Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
49.5K subscribers
32.1K photos
3.17K videos
97 files
10.5K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
🔔Surxondaryodagi ko‘p tilli muqobil guruhlar faoliyati tahlil qilindi

➡️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, UNICEF va Yevropa ittifoqi hamkorligidagi "Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasi doirasida tashkil etilgan ko‘p tilli ta'limga yo‘naltirilgan guruhlarning erishgan natijalari va amaliy ishlar bilan tanishish maqsadida bugun BMT, UNICEF va Yevropa ittifoqining bir guruh vakillari Termiz shahridagi
31-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga tashrif buyurishdi.


⚡️Dastlab manzilda taqdimot o'tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev hamda bir guruh mas'ullar so‘zga chiqib, viloyatda ko‘p tilli muqobil maktabgacha ta’lim guruhlarini tashkil etish tajribasi yuzasidan so‘z yuritishdi.

✔️Shundan so‘ng manzildagi ko‘p tilli ta'limga yo‘naltirilgan guruhlar faoliyati bilan tanishildi. Bolalar va ularning ota-onalari bilan bo‘lgan suhbat davomida mazkur guruhlarning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1🥰1🎉1🕊1
⚡️“KITOBXONLIK FESTIVALI” SURXONDARYODA

➡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, viloyat bolalar kutubxonasi hamkorligida aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Surxondaryo viloyatida "Kitobxonlik festivali" bo‘lib o‘tdi.

📣 Ushbu festivalda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev, Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi, barcha viloyat Bolalar kutubxonalari mas’ullari hamda kitobsevar o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.

👇Festival doirasida quyidagi kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarining g‘oliblari taqdirlandilar:

“Eng kitobxon maktab”
“Eng  faol kitobxon oʻquvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng kitobxon oila”
“Eng faol kutubxonachi”


🎁 Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarida jami 390 000 nafarga yaqin o‘quvchilar qamrab olinib, 55 nafar g‘olib o‘quvchilar taqdirlandilar.

🎶 Festival davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

⛳️Tadbir soʻngida festival estafetasi Qoraqalpog'iston respublikasiga topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🎉2🕊211🔥1🤩1