Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62.9K subscribers
27.8K photos
2.62K videos
91 files
8.98K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fan olimpiadasida 5 nafar o'quvchi maksimal 100 ballni qo'lga kiritdi

muxbir: Muqaddas Panjiyeva

#Surxondaryo viloyati

12:00 10.12.2024


@hududtv
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qurilganiga 50 yildan oshgan kutubxona rekonstruksiya qilindi

muxbir: Muqaddas Panjiyeva

#Surxondaryo viloyati

16:00 10.12.2024


@hududtv
#ishchi_guruh
#Surxondaryo

AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Agentlikning Termiz shahridan olis hududlarda joylashgan Shoʻrchi hamda Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, oʻquv binolari va yotoqxonalarni isitish holati oʻrganildi.

Xususan, dars jarayonlari kuzatilib, oʻquvchilarni fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatgichlari tahlil qilindi. Shu bilan birga o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosi doirasida Muzrabot, Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktablari hamda Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ham STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitiladigan sinflar tashkil etilgan boʻlib, ishchi guruh tomonidan ulardagi darslar kuzatilib tahlil qilindi.

Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarida darsdan keyin tashkil etilgan fan, xorijiy tillar, shaxmat toʻgaraklari faoliyati, ularda oʻquvchilar qamrovi ham alohida oʻrganildi. Shuningdek, bitiruvchilarini oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Surxondaryo_viloyat_bolalar kutubxonasida_yangi_yil

Surxondaryo viloyat bolalar
kutubxonasida Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan Termiz shahridagi 10-sonli umumta'lim maktabi bilan hamkorlikda o'tkazilgan "Yangi yilda yuz kitob"nomli tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda o‘quvchilar tomonidan asarlar bilan bog‘liq turli xil ertaklar hamda sahna ko‘rinishlar namoyish etildi.

🌎#Surxondaryo viloyat  bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

🌐Telegram
▶️You tube
🌐Facebook   Bizni ijtimoiy
🌐Instagram   tarmoqlardan
🌐Web site      kuzating!