Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
64.3K subscribers
27.8K photos
2.62K videos
91 files
8.98K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Surxondaryo_viloyati_MMTB
#Sherobod_tumani

🔰SIFATLI TA'LIM – KELAJAK POYDEVORI

Bugun, 25 mart kuni Sherobod tumanidagi Pedagogika kolleji binosida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev ishtirokida tumandagi umumta'lim maktablari hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari uchun yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishda asosan, ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya sifatining oshirilishi, maktab hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida obodonlashtirish-ko'kalamzorlashtirish ishlariga e'tibor qaratish borasida fikr yuritildi.

Shuningdek, pedagoglarning bilim-ko'nikmasini oshirish ta'lim jarayonlarida muhim ekanligi ta'kidlandi. Ochiq muloqot tarzida kechgan yig'ilish davomida qatnashchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi, shuningdek, taklif va tavsiyalarini bildirib o'tishdi.

🌐 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy sahifalari ⬇️⬇️⬇️

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
🔴#Live #Xalqaro_iqtisod_olimpiadasi Ayni paytda Surxondaryo viloyatida Xalqaro iqtisod olimpiadasi saralash bosqichi bo'lib o'tmoqda. 🌐 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy sahifalari ⬇️⬇️⬇️ Telegram | Facebook | Instagram…
🔰XALQARO IQTISOD OLIMPIADASINING SURXONDARYO VILOYAT SARALASH BOSQICHI NATIJALARI:

Surxondaryo viloyatidagi 26-umumta’lim maktabida Xalqaro iqtisod olimpiadasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi umumta’lim maktablari, Prezident maktablari hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan jami 88 nafar iqtidorli o‘quvchilar o‘zaro bellashishdi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra,

🥇 1️⃣-o‘rinni - Termiz shahridagi Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi Boymuratova Hilola Shavkatovna
🥈 2️⃣-o‘rinni - Termiz shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi Qarshiyeva Laylo Asqarovna
🥉 3️⃣-o'rinni - Jarqo'rg'on tumanidagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati 10-sinf o'quvchisi Abdurashidov Sardor Jumanazar o'gli qo'lga kiritishdi.

🔷Saralash bosqichida g'olib bo'lgan 3 nafar o'quvchilarimiz olimpiadaning respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.

🌐 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy
sahifalari ⬇️⬇️⬇️

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Surxondaryo_viloyati_MMTB
#Sherobod_tuman_IM
#Otalar_kuni

🔰TA'LIM MUASSASALARIDA "OTALAR YIG`ILISHI" HAYOTGA TADBIQ ETILMOQDA

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oilaviy muhitning ijobiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tumanimizning bir qator mutasaddi tashkilot mas'ullari hamkorligida Prezidentimizning viloyatimizga qilgan tashriflari chog`ida Surxondaryo tajribasi sifatida haftaning shanba va yakshanba kunini “Otalar kuni” sifatida belgilab, ushbu kunlarda otalar oʻz vaqtlarini farzandlari bilan oʻtkazib, ularning tarbiyasi bilan shugʻullanishlari boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalarni berib oʻtgan edilar. Shu taklif va tavsiyalarni ijrosi sifatida "Otalar yig`ilishi" o`tkazildi.

🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
⬇️⬇️⬇️

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
РАСМИЙ МУНОСАБАТ

📲Бугунги кунда “Ташаббусли бюджет” лойиҳаси доирасида овоз бериш жараёни давом этмоқда. Ҳозирда жами 33 минг 600 лойиҳа учун 10 миллиондан ортиқ овоз берилди.

✈️ Шу билан биргаликда, ижтимоий тармоқларда бюджет ташкилоти ходимларини мактабгача ва мактаб таълими соҳасидаги лойиҳаларга овоз беришга мажбурлаш ҳолатлари юзасидан хабарлар тарқалмоқда

▫️Шунингдек, Иқтисодиёт ва молия вазирлиги томонидан ўрганишлар натижалари шуни кўрсатмоқда-ки, йирик маҳаллалар аҳоли сони юқори бўлганлиги сабабли овоз беришда устунликка эга бўлиш ҳолатлари мавжуд.

▫️Овоз беришда тенгсизликка йўл қўймаслик, шунингдек, барча маҳаллалар аҳолиси учун лойиҳаларни амалга оширишда тенг имкониятлар яратиш мақсадида вазирлик томонидан бир қанча техник ва услубий ечимлар ишлаб чиқилмоқда.

Жумладан:
🔹FACE ID ёрдамида идентификация қилиш механизмини жорий этиш. Бунда, тасдиқланган фойдаланувчилар томонидан берилган овозлар СМС орқали берилган 5 ёки 10 овозга тенглаштирилиш;

🔹кам сонли аҳоли яшайдиган маҳаллалар аҳолиси томонидан илгари сурилган лойиҳалар учун кўпайтириш коэффициенти жорий этиш амалиёти кўриб чиқилади.

Бунда, кичик маҳаллалар лойиҳаларига катта маҳаллалар аҳолиси ташаббуси билан тенг шароитларда рақобатлашиш имконияти яратилиши кўзда тутилган.

Бундан ташқари, ташаббуслар учун овоз беришнинг шаффофлиги ва адолатлилигини таъминлашга қаратилган бошқа таклифлар ишлаб чиқилмоқда.

“Ташаббусли бюджет” лойиҳасини янада ривожлантириш юзасидан кенг жамоатчиликни хабардор қилиш ва таклифларини ҳисобга олиш мақсадида вазирлик расмий каналларида батафсил маълумотлар эълон қилиб борилади.

➡️ OʻZB
➡️ РУС

#расмий_муносабат

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Сурхондарёда ўқитувчи ўқувчини уриб тишини синдирди.." sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan shuni ma'lum qilamizki, Joriy yilning 18-mart sanasida jabrlanuvchi o'quvchining onasi va akasi tomonidan Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasiga ariza kelib tushgan.

❗️Holat yuzasidan, xizmat tekshiruvi tayinlanib, o'rganish natijalariga ko'ra o'quvchini urgan maktab o'qituvchisining o'z arizasiga binoan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosariga nisbatan, o'z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo'lganligi uchun yozgan tushuntirish xatiga binoan o'rtacha ish haqining 10 foizi miqdorida jarima chorasi hamda maktab direktoriga nisbatan "HAYFSAN" intizomiy jazo chorasi qo'llanilgan.

🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
⬇️⬇️⬇️

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Surxondaryo_viloyati_MMTB
#Denov_tumani

🔰DENOV TUMANIDAGI 82-MAKTABDA O'QUV-AMALIY SEMINAR TASHKIL QILINDI...

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 20-yanvar kuni kengaytirilgan tarzda o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta'minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan joriy yilning 25-mart sanasida Denov tumanidagi 82-umumta'lim maktabida Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi barcha maktab direktorlari uchun o'quv-amaliy seminar tashkillashtirildi.

❗️Mazkur o'quv-amaliy seminar mashg'ulotida Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlaridan 232 nafar maktab direktorlari ishtirok etishdi.

Seminar avvalida maktab direktorlari uchun Denov tumanidagi 82-umumta'lim maktabida ekskursiya tashkil etildi.

🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
⬇️⬇️⬇️

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Infografika

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “VAZIRGA MUROJAAT” portali orqali kelib tushgan HAFTALIK murojaatlar statistikasi.

❗️Statistika 17.03.2023 - 24.03.2023 soat 09:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram