Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
47.5K subscribers
32.4K photos
3.21K videos
97 files
10.5K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 12-sonli maktabga tashrif buyurib, ta’lim-tarbiya jarayonlarining borishi bilan tanishdi. Viloyat rahbari maktabda otalar bilan o‘tkazilayotgan kitob targ‘iboti tadbirida ham ishtirok etdi. Tadbirda otalar va nuroniylar hamda o‘qituvchilar bilan suhbat qilindi.

Suhbat davomida yosh avlodning ta’lim va tarbiyasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Farzandlarni ilm o‘rganishga qiziqtirish, ta’limga jalb qilishda “maktab-mahalla-oila” hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Viloyat rahbari ushbu ta’lim maskani misolida shaharning barcha maktablarida ta’lim jarayonlarini sifatli tashkil etish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1980

#Surxondaryo #maktab #otalaryigilishi #talimtarbiya

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍8🔥2🥰1🕊1
Zamonaviy bogʼcha foydalanishga topshirildi

Sho‘rchi tumanida investitsiya davlat dasturi asosida loyiha qiymati 5 mlrd 150 mln soʼm boʼlgan 20-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun zamonaviy bino qurilib, foydalanishga topshirildi.

Tashkilotning tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev, keng jamoatchilik vakillari va boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.

Mazkur 150 oʼringa moʼljallangan maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanuvchi bolajonlarning taʼlim-tarbiya olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Oʼyin maydonchalari, oshxona, musiqa va sport zallari zamonaviy jihozlangan.

Taʼlim tashkilotida tarbiyalanuvchi oʼgʼil-qizlar uchun kundalik mashgʼulotlardan tashqari rus, ingliz tili, shaxmat, shashka, rasm chizish, badiiy gimnastika toʼgaraklari ham faoliyat koʼrsatadi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍9🔥2🥰2🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Юнусобод туманидаги 5-мактабда яратилган шароитлар билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔥3🥰3👍2
Zamonaviy yotoqxona va sport zal foydalanishga topshirildi

Аlohida taʼlim ehtiyojlari boʼlgan koʼzi ojiz va zaif koʼruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 125-sonli “Nurli maskan” maktab-internatida taʼlim tarbiya olayotgan oʼquvchi yoshlar uchun 120 oʼrinli zamonaviy yotoqxona va sport zal foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev, keng jamoatchilik vakillari va boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.

Zamonaviy, uch qavatli yotoqxonada oʼquvchilarimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Kutubxona, maʼnaviyat sektori oʼquvchilarimizni boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi. Sport zal esa oʼgʼil-qizlarimizning parasport bilan shugʼullanishi uchun navbatdagi imkoniyat yaratilganidan dalolat beradi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍7👏3🔥2🥰1🕊1