Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
59.8K subscribers
28.1K photos
2.66K videos
91 files
9.07K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#bitiruvchi_2024
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

🔔Termiz shahridagi Prezident maktabida 2023-2024-oʻquv yili yakuniga bag‘ishlangan “Ilm — saodat kaliti!” shiori ostida bitiruv oqshomi boʻlib oʻtdi.

〽️Tadbirni maktab ijrochi direktori E. Isaqova hamda akademik direktor S. Safari ochib berib, o‘quv yili davomida erishilgan yutuqlar, ta’lim-tarbiya jarayonlarida amalga oshirilgan islohatlar haqida to‘xtalib o‘tdilar hamda katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan bitiruvchilarni samimiy qutlab, ularga ulkan zafarlar tiladilar.

Tadbir o‘quvchilar ijrosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, orkestr jamoasining kuy-qo‘shiqlari bilan barchada unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Badiiy qismdan so‘ng, o‘quv yili davomida yuqori natijalarga erishgan, turli xalqaro hamda respublika tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni egallagan xodimlar va o‘quvchilar tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#imtihon_2024
#Prezident_maktabi

📣📣📣📣📣

🔔 Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi!

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Vakant
#Prezident_maktabi

📣Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Termiz shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e'lon qiladi.

Ona tili fani
Rus tili fani
Iqtisod va biznes fani
Pedagog tarbiyachi
Robototexnika to‘garak rahbari
Milliy cholg‘u to‘garak rahbari
Koreys tili to‘garak rahbari
Suzish bo‘yicha yo‘riqchi to‘garak rahbari

➡️Talablar:
🔹IELTS, TOEFL yoki unga teng bo’lgan boshqa sertifikatlar; (bo‘lsa ustunlik beradi)
🔹Pedagogik yo’nalishdagi diplom (ona tili, ingliz tili, rus tili, iqtisod);
🔹Pedagogika sohasidagi ish tajribasi (3-5 yil);
🔹Ijodkorlik (Creativity).

➡️Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.


Murojaat uchun:
@Aziza1114

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
#Vakant
#Prezident_maktabi

📣Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Termiz shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e'lon qiladi.

⏭️O‘qituvchilar:
Kimyo fani oʻqituvchisi;
Iqtisod fani oʻqituvchisi;
Biznes fani oʻqituvchisi;

⏭️To‘garak rahbarlari:
Notiqlik san'ati (0,25 shtat);
Dasturchilik (0,25 shtat)
;
Milliy cholg‘u ijrochiligi (0,25 shtat)
.

⏭️Laborant:
Fizika (0,5 shtat)

Yoshlarning innovatsion ijodkorligi (0,5 shtat);

➡️Talablar:
🔹IELTS, TOEFL yoki unga teng bo’lgan boshqa sertifikatlar; (bo‘lsa ustunlik beradi)
🔹Pedagogik yo’nalishdagi diplom;
🔹Pedagogika sohasidagi ish tajribasi (3-5 yil);
🔹Ijodkorlik (Creativity).

➡️Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.


📌Nomzodlar joriy yilning 20-yanvar sanasiga qadar soʻralgan maʼlumotlarni quyidagi manzilga yuborishlari talab etiladi:
@TermizPMvakantbot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube