Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
57.2K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Seminar_trening

⚡️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri va o‘rinbosarlariga biriktirilgan Termiz tumanidagi 2-,17-, 22-maktablar hamda Termiz shahridagi 5-,24-,25-maktablar ma'muriyati vakillari uchun Termiz shahridagi 1-,2-,3-son ixtisoslashtirilgan maktablarining direktorlari va o‘rinbosarlari tomonidan "Maktablar faoliyatini tashkil qilish samaradorligini oshirish, muammo, yechim va takliflar" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🔘Qizg‘in, kreativ usullarda olib borilgan trening jarayonlarida ishtirokchilar bilan o‘zaro fikr almashildi. Bugungi kunda ta'lim-tarbiya jarayonida uchraydigan muammolar tahlil qilinib, ularga ijobiy yechim izlandi.

☑️Seminar davomida rahbarlik faoliyatini yangicha yondashuvlar asosida olib borish, bugungi rahbar uchun zarur fazilatlar, zamonaviy ta’limga erishishning samarali yo‘llari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Seminar_trening

🔴 Ayni damda poytaxtimizda “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida tashkil etilgan o‘quv seminari davom etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, ziyolilar, mamlakatimizning barcha tuman va shaharlaridan kelgan pedagoglar ishtirok etishdi.

Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi:


Yoshlarimizni ma'naviy tahdidlardan asrash, ularni kamolotga yetkazishda eng katta mas'uliyat aynan ustozlarimiz yelkasiga yuklanadi. Zero, ta'lim tarbiya bilan chambarchas bogliq jarayondir

Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri:

Bugungi seminar orqali maktablardagi tarbiyaviy ishlarni zamonaviy metodlarda tashkil etish, bunga mas’ul rahbarlarning ish uslubi, malakasini oshirishni niyat qilganmiz.

❗️Shuningdek, tadbir davomida vazirlik tomonidan tayyorlangan “Ota-ona – murabbiy” kitobi taqdimoti ham tashkil etildi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1576

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

⚡️Bugun Аngor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ijro intizomi - samaradorlik omili" mavzusida seminar-trening oʼtkazildi.

🔘Seminarda viloyatdagi jami 17 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining ijro intizomiga maʼsul xodimlari ishtirok etishdi.

☑️Seminardan koʼzlangan asosiy maqsad maktabda hujjatlar bilan ishlashni toʼgʼri tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqish hamda bu borada shaxsiy mas'uliyatni yanada oshirishdan iborat.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Qumqoʻrgʻon_tumani
#Seminar_trening

🔘"Umumta'lim maktablari fan o‘qituvchilarining faoliyati samaradorligini oshirish, muammo, yechim va takliflar" mavzusidagi seminarlar bugun Qumqo‘rg‘on tumanidagi 2-umumtaʼlim maktabida ham boʻlib oʻtdi.

☑️Matematika, kimyo, biologiya hamda fizika fanlari bo‘yicha umumta'lim maktablarining metodik birlashma rahbarlari ishtirokida kaskad usulida tashkil etilgan mazkur seminar-treninglarda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi oʻrinbosari Bekzod Tashpulatov ishtirok etib, o‘qituvchilar bilan o‘zaro fikr almashdi.

Ushbu seminarlardan ko‘zlangan asosiy maqsad pedagoglarning bilim-ko‘nikmalarini oshirib borish natijasida ta'lim-tarbiya jarayonlarida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishdir.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Seminar_trening
#3_kun

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Singapurning “Marshall Cavendish Education” xalqaro ta’lim tashkiloti dasturi asosida o‘tkazilayotgan treninglar davom etmoqda.

7-avgust kuni o‘tkazilayotgan treninglarda 51 nafar menejer direktorlar, 49 nafar matematika fani bo‘yicha mentor trenerlar va 52 nafar tabiiy (Science) fan yo‘nalishi bo‘yicha mentor-trenerlar qamrab olindi.

#seminar #tabiiyfan #aniqfan

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Seminar_trening
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan AQSHning Mehribonlik korpusi (Mercy Corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda maktabgacha ta'lim tashkilotlari metodistlari uchun treninglar tashkil etildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidan 24 nafar metodist ishtirok etmoqda.

Mazkur tadbir “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish” mavzusiga bag'ishlangan.

📍 Jarayonlar 6 kun davom etadi, unda qatnashgan trenerlar kelgusida 128 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlariga kaskad usulida o'z bilimlarini hamkasblari bilan o‘rtoqlashishadi.

Trening mashg‘ulotlari davomida pedagoglar yangi pedagogik usullar, bolalarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib, ta’lim berishning innovatsion yondashuvlari bilan tanishishlari maqsad qilingan.

🔴 Ayni damda amaliy mashg‘ulotlar doirasida bolalarning o‘qish, yozish, muloqot qilish ko‘nikmalari hamda ratsional ovqatlanish, sog‘lom turmush tarziga oid bilimlarini rivojlantirish haqida so‘z yuritilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

🚪Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabida shahardagi umumta'lim maktablarining fizika fani o'qituvchilari metod kunlarini samarali tashkil etish maqsadida "Amaliy mashgʻulotlar o'tkazishdagi virtual usul" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

📌Ushbu seminardan ko'zlangan maqsad zamonaviy ta'lim berish orqali o'quvchilarda ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, mustaqil bilim olish, loyiha ishini hamkorlikda bajarish ko'nikmalarini rivojlantirish yuzasidan amaliy yordam ko'rsatishdir.

Telegram   Facebook
Instagram You tube
Twitter        Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM