Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
46.8K subscribers
32.6K photos
3.24K videos
97 files
10.6K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Bayramga tuhfa: Oltinsoyda 630 o‘rinli zamonaviy maktab binosi foydalanishga topshirildi

📈Bugun Oltinsoy tumanida tadbirkor Jamshid Pardayev tomonidan beg‘araz yordam sifatida yangidan qurib berilgan 48-sonli maktabning 630 o‘rinli binosi foydalanishga topshirildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari, nuroniylar, viloyat faollari hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.

🔔Viloyat rahbari maktab "1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni" bayramiga haqiqiy tuhfa bo‘lganini ta’kidlab, tadbirkorning ota-onasiga minnatdorchilik bildirdi. Tadbir ishtirokchilari maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Zamonaviy talablar asosida barcha sharoitlar bilan ta’minlangan maktabda intellektual sinfxonalar, sport zal, mini stadion, kutubxona, majlislar zali, kompyuter sinfxonalari hamda oshxona barpo etilgan. Bir so‘z bilan aytganda maktabda o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.


Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🥰2🔥1
⚡️Surxondaryolik o‘qituvchi va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi

📈Oltinsoy tumanidagi tantanalar saroyida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan viloyatning asosiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati ta’lim tashkilotlari mutasaddilari, ilg‘or o‘qituvchilar, tizimda samarali mehnat qilayotgan faxriy ustoz-murabbiylar ishtirok etdi.

➡️Bayram tadbirida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ta’lim fidoyilarini bayram bilan samimiy tabriklab, Prezidentimizning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

✔️Tadbirda ta’lim tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh fidoyi ustoz va murabbiylar hamda soha faxriylariga viloyat hokimining faxriy yorliq va sovg‘alari tantanali topshirildi.


🔔To‘kin dasturxon atrofida bayramona o‘tkazilgan tadbirda qiziqarli konsert dasturi namoyish etilib, elimiz suygan san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, sahnalashtirilgan chiqishlar ustozlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥21🥰1🕊1