Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
48.9K subscribers
32.2K photos
3.2K videos
97 files
10.5K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
"SMM" - social media marketing o’zi nima?
Dunyoda jadallik bilan rivojlanayotgan SMM sohasini mukammal o'rganib yuqori daromad topishni xohlaysizmi?

👍 Unda, Xalq ta'limi vazirligining 🎞 Youtubedagi Milliy ta'lim resurlari kanalida - SMM video darslarini bepul o'rganing!

🏃‍♂️ Milliy ta'lim resurslari kanaliga 🔔 ulanishni unutmang, sizlarni mingga yaqin o'zbek tilidagi foydali video darslar kutmoqda.

🎞 youtube / telegram / 📲 maktab.uz

#smm #socialmediamarketing #marketing #digitalmarketing #ijtimoiytarmoqlarmarketologi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9-oktabr kuni Umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yinining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi!

Respublika bosqichida barcha hududlardan jami 42 ta maktab jamoalari ishtirok etadi.

Musobaqa kun tartibi bilan yuqoridagi surat orqali tanishishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyi.

Ma'lumot uchun, turnirning respublika bosqichi jami 48 ta savoldan iborat bo‘lgan to‘rt turda o‘tkaziladi.

Turnirning respublika bosqichida dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar a'zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi. Shuningdek, g‘olib jamoalar a'zolariga bir o‘quv yili davomida har oy "Zakovat" stipendiyasi to‘lab boriladi.

@zakovat
O‘zbek tili va adabiyotdan Xalqaro olimpiada o‘tkaziladi

Xalqaro O‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi 2022-yil 18-oktabr kuni o‘tkaziladi.

Olimpiadaning maqsadi xorijiy davlatlar bilan fan va ta’lim sohasida hamkorlikni kuchaytirish orqali chet ellik yoshlarning o‘zbek tili va adabiyotiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini yuksaltirish va milliy madaniyatni keng targ‘ib qilishdan iborat.

💠 Olimpiadada xorijiy davlat fuqarosi (millatidan qat’i nazar) bo‘lgan 15-17 yoshli umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan va ta’lim olayotgan xorijiy fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

💠 Olimpiadada qatnashishni istaganlar ushbu sahifa orqali 16-oktabrga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

💠 Olimpiada 30 ta test topshiriqlaridan iborat test sinovlari shaklida 18-oktabr kuni soat 06:00 dan kechki soat 23:59 ga qadar o‘tkaziladi. Natijalar 19-oktabr kuni e'lon qilinadi.

📲👉@olimpdep
👍2
“Zakovat” intellektual o‘yinining yakuniy Respublika bosqichi start oldi

Bugun, 9-oktabr kuni umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining yakuniy Respublika bosqichi boshlandi.

Unda har bir hududdan 3 ta (har bir jamoada 6 nafardan ishtirokchi) jami 42 ta jamoalar g‘oliblik uchun bellashadi.

G‘oliblar:

⛪️OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
🥇1-o‘rin uchun BHMning 5 baravari;
🥈2-o‘rin uchun BHMning 4 baravari;
🥉3-o‘rin uchun BHMning 3 baravari miqdorida yil davomida “Zakovat” stipendiyasi to‘lab beriladi.

Jamoalarga omad yor bo’lishini tilab qolamiz!
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🤝🇬🇧INGLIZ TILI O'QITUVCHILARI UCHUN YANA BIR KATTA IMKONIYAT!!!

📣 Ta’lim mazmunini takomillashtirish uchun ustozlarimizga imkoniyatlar yaratishda davom etamiz!

Britaniya Kengashi Xalq ta'limi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda xalq ta’limi tizimidagi ingliz tili o‘qituvchilarini Britaniya Kengashining Online Teacher Community platformasida malaka oshirish kurslarining navbatdagi guruhlariga taklif etadi.

Buning uchun siz haftasiga bor yo‘g‘i 3-4 soat vaqt ajratishingiz kerak bo‘ladi. Batafsil ma'lumotlar quyidagi havolalarda keltirilgan.

👉 Batafsil: 🇺🇿o'zbek 🇬🇧english 🇷🇺на русском

☝️ Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati – 2022-yil 16-oktabr.

📬 Ariza topshirish uchun havola: https://forms.office.com/r/FZTJnFbF08

📨 Qo'shimcha ma'lumot uchun: t.iss.one/+vy3xtOLUFRkzZjgy


❗️A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
👍1
🤹‍♂️“Заковат” ғолиб жамоаларни аниқлади

🔖Аввал хабар берганимиздек, бугун умумтаълим мактаблари ўқувчилари ўртасида “Заковат” интеллектуал ўйинининг якуний финал босқичи бўлиб ўтди.

🎯Вақт, билим, куч ва тафаккур ғолибларни аниқлаб берди. Ғолиблар билан танишинг!

🥇1-ўрин: Фарғона вилояти, Фарғона тумани 36-мактаб жамоаси;

🥈2-ўрин: Самарқанд вилояти, Нуробод тумани 12-мактаб жамоаси;

🥉3-ўрин: Самарқанд вилояти, Пахтачи тумани 11-мактаб жамоасига насиб этди.

Халқ таълими вазирлиги ғолиб жамоаларни ва фаол иштирокчиларни муборакбод этади. Ғолиблик ва омад Сизларга доимо ҳамроҳ бўлсин.

Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
.
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Узум сайли” фестивалига марҳамат!

Жорий йилнинг 10 октябрь куни Сурхондарё вилоятининг Олтинсой туманидаги “Хўжаипок” санаторийси ҳудудида вилоятда биринчи бор “Узум сайли” фестивали ўтказилади.

Фестивални ўтказишдан мақсад воҳамизнинг туризм имкониятларини хорижий ва маҳаллий туристларга намойиш этиш, узумчилик йўналишида экспортни янада ривожлантириш ҳамда боғбонлар ўртасида сўнгги ютуқ ва тажрибаларни алмашишдан иборат.

Фестивалда вилоятимиз туманларидаги узумчиликка ихтисослаштирилган фермер хўжаликлари ва миришкор деҳқонлар иштирок этиб, узумдан тайёрланган вино маҳсулотлари, узум шинниси ва мурабболар, полиз маҳсулотлари ҳамда мевалар кўргазмаси ва савдоси ташкил этилади.

Фестивал доирасида инновацион ва замонавий усулда ташкил этилган узумзорлар ҳамда меҳмон уйларига пресс тур, шунингдек, “Ўзбекистонда узумчилик истиқболлари” мавзусида узум етиштириш ва виночилик бўйича мутахассислар иштирокида семинар бўлиб ўтади.

“Энг ширин узум-2022”, “Энг мазали узум шарбати-2022”, “Энг катта бош узум-2022”, “Энг ширин майиз-2022” номинациялари бўйича танловлар ташкил этилиб, ғолиблар диплом ва қимматбаҳо совғалар билан тақдирланади.

Фестиваль санъаткорларнинг қизиқарли концерт дастури билан якунланади.

Олтинсойга келинг, узумнинг энг сара навлари билан танишинг, унинг ажиб таъмидан баҳра олинг!

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

t.iss.one/axborot_xizmati
🌐Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ОАВ биз ҳақимизда

Сурхондарё вилоят телерадиокомпаниясининг “Инсон қадри” кўрсатувида Вилоят халқ таълими бошқармаси тасарруфидаги таълим муассасаларида инклюзив таълим тизимида олиб борилаётган ишлар намойиш этилди.

✍🏻Сурхондарё вилоят Халқ таълими бошқармаси Матбуот хизмати