Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
59K subscribers
28.1K photos
2.66K videos
91 files
9.09K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Surxondaryo viloyatida maktab oʼquvchilari oʼrtasida "Men davlat xizmatchisi boʼlaman" mavzusidagi insholar tanlovining tuman (shahar) bosqichlari boʼlib oʼtdi

🔘Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali hamda tuman (shahar) hokimliklari hamkorligida viloyatdagi 955 ta umumtaʼlim maktablarining 9-,10- va 11-sinf oʼquvchilari oʼrtasida yoshlarning davlat fuqarolik xizmatiga qiziqishlarini oshirish maqsadida "Men davlat xizmatchisi boʼlaman" mavzusidagi insholar tanlovining tuman (shahar) bosqichi oʼtkazildi.

▪️Tanlov yakunlari boʼyicha eng yaxshi insho mualliflari tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandilar hamda tanlovning viloyat bosqichiga yoʼllanmani qoʼlga kiritdilar.

☑️Tanlovning yakuniy viloyat bosqichi yaqin kunlarda oʼtkazilishi rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Live

Birozdan so'ng 2023-2024-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun navbatdagi qurʼa tashlash tadbiri boʻlib oʻtadi.

❗️Bunda ona tili va adabiyot fanidan 9-sinflar uchun qurʼa tashlash jarayonlari oʻtkaziladi.

✔️Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan oldindan qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.

👉 Jonli efir: https://www.youtube.com/live/NzyyEy4JY_c?si=EololwEOBCvUGAnx

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Surxondaryolik maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi pedagoglar uchun ajoyib yangilik!

📌Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda "Surxon sanoat" qurilish kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

1️⃣Endilikda siz Termiz shahri va Qumqo‘rg‘on tumanidagi Movaro uylaridan xarid qilsangiz, sizga 30 million so'm subsidiya ajratiladi.

2️⃣Shunda ham boshlang'ich to'lovingizga pulingiz yetmayapdimi? Unda sizga 40 million so'mgacha 1 yilga foizsiz qarz kelishilgan holda beriladi.

3️⃣
Bu hali hammasi emas, uyning kredit foiz to'lovlari uchun sizga yana 30 million so'm taqdim etiladi.

4️⃣Movaro mebellaridan xarid qilsangiz, 50% lik chegirma ham mavjud.

5️⃣Qolaversa, Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlaridagi Movaro uylarini boshlang‘ich to‘lovlarsiz xarid qilishingiz mumkin.

📌Pedagoglarga mazkur imtiyoz viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining tavsiyasiga asosan beriladi.

☎️Batafsil ma'lumot uchun: +998 91 906 31 01

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bolalar_folklori

“BOLALAR FOLKLORI” respublika tanlovi oʻtkazilmoqda!


🔰 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi
tomonidan ilk marotaba SURXONDARYO VILOYATIDA joriy yilning 27-may kuni “Bolalar folklori” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi.

❗️ Tadbir doirasida “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak a’zolarining ijodiy ishlari koʻrgazmasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Tadbir davomida
“Barkamol avlod” bolalar maktabining to‘garak a'zolari tomonidan:

etnografik folklor yo‘nalishidagi ashulla va raqslar,
maqom va baxshichilik,
xalq laparlari
ijro etiladi.

Tadbir soʻnggida “Bolalar folklori” tanlovida faol ishtirok etgan “Barkamol avlod” bolalar maktablarining to‘garak a'zolari munosib taqdirlanadi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sening tanloving - sening yorqin kelajaging!

🔘Bugun viloyatimizdagi istisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning barchasida umumta'lim maktablari o‘quvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tadbirlari o‘tkazildi.

☑️Unda o'quvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar, o’quv zali, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, madaniy dam olish xonalari, sport seksiyalari, fan va badiiy havaskorlik to’garaklari, "Zakovat" o‘yinlarini o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar, “Besh muhim tashabbus” yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garak xonalarining mavjudligi, kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt