Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
52.8K subscribers
32K photos
3.15K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Live
#Sariosiyo_tumani

Ayni damda Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i rahbarligida tumandagi maktablarda isitish tizimining holati o‘rganilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Angliya_taassurotlari

🗺Termiz shahridagi Prezident maktabi direktori G‘afur Tog‘ayev "Mening yurtim" telekanalining "Omon-omon" dasturi mehmoni bo‘lib, Buyuk Britaniya taʼlim tashkilotlari bilan o‘zaro tajriba almashish taassurotlari bilan bo‘lishdi.

📆Maʼlumot uchun, shu yilning 19-noyabr – 2-dekabr kunlari maktab direktorlari Angliyadagi Portsmut universitetida malaka oshirib qaytishgandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍1🥰1
Denov tumanidagi maktablarda "Ma'naviyat sektori" tashkil etilmoqda

Davlatimiz rahbarining viloyatimizga qilgan tashrifi chog'ida "Ma'naviyat sektori"ni tashkil etish bo‘yicha "Surxondaryo tajribasi"ni yaratish yuzasidan bergan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Denov tumanidagi umumta'lim maktablarida "Ma'naviyat sektorlari" tashkil etilmoqda. Ayni kunda tumandagi
78 ta maktabda ushbu sektorlar faoliyat boshlagan.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Mamadiyev, tuman hokimi o'rinbosari, Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari tomonidan tumandagi 82-umumta'lim maktabida namunali tarzda tashkil etilgan "Ma'naviyat sektori" ko'zdan kechirildi.

O'rganish jarayonida boshqarma boshlig'i ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishda ushbu sektorning faoliyati muhim ekanligini ta'kidlab, barcha maktablarda "Ma'naviyat sektori" faoliyatini yo'lga qo'yish bo'yicha ko'rsatmalar berib o'tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vatan, do'stlik va baxtli bolalik uchun!

Taekvondo
(koreyscha: tae—oyoq, kvon —qoʻl, do—yoʻl, yaʼni oyoq va qoʻllarning qarakat yoʻli) — sport kurashi turi. Bunda erkak va ayollar belgilangan maydonchada oʻz vazn toifalarida (himoya vositalarida) yakkama-yakka olishish va maxsus mashqlarni bajarish mahoratini namoyish etish borasida yakka va jamoaviy tarzda oyoq-qoʻllarda zarbalar berish yoki zarba harakatlarini qayd etish boʻyicha musobaqalashadilar.

Surxondaryo viloyat "Kamalak" sardorlari tomonidan ushbu sport turini keng ommalashtirish maqsadida targ'ibot ishlari olib borilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1🔥1👏1
BOLAMNI BOG‘CHAGA JOYLAMOQCHIMAN, QACHON NAVBAT KЕLADI?

Surxondaryo viloyatida jami 2 ming 743 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, ularda 158 ming 494 nafar maktabgacha yoshdagi 3-7 yoshli bolalar ta’lim-tarbiya olishmoqda.

Bugungi kunda fuqarolardan boshqarmaga farzandlarini bog‘chaga joylashtirish tartibi bo‘yicha qator murojaatlar kelib tushmoqda. Aytish lozimki, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bolalarni joylashtirish bo‘yicha onlayn platforma joriy etilgan bo‘lib, har bir ota-ona quyidagi https://search.mpe.uz veb-sayti orqali farzandini navbatga qo‘ygan sanasi, vaqti va navbati haqidagi ma’lumotlarni kuzatib borishi mumkin.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Press-tur va matbuot anjumani: Surxondaryo ta'limidagi islohotlar tahlil qilindi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tasarrufida jami 1ming 447 ta taʼlim muassasalari (960 ta maktab,
453 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, 17 ta
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 1 ta Prezident maktabi va 16 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi) faoliyat yuritib kelmoqda.


✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍7🥰1👏1
Ko'rsatkichi past maktablarga metodik yordam ko'rsatilmoqda

2022-2023-o'quv yilida oliy ta'lim muassasalariga kirishda past ko'rsatkichlarni qayd etgan maktablarga metodik yordam ko'rsatish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan tajribali maktab rahbarlari va o'rinbosarlari, shuningdek malakali pedagoglardan tarkib topgan mobil metodik guruhlar tashkil etilgan bo'lib, Ayni kunlarda mazkur guruhlar o'tgan o'quv yilida ko'rsatkichlari past bo'lgan maktablarda bo'lib, metodik yordam ishlarini amalga oshirishmoqda.

Bundan ko'zlangan asosiy maqsad ta'lim-tarbiya jarayonlari sifatini yuqori darajaga olib chiqish va bitiruvchilarning oliy ta'lim muassasalariga kirishida yaxshi natijalarga erishishni ta'minlashdir.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍2🔥1👏1