Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
49.3K subscribers
32.1K photos
3.18K videos
97 files
10.5K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov bugun Boysun tumanidagi o‘rganishlari davomida 1-, 5-, 13-, 27-, 33-, 39-, 47-umumta'lim maktablari faoliyati bilan tanishdi.

🔽Ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, binoning jihozlanishi va moddiy-texnik baza holati, qolaversa obodonlashtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

✔️Mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#Boysun #yangioquvyili #organish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
⚡️Chelyabinskning "Lantan" kompaniyasi bilan hamkorlikda ta'lim muassasalarining isitish tizimini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi

📈Joriy yilning 15-19-iyul kunlari Surxondaryo viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasida bo‘lgan edi. Tashrif davomida Chelyabinsk viloyati bilan imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumiga asosan, bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Chelyabinsk viloyatining "Lantan" kompaniyasi direktori Nikolay Valeryevich bilan uchrashdi.

🔼Uchrashuv davomida boshqarma va mazkur xorijiy kompaniya bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

❗️Ma'lumot uchun, "Lantan" kompaniyasi blok-modulli qozonxonalar, bug‘ va issiq suv qozonlari, burnerlar, turli xil uskunalar o‘rnatilgan texnologik blok qutilarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

🔔Ushbu kompaniya bilan hamkorlikda viloyatdagi maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining isitish tizimi holati yanada yaxshilanishi ko‘zda tutildi.

#xorijiyhamkorlik #Chelyabinsk
#isitishpechlari

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥3🕊2👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👩‍🏫Maktab formasi - tenglik ifodasi

🔔Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalarining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga muvofiq, yurtimizdagi har bir umumtaʼlim maktabining bu boradagi oʼz ichki Nizomlari qabul qilingan. Unga ko'ra:

🤵‍♂Oʼgʼil bolalar uchun:

-toʼq rangli shim, och rangdagi koʼylak, toʼq rangdagi kostyum, galstuk;
-kiyimlar toza va dazmollangan boʼlishi kerak.

🤵‍♀Qiz bolalar uchun:


-tizzadan yuqori boʼlmagan toʼq rangdagi yubka va och rangdagi kofta, toʼq rangdagi kostyum;
-kiyimlar bejirim, oʼta tor yoki keng boʼlmagan, ortiqcha bezaklardan holi va rang-barang boʼlmagan, toza hamda dazmollangan boʼlishi lozim.

❗️Sochlar ikki yoki bitta qilib turmaklangan, pardoz-andozlardan holi va taqinchoqlar me'yoridan oshmasligi kerak (faqat ixcham zirakka ruxsat etiladi). Kiyimlar chang-gʼuborni oʼziga tortmaydigan va tabiiy matodan tikilgan boʼlishi lozim.


▶️Videorolik Termiz shahridagi 12-umumta'lim maktabi jamoasi tomonidan tayyorlandi.

#maktabformasi #12maktab

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍101👏1🎉1🕊1
Bugun tug‘ilgan kun - Xusniddin Mamadiyev

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Mamadiyev Xusniddin Norboyevich 1984-yil 11-avgustda Angor tumanida tug‘ilgan.

2005-yil O‘zbekiston milliy universiteti, 2012-yil Toshkent davlat madaniyat institutini tugatgan. Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi – sotsiolog, huquqshunos, madaniyat, ta'lim va fan sotsiologiyasi.

X.Mamadiyev mehnat faoliyati davomida yoshlar, ta'lim-tarbiya tizimida va boshqa sohalarda turli lavozimlarda mehnat qilgan.

Xusniddin Norboyevich!

Bugungi quvonchli kuningiz bilan Sizni Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi va butun viloyat ta'lim tizimi vakillari nomidan samimiy muborakbod etamiz. Ishingizga hamisha muvaffaqiyat, omad yor bo'lsin!


Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
🎉72👍45👏73🏆2🔥1🤩1🕊1😍1
Forwarded from Hilola Umarova
Bahodir Jalolov ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempioni!

Boks boʻyicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Bahodir Jalolov ikkinchi bor Olimpiada chempioniga aylandi. Eng ogʻir vazn toifasida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz hozirgina yakunlangan jangda ispaniyalik raqibi Ayub G’adfani magʻlub etdi.

Jangni oilaviy tomosha qildik, hayajonlarga boy, shiddatli bahsda Bahodir raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Xabaringiz bor, Toshkent shahrida Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi faoliyat yuritmoqda. Maktabga tashrif buyurgan davlatimiz rahbari “Endi Bahodir Jalolov maktabi o‘z yo‘nalishida xuddi Prezident maktabidek namunaviy tizim bo‘ladi”, degan edilar.

Bugungi bellashuvni ayni vaqtda seminar-treninglarda qatnashayotgan tizim xodimlari, maktab direktorlari, vazirligimiz jamoasi ham qizg’in kuzatib bordi.

Bahodirning tinimsiz mehnati va Prezidentimiz tomonidan bildirilgan ishonch bugun o’z mevasini berdi. Bahodir Jalolov maktabi bu yurtga hali yuzlab, minglab bahodirlarni yetishtirib berishiga ishonamiz.

Olimpiadada munosib ishtirok etib, Vatanimiz bayrog’ini baland ko’targan, rekord natijalar bilan yurtdoshlarimizni faxrlantirgan barcha sportchilarimizga minnatdorlik bildiraman.
👍51🔥7👏2🤩21🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ikki karra Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritgan Bahodir Jalolovning final jangini viloyat hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari, faollar hamda vohalik muxlislar katta ishtiyoq bilan tomosha qilishdi hamda Surxon o‘g‘lonini qo‘llab-quvvatlab turishdi.

Viloyat rahbari jangdan so‘ng OAV vakillariga bergan intervyusida barchani g‘alaba bilan tabrikladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
14👍4🥰2🎉1