Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53K subscribers
31.9K photos
3.14K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
📖Yangi bog‘cha — zamonaviy sharoitlar

🫥Termiz shahridagi 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kapital ta’mirdan so‘ng bolajonlar uchun qulay va zamonaviy muhitda ish boshladi.


🔹Yangi o‘quv xonalari,
🔹Zamonaviy mebellar,
🔹O‘yin va sport maydonchalari,
🔹Gigiyenik sharoitlar yuqori darajada.

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📖Sherobod tumanida 3 ta zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

📌O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ–404-sonli qarori asosida Sherobod tumanida 3 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kapital ta’mirdan chiqarilib, bolalar uchun eng zamonaviy sharoitlarga ega holda ish boshladi.


📍Do‘stlik MFYdagi 3-sonli DMTT — 150 o‘rinli, to‘liq rekonstruksiya qilindi. Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi va nuroniylar ishtirok etdi.

📍Qulluqsho MFYdagi 21-sonli DMTT — 90 o‘rinli muassasa bo‘lib, 2,9 mlrd so‘m evaziga to‘liq ta’mirlandi. Hozirda 90 nafar bola aynan shu bog‘chada ta’lim olmoqda.

📍Boybuloq MFYdagi 45-sonli DMTT — yangidan qurilgan, 120 o‘rinli zamonaviy bog‘cha sifatida foydalanishga topshirildi.

Bu kabi bunyodkorlik ishlari — nafaqat infratuzilmani yaxshilash, balki yosh avlod uchun mustahkam poydevor yaratish, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
📖Termizdagi maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

🫥Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Termiz shahridagi bir qator umumta’lim maktablarida bo‘lib, 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

🔧Sinf xonalari, o‘quv jihozlari, darsliklar bilan ta’minlanganlik, xavfsizlik choralari va gigiyena talablari – har bir jihat batafsil ko‘zdan kechirildi.

🏷O‘rganishlar jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Maqsad – bolalar yangi o‘quv yilini yanada qulay, xavfsiz va zamonaviy sharoitlarda boshlashidir.

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
#Jasorat_maktablari

🫥Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev rahbarligida “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichiga oid masalalar yuzasidan respublika miqyosida onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📍Mazkur yig‘ilishda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari Bekzod Tashpulatov hamda Muhriddin Normurodovlar boshchiligida tuman va shahar bo‘limlari mas’ullari faol ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda imtihonlarning tashkiliy jihatlari, xavfsizlik, shaffoflik va baholash mezonlariga qat’iy amal qilish bo‘yicha aniq topshiriq va yo‘riqnomalar berildi.

🎯Maqsad — har bir o‘quvchining salohiyatini to‘g‘ri va adolatli baholash, ota-onalar ishonchini oqlash, hamda “Jasorat maktablari”da haqiqiy jasoratli yoshlar tarbiyasiga zamin yaratishdir.

📆Eslatib o‘tamiz: imtihonlar 17–18-iyul kunlari soat 08:00 da boshlanadi. Talabgorlar 1,5 soat avval hujjatlari bilan belgilangan manzillarda bo‘lishlari shart.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot: 1206


👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5