Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
49.5K subscribers
32.1K photos
3.17K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
📖Ta’lim darajasi nisbatan past bo‘lgan ta'lim muassasalariga metodik yordam ko‘rsatilmoqda

📈Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Pedagogik mahorat markazi hamkorligida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Viloyatdagi ta’lim darajasi nisbatan past bo‘lgan 11 ta tumanning 74 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida malaka oshirish mashg‘ulotlari tashkil etilyapti.

🧑‍💻Mashg‘ulotlarda markazning professor-o‘qituvchilari, fan metodistlari, mentorlar va tajribali pedagoglar tomonidan qisqa muddatli kasbiy rivojlantirish kurslari o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi — o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy va innovatsion ta’lim texnologiyalariga moslashuvchanlikni kuchaytirish orqali dars sifatini yangi bosqichga olib chiqishdir.

Pedagogik mahorat markazi axborot xizmati

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2👍1🥰1💯1
#Jasorat_maktabi

📣 “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilindi

Xabaringiz bor, joriy yilning iyul oyida “Jasorat maktablari”ga kirish uchun ikki (test, jismoniy tayyorgarlik) bosqichli imtihonlar boʻlib oʻtgan edi.

Mazkur sinovlar yakuniy natijalari bilan
ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Izoh: roʻyxatdagi alohida rang belgilari quyidagi maʼnoni anglatadi:

🟢 yashil rang — oʻqishga qabul qilingan;
🟡 sariq rang — nomzodning egallagan bali boshqa nomzodlar bilan teng kelganligi sababli qoʻshimcha ravishda jismoniy tayyorgarlik imtihoni topshirish talab etiladi;
⚪️ oq rang — oʻqishga kirishga tavsiya etilmagan.

👉 Maʼlumot uchun: imtihon yakuniy natijalariga koʻra, kvota doirasida ballari teng boʻlgan nomzodlar uchun jismoniy tayyorgarlikdan qoʻshimcha sport sinovlari boʻlib oʻtadi.

✍️ Uning oʻtkazilish vaqti va joyi haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰1👌1💯1
Ko‘pgina aхborotlarni o‘zida jamlagan Intеrnеt sahifalari yig‘indisi qanday nomlanadi?
Anonymous Quiz
65%
Vеb sayt
16%
Vеb portal
14%
Vеb hujjat
5%
Gipеrmatn
2🎉2👏1💯1
🟦🟦🟦🟦🟦

📖Surxondaryo viloyatida oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ochish istagida bo‘lgan tadbirkorlar diqqatiga!

Viloyatimizning hududlaridagi maktabgacha ta'lim tashkilotiga ehtiyoj mavjud bo‘lgan mahallalar ro‘yxati e'lon qilindi.

Siz ushbu mahallalarda maktabgacha ta'lim tashkiloti ochib, farzandlarimizning munosib ta'lim-tarbiya olishlari uchun xizmat qilishingiz mumkin. Arizalar joriy yilning 28-iyulidan 11-avgust kuniga qadar https://nodavlat-bogcha.uz sayti orqali qabul qilinadi.

🫥Bu imkoniyat orqali siz nafaqat o‘z biznesingizni rivojlantirasiz, balki jamiyat farovonligiga hissa qo‘shgan bo‘lasiz. Birgalikda farzandlarimiz kelajagi uchun zamin yaratamiz!

👀Mahallalar ro‘yxati👉bu yerda

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👌2🥰1💯1
#imtihon_2025
#prezident_maktablari

📣 DIQQAT E‘LON!

Prezident maktablariga hujjat topshirib, 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar va ularning ota-onalari!

📆 27-IYUL kuni Prezident maktablariga kirishning ikkinchi bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

📲 Imtihonga ruxsatnoma olish uchun ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga SMS-xabarnoma yuborildi.

🔗 Ruxsatnomani yuklab olish havolasi:
https://ariza.piima.uz/application/cabinet

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 1206

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🎉2👏1💯1
UzA | Uzunda ikkita maktabgacha ta’lim tashkiloti ishga tushdi

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanidagi Tojikobod mahallasida yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Zamonaviy usulda bunyod etilgan muassasani qurib, ishga tushirish uchun 4 milliard 400 million so‘m mablag‘ sarflandi. 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti bir yo‘la zarur jihozlar bilan ta’minlanib, mahallada yashaydigan 35 kishining bandligini ta’minladi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/742944

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
🎉21👏1💯1
📖"Xayr, bog‘cha – salom, maktab" - bolajonlar maktab sari ilk qadamlarini tashlashdi

📍Bandixon tuman “Paxtakor” mahallasida joylashgan 9-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Xayr, bog‘cha – salom, maktab” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.


Maktabga yo‘l olayotgan bolajonlar ushbu quvonchli kunni ota-onalari, ustozlari hamda mehmonlar ishtirokida katta xursandchilik bilan nishonlashdi.
Tadbir davomida ular bog‘chada o‘rgangan kuy-qo‘shiqlar, raqslar, she’rlar bilan ishtirokchilarga yaxshi kayfiyat ulashishdi.
Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i hamda mutasaddilar tadbirda ishtirok etib, kichikintoylarni yangi bosqich — maktab hayoti bilan tabrikladilar.
Bog‘chada namuna ko‘rsatgan bolajonlarga faxriy yorliqlar topshirildi.

Tadbir yakunida ota-onalar farzandlariga mehr va tarbiya bergan 9-sonli MTT jamoasiga samimiy minnatdorchilik bildirishdi.

Bandixon tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi axborot xizmati

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🥰1🎉1💯1
📖Surxondaryolik o‘quvchilar "Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” sohibi bo‘lishdi

🫥Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tgan voleybol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining respublika bosqichi yakuniga yetdi. Mazkur musobaqada mamlakatning barcha hududlaridan 7–8-sinf o‘quvchilaridan iborat o‘g‘il bolalar va qizlar jamoalari ishtirok etdi.

Quvonarlisi shundaki, ushbu nufuzli sport musobaqasida Surxondaryo viloyati vakillari — Boysun tumanidagi 49-maktab qizlar jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib, birinchi o‘ringa sazovor bo‘lishdi. G‘olib va sovrindor jamoalar diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ushbu natija — Surxondaryo viloyatida sportga qaratilayotgan e’tibor, iqtidorli yoshlar va fidoyi ustozlar mehnatining samarasi hisoblanadi. Muvaffaqiyat muborak bo‘lsin, aziz o‘quvchilar!

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🥰21🔥1🎉1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📖Angor tumanida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida bolalar uchun bir qator to‘garaklar tashkil etilgan

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🥰1👌1💯1