirlandilar:

“Eng kitobxon maktab”
“Eng faol kitobxon oʻquvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng kitobxon oila”
“Eng faol kutubxonachi”

🪩🎼Festivalda “Kitob sovgʻa qil va maʼnaviyat ulash” kitob aksiyalari, viktorinalar va kitob koʻrgazmalari tashkil etilib, san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar orqali festival haqiqiy bayramona tus oldi.

➡️ Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro matematika olimpiadasi
jamoasi bilan kuchaytirilgan o’quv mashg’ulotlarini olib borish uchun xorijiy mutaxassis taklif qilindi

Ayni kunlarda nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)da ishtirok etadigan O’zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning yakuniy bosqichi bo’lib o’tmoqda.

Saralash bosqichi uchun boshqa olimpiadalarda foydalanilmagan yangi topshiriqlar tuzish hamda o’quvchilar bilan kuchaytirilgan o’quv mashg’ulotlarini olib borish uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan xorijiy mutaxassis Grigoriy Chelnokov taklif qilingan.

Grigoriy Chelnokov matematika fanlari nomzodi, Moskva Iqtisodiyot Oliy maktabi Matematika fakulteti o’qituvchisi. 2000-yildan buyon turli mamlakatlarning terma jamoalarini xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)ga tayyorlab kelmoqda.

Xalqaro Jautikov olimpiadasi, Shaharlar turniri, Umumrossiya matematika olimpiadasi kabi olimpiadalarda hakamlar hay’ati tarkibida faoliyat olib boradi. Uning Xalqaro jurnallarda ko’plab maqolalari chop etilgan. Kombinatorika, sonlar nazariyasi, geometriyaga oid ajoyib masalalar muallifi.

64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) 2023-yil 2-13-iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida bo’lib o’tadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram