Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
52.4K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
🦅🦉🦆🌸🌷🪴QUSHLAR VA GULLARNI ASRAYLIK

🦜 Qushlar juda ham ajoyib mavjudotlardir. Ular parvoz qila olish qobiliyati, betakror tashqi ko'rinishi va yoqimli ovozi bilan boshqa hayvonlardan ajralib turadi.
☘️Termiz shahridagi 32-sonli davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida "Qushlar va Gullar bayrami" shiori ostida ko'rik-tanlov va ko'ngilochar tadbirlar tashkil etildi. Tadbir davomida Surxondaryo viloyatining boy tabiati haqida qiziqarli ma`lumotlar berildi. Tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan sahna ko`rinishlari namoyish etildi.


🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐
Bizing ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz ⬇️
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
⚡️RASMIY MUNOSABAT

You tube ijtimoiy tarmog'ida "Сурхондарё вилояти Олтинсой туман Корлик махалласида жойлашган 27-МТТ да хожатхонага камалган бола" sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan shuni ma'lum qilamiz:

Hozirda ushbu holat shaxsan boshqarma boshlig'ining nazoratiga olingan bo'lib, holat yuzasidan ishchi guruh tomonidan o'rganish olib borilmoqda. O'rganish natijalari bo'yicha batafsil ma'lumot beriladi.


🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy
sahifalari ⬇️⬇️⬇️

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Франция Президентининг маслаҳатчиси Изабель Дюмонни қабул қилди. Учрашувда олий даражадаги келишувларни амалга ошириш масалалари ва икки мамлакатнинг ҳар томонлама шериклигини кенгайтириш истиқболлари кўриб чиқилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял советника Президента Франции Изабель Дюмон. Были рассмотрены вопросы практической реализации договоренностей на высшем уровне и перспективы расширения всестороннего партнерства двух стран.

#Mirziyoyev #qabul #Fransiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#OʻQUV_SEMINAR

📚 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining “Ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari va o‘quv - semenarlarini o'tkazish to'g'risida” 2023-yil 14-martdagi 58-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Jarqo'rg'on tumani va Termiz shahri maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari uchun “Sifatli ta’lim-birgalikda” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o’tkazildi.

🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐
Bizing ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz ⬇️
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Президент Шавкат Мирзиёев ижтимоий соҳа объектларининг иситиш тизимларини модернизация қилиш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по мерам модернизации систем отопления в объектах социальной сферы.

#Mirziyoyev #yigilish #isitish #ijtimoiysoha

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
⚡️RASMIY MUNOSABAT

Кобул Дусов telegram kanaliga "Мактабни ўқитувчилар оилавий эгаллаб олган" sarlavhasi ostida joylangan postda Surxandaryo viloyati Sariosiyo tumani 22-umumiy õrta ta'lim maktabiga ogohlantirishsiz komissiya jõnatsangiz oilaviy o'qituvchilar maktabni egallab, ta'lim darajasi -000.01 foizni tashkil etadi deyilgan.

Ushbu xabar yuzasidan Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi nazoratida Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan ishchi guruh tuzilib, o'rganish olib borilganda, Sariosiyo tumanidagi 22-umumta’lim maktabida hozirda jami 69 nafar o‘qituvchi 838 nafar o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berib kelayotganligi, o‘qituvchilarning 2 nafari oliy toifali, 11 nafari birinchi toifali, 18 nafari ikkinchi toifali, 15 nafari mutaxassis, 3 nafar tugallanmagan oliy hamda 20 nafari o‘rta maxsus ma’lumotga ega ekanligi aniqlangan.

2022-yil Davlat test markazi bergan ma’lumotiga ko‘ra maktabni bitirgan 35 nafar bitiruvchilarning 31 nafari hujjat topshirib o‘rtacha 54,63 ballni egallaganligi sababli, ushbu maktab ta’lim sifati past (qizil) maktab toifasiga kiritilgan. Maktabda ta’lim sifati hamda o'quvchilarning oliy ta'limga qamrov darajasi pastligi sababli, O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 97-moddasi 1-bandiga asosan 2023 yil 28-fevral kunidan maktab direktori Melikov Akmal bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Hozirda, maktab o‘qituvchilari bilan suhbat o‘tkazilib, maktabda ta’lim sifatini oshirish, bitiruvchi sinf o‘quvchilarini oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash, ularni kasbga yo‘naltirish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etilmoqda.

Shuningdek, maktabning 2 nafar Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari o‘zaro yaqin qarindosh ekanligi aniqlanganligi bois, xodimlardan biri o'z arizasiga binoan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boringi
👉
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
🔊DIQQAT DIQQAT🔊

“Buyuk Temur siymosi biz bilan” challenge o'tkazilmoqda!

#Challenge

▪️9-APREL - Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Buyuk Temur siymosi biz bilan” challenge tashkil etilmoqda!

Challengega ishtirokchilar nizomda keltirilgan shartlar bo'yicha ijodiy ishlarini 30-mart sanasidan boshlab, 9-aprel kuniga qadar hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablariga taqdim etishlari lozim.

Nizom bilan tanishish👈

➡️Challengeda 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan respublikamizning barcha o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishlari mumkin.

Challenge shartlari❗️

📌Challenge tasviriy san'at yo'nalishida o'tkaziladi.

✔️Challengedan asosiy maqsad, buyuk ajdodlarimiz siymolarimiz va vatanparvarlik yo‘nalishidaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.

🔊Barchani challengeda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktabi
#Termiz_shahri

📣Joriy yilning 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Madaniy meros agentligi hamda Termiz arxeologiya muzeyi hamkorlikda arxeologiya muzeyida “Milliy liboslarimiz – qadriyatimiz ko‘zgusi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

🔰Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari hamda o‘qituvchilari ham ushbu tadbir mehmoni bo‘lishdi.

📌 Tadbirdan ko‘zlangan maqsad - yoshlarni yot g’oyalar, ommaviy madaniyat ta’siridan ehtiyot bo’lishga, milliy urf-odatlarimizni asrab avaylashga chaqirishdan iborat edi.

🌐Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube