Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
47.2K subscribers
32.4K photos
3.23K videos
97 files
10.6K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
📖Surxondaryolik o‘quvchi jahon chempioni bo‘ldi

🫥2025-yil 21–31-iyul kunlari Hindistonning Goa shahrida jismoniy imkoniyati cheklangan shaxmatchilar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni paytda “rapid” yo‘nalishi bo‘yicha bellashuvlar nihoyasiga yetdi. Muzrabot tumanidagi 2-maktabning 9-sinf o‘quvchisi, “Barkamol avlod” bolalar maktabi shaxmat to‘garagi a’zosi Normo’minov O‘ralbek rapid yo‘nalishida 1-o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritdi va jahon chempioni bo‘ldi.


🔜 Shaxmatchilar hali standart yo‘nalishi bo‘yicha ham bahs olib borishadi. Nasib etsa, yana medal yutish imkoniyati bor.

👍G‘alaba muborak, O‘ralbek!

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏156👍31🔥1🥰1💯1
📖Surxondaryoda Prezident maktabiga kirish imtihonining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

Maʼlumot oʻrnida Prezident maktablariga kirish imtihonlari Angliyaning Cambridge Assessment International Education xalqaro tashkiloti tomonidan Oʻzbekistondagi umumtaʼlim maktablarida qoʻllaniladigan oʻquv dasturlari asosida tayyorlanadi hamda imtihon natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ham ushbu tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.


Imtihonda ishtirok etayotgan barcha o‘quvchilarga omad tilaymiz!

Termiz shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍21🔥1🥰1💯1🏆1
#Hududlarga_tashrif

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Sariosiyo tumanidagi 27- hamda 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i 16-, 39-, 44-sonli umumta’lim maktablariga ham tashrif buyurib, yangi 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.

🫥Sinfxonalar, jihozlar, ta’mirlash ishlari, darslik va metodik ta’minot holati o‘rganilib, mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍5🔥2💯2🎉1