Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
65.1K subscribers
27.6K photos
2.6K videos
91 files
8.91K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
🎁Bugun tug‘ilgan kun.

🔹Uzun tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i Abdushukurov Muzaffar Bo‘ronovich 1980-yil 27-iyulda Uzun tumanida tug‘ilgan.

☑️2005-yilda O‘zbekiston Milliy Universitetini tugatgan. Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi – Filolog.

🔸M.Abdushukurov mehnat faoliyati davomida ta'lim-tarbiya tizimida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

Muzaffar Bo‘ronovich!

🎂Bugungi quvonchli kuningiz bilan Sizni Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev hamda boshqarma jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Ishingizga hamisha muvaffaqiyat, omad yor bo'lsin!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#21_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Xorazmshohlar davlati va uning yuksalishi" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda o‘rta asrlarda Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti aks ettiriladi.

Davomi bor...
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tanlovi Respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimida qatnashdim.

Ishtirokchilarning yuz-koʻzidagi ishonch, oʻz kasbiga boʻlgan mehr-muhabbatini koʻrib, rosti mening ham quvonchim ortdi.

Tanlovning yakuniy bosqichida 82 nafar iqtidorli tarbiyachi 6 ta nominatsiya doirasida bellashdi. Natijalarga koʻra, har bir yoʻnalish boʻyicha 3 nafardan, jami 18 nafar ishtirokchi gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

Barcha gʻolib tarbiyachi ustozlarimizni samimiy tabriklab qolaman.
#imtihon_natijalari_2024
#ijod_maktablari

🔔 IJOD MAKTABLARIGA O’TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambot orqali bilishingiz mumkin:


🤖 @Ijod_natija_2024_bot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
⚡️"Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida"gi Qonun kuchga kirguniga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog'liq masalalar ijrosini o'rganish maqsadida Surxondaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida yig'ilish o'tkazildi.

▪️Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi yetakchi mutaxassisi G'.Sodiqov, boshqarma xodimlari va ZOOM platformasi orqali tuman, shahar MMTB vakillari, maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari, maktablarning kadrlar bo'yicha menejerlari ishtirok etishdi.

☑️Yig'ilish davomida "Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida"gi Qonun mazmun-mohiyati, qolaversa, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-sonli qarori 3-band, "b" kichik bandida belgilangan vazifalar yuzasidan so'z yuritildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt