Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
51.8K subscribers
32K photos
3.16K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Рамазон ойи – сахийлик, меҳр-оқибат ва бағрикенглик ойидир. Бу қутлуғ айёмда меҳр-шафқатли, кечиримли бўлиш ҳаммамиз учун ҳам фарз, ҳам қарз”, деди давлатимиз раҳбари.

Шу муносабат билан, Рамазон ҳайити арафасида Президент адашиб жиноятга қўл урган, лекин айбини чуқур англаб, тузалиш йўлига қатъий ўтган 65 нафар фуқарони афв этиш бўйича фармонни имзолади.

Мутасаддиларга ушбу фуқаролар байрамни ўз уйида, яқинлари бағрида кутиб олишлари учун барча шароитларни яратиш бўйича топшириқ берилди.

Шу билан бирга, вилоят, туман ва шаҳар ҳокимлари, сектор раҳбарлари олдига байрам юқори савияда ўтишини таъминлаш вазифаси қўйилди.

“Улуғ мутафаккир Мир Алишер Навоий бобомиз айтганларидек, одамларнинг дардига дармон бўлиш – инсонийликнинг олий намунаси эканини унутмаслигимиз, бундай эзгу иш услуби бизнинг нафақат хизмат вазифамиз, шу билан бирга, виждоний бурчимизга айланиши керак”, деди Президент сўзининг якунида.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston qizlarining raqamli imkoniyatlarini kengaytirish forumiga taklif etamiz!

📣ICT4Girls loyihasi doirasida 13-may kuni Hilton mehmonxonasida Oʻzbekiston qizlarining raqamli imkoniyatlarini kengaytirish forumi boʻlib oʻtadi. Tadbirda davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, taʼlim muassasalari va oʻquv markazlari vakillari ishtiroki kutilmoqda.

Forum
🔹IT sohasida qizlarga berilayotgan eʼtiborni koʻrsatish orqali ularni qoʻllab-quvvatlash;
🔹qizlar tomonidan ishlab chiqilgan IT-loyihalarni ragʻbatlantirish;
🔹sohadagi mavjud muammolarga birgalikda yechim izlash maqsadlarida tashkil etilmoqda.

💼 Forum doirasida IT olamida mavjud oʻquv dasturlari va ish oʻrinlari haqida ma'lumot berish maqsadida mehnat va ta'lim yarmarkasi ham tashkil etiladi.

❗️Forumda ishtirok etish bepul. Buning uchun 7-mayga qadar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish lozim. Shoshiling, joylar soni cheklangan.

Forum yangiliklaridan xabardor bo’lish uchun kanalimizni kuzatishda davom eting.

Telegram | Instagram
👍3
🔸DENOV TUMANIDA VILOYAT XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIG‘INING SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI

🔹 Joriy yilning 28-aprel kuni Denov tumanidagi Mustaqillik SIU da joylashgan 22-maktabda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabuli o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan murojaatlardagi bir qator muammoli masalalar bilan birga maktab binosini ta’mirlash, maktablardagi ta’lim tarbiya masalalarini yo‘lga qo‘yish kabi muammolar ko‘rib chiqildi va murojaatlar joyida hal etildi.

🔹Jumladan, Sharipov Shaymardon tumandagi 22-umumta’lim maktab filialini asosiy maktabga aylantirish masalasida, Raxomov Abdulla 1-maktab filialidagi 96 o‘rinli maktab qurilishni 120 o‘rinli qilish masalasida, B.Xolov 51-maktab filialini yopmasligini aytib murojaat qildilar.

Ta’lim tizimidagi mavjud muammolarni yechimini joyida hal qilish maqsadida hududiy sayyor qabullar davom etmoqda.
🔸DENOV TUMANIDA “MAHALLA OBODLIGI - YURT FAROVONLIGI” OBODONLASHTIRISH VA KO‘KALAMZORLASHTIRISH UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI O‘TKAZILMOQDA

🔹O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi 199-F-son farmoyishiga asosan tumandagi barcha maktablarda ertaga 30 aprel kuni “Mahalla obodligi - yurt farovonligi” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

🔹Umumxalq xayriya hashari davomida tumandagi umumta’lim maktablarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida maktab hovlisida gul ko‘chatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekish, daraxtlarni oqlash va butash, hududda obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ariq va latoklarni tozalash ishlari, to‘plangan chiqindilarni olib chiqish, maktab hojatxonasini tartibga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda...

⚡️BATAFSIL MA'LUMOT:
👍3
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Халқ таълими вазирлиги барча юртдошларимизни Муборак Рамазон ҳайити билан самимий муборакбод этади.

Ушбу муқаддас кунларда Ватанимиз равнақи учун салоҳиятли янги авлодни камол топтириш йўлида амалга ошираётган барча ишларимизда омад ва зафарлар ёр бўлишини, замонавий билим ва кўникмаларга эга, мамлакатнинг муносиб келажаги учун жавобгарликни ўз зиммасига ола биладиган, интилувчан ва серғайрат ёшларимиз кўпайишини Яратгандан сўраб қоламиз.

Фурсатдан фойдаланиб, барчангизга соғлик, узоқ умр, хонадонларингиздан файз-барака аримаслигини тилаб қоламиз.
"Чегарасиз репортёрлар" халқаро ноҳукумат ташкилоти томонидан тузиладиган Сўз эркинлиги индексининг 2022 йилги рейтингида Ўзбекистон ўз кўрсаткичларини бирдан 24 позицияга яхшилаб, 157-ўриндан 133-ўринга кўтарилди.

Шу муносабат билан Президентимиз раҳбарлигида мамлакатимизда сўз эркинлигини таъминлаш, оммавий ахборот воситаларини жамоатчилик фикрини ифода этадиган “тўртинчи ҳокимият”га айлантириш борасида қўйилаётган муҳим қадамларнинг натижаларидан бири бўлган ушбу катта муваффақият билан юртимиз журналистикаси, оммавий ахборот воситалари ва медиа соҳаси вакилларини табриклайман.

В Индексе свободы слова за 2022 год, составляемом международной неправительственной организацией "Репортеры без границ", Узбекистан улучшил свой рейтинг сразу на 24 позиции, поднявшись с 157-го на 133-е место.

В связи с этим поздравляю представителей отечественной журналистики, средств массовой информации и медиа-сферы с этим значимым успехом, ставшим одним из результатов предпринимаемых под руководством Президента нашей страны важных шагов для обеспечения свободы слова, формирования средств массовой информации, выражающих общественное мнение, в качестве “четвертой власти”.

Facebook|Instagram|Twitter
👍2
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида барпо этилган янги йўл инфратузилмаси объектлари ва Ички ишлар вазирлигининг ситуацион-таҳлилий маркази билан танишади.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомится с новыми объектами дорожной инфраструктуры и ситуационно-аналитическим центром Министерства внутренних дел в городе Ташкенте.

Facebook|Instagram|Twitter
👍2
🔵 Surxondaryoda AKT xizmatlaridan foydalanishda muammolarga duch kelayotgan bo‘lsangiz yoki sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflaringiz bo‘lsa, sayyor qabulga tashrif buyuring

Surxondaryoda AKT sohasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish, muammoli masalalarni joyida bartaraf etish choralarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov hamda vazirlikning viloyatdagi korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida 2022-yil 5-may kuni soat 10:00 da fuqarolar bilan ochiq sayyor qabul o‘tkaziladi.

▪️Shu munosabat bilan sizda AKT xizmatlaridan foydalanishda muammolar, sohani rivojlantirish yuzasidan takliflaringiz bo‘lsa, sayyor qabulga tashrif buyurishingiz so‘raladi.

🏢 Manzil: Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 30-uy. “Matbuot uyi” binosi

☎️ Ma’lumot uchun telefon: 76-223-47-53

#mitc
#sayyorqabul
#surxondaryo

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
👍1