Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
48.3K subscribers
32.2K photos
3.2K videos
97 files
10.5K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from IT Park Uzbekistan
#event

Tez orada informatika o‘qituvchilari tanlovi bo‘yicha yakuniy natijalar e’lon qilinadi

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi ko‘magida “eng ilg‘or o‘rta umumta’lim maktabi informatika o‘qituvchisi” tanlovi start olgani haqida xabar bergan edik.

Tanlov qoidalariga ko‘ra, o‘qituvchilar quyidagi shartlarni bajarishi lozim edi:
🔘 uzbekcoders.uz platformasidagi o‘quv kurslaridan birini tamomlash;
🔘 Ishtirokchi o‘qituvchi talabalari 20-aprelgacha “One Million Uzbek Coders” kurslarini muvaffaqiyatli bitirishi.

Hozirda arizalar Xalq ta’limi vazirligiga yuborilgan.

Yangiliklarni kuzatishda davom eting, g‘oliblar nomi tez orada e’lon qilinadi

Facebook | Instagram | Youtube | Website
👍2
“Туман (шаҳар) халқ таълими бўлимлари ва таълим муассасаларида ҳужжатлар билан ишлашни ташкил этиш, ижро интизомини мустаҳкамлаш, жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатларини кўриб чиқиш ҳамда бу борада шахсий масъулиятни янада ошириш” мавзусида кенгайтирилган вилоят семинари бўлиб ўтди.

Батафсил: 👉https://svxtb.uz/blog/yangiliklar

Сурхондарё вилояти Халқ таълими бошқармасининг расмий саҳифаларига уланиш:
Telegram | Facebook | You Tube | Web sayt
Асосий фан олимпиадасининг республика босқичида Сурхондарёлик ўқувчилар муносиб иштирок этишди

Жорий йилнинг 2-5-июнь кунлари Самарқанд ва Жиззах вилоятида асосий фан олимпиадаларининг республика босқичи бўлиб ўтди.

Батафсил:👉https://svxtb.uz/blog/yangiliklar

Сурхондарё вилояти Халқ таълими бошқармасининг расмий саҳифаларига уланиш:
Telegram | Facebook | You Tube | Web sayt
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Таълим тизимидаги ислоҳотларни янада жонлантириш мақсадида, педагоглар ўртасида интерфаол дарс ўтиш методларини оммалаштиришда фанлар доирасидаги семинарлар муҳим ўринга эга. Куни кеча воҳамизнинг Шеробод туманида бўлиб ўтган республика семинарида умумтаълим мактабларидаги маҳоратли педагоглар ўзаро фикр алмашишди. Навбатдаги лавҳамизда шу ҳақда сўз боради. https://t.iss.one/tvsurxon
👍1
ISHTIROK, BELLASHUV, G‘ALABA
🏅
Jizzax viloyatida asosiy fan olimpiadalarining IV (respublika) bosqichi yakunlandi.
🏆
I o‘rin g‘oliblari:
Matematika – Mukhammadrizo Majidov – Toshkent sh.
Fizika – Ruslan Aliqulov – Qashqadaryo v.
Ingliz tili – Kamola Madaminova – Toshkent sh.
Fransuz tili – Yana Aydarova – Toshkent sh.
Nemis tili – Marjona Mahmudova – Buxoro v.
🏆
II o‘rin g‘oliblari:
Matematika – Lazizbek Rajabboyev – Buxoro v.
Fizika – Madinabonu Xasanjonova – Tohkent sh.
Ingliz tili – Hojiakbar Barotov – Toshkent v.
Fransuz tili – Osuda Sharifova – Toshkent sh.
Nemis tili – Dilshod Davronov – Samarqand v.
🏆
III o‘rin g‘oliblari:
Matematika – Iskandar Bo‘riyev – Toshkent sh.
Fizika – Azizbek To‘raboyev – Qashqadaryo v.
Ingliz tili – Firdavs Yakubov – Toshkent sh.
Fransuz tili – Ra'no Xushvaqova – Navoiy v.
Nemis tili – Sharofiddin Abdurahmonov – Toshkent sh.
🎁🎁🎁
G‘oliblarga Xalq ta’limi vazirligining pul mukofotlari, Jizzax viloyati hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Telegram | Facebook |