Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.1K subscribers
31.9K photos
3.14K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Олий таълим муассасаларига ўқишга кириш истагида бўлган ёшларни Божхона қўмитасининг Божхона институтига ўқишга таклиф этамиз!

Божхона институтига ўқишга кириш учун аризалар 2024 йилнинг 1 январидан – 1 апрелига қадар қабул қилинади.

Номзодлар қабул бошлангач доимий яшаш, ўқиш, муддатли ҳарбий хизмат ўтаётган ҳудудда жойлашган божхона бошқармаларига мурожаат этишлари мумкин.

Институтда ўқиш кундузги шаклда, таълим муддати 4 йил, иқтисодчи ва ҳуқуқшунос мутахассисликлари бўйича тайёрланади. Ўқишга қабул қилинганлар тўлиқ давлат гранти асосида ўқитилиб, бепул формали-кийим бош ва озиқ-овқат билан таъминланади ҳамда тиббий хизмат кўрсатилади.

Божхона институтида ўқиш даври божхона органларида хизмат қилган даврга қўшилади.

Ҳудудий божхона бошқармаларининг телефон рақамлари Божхона қўмитасининг веб-сайти (https://customs.uz/uz/) “Ҳудудий бошқармалар” рукнида қайд этилган.

Номзодлар Божхона институтининг веб-сайти (https://uzbi.uz/) орқали номзодларга қўйилган талаблар, танлов босқичлари ва меъёрлари, институтда яратилган шарт-шароитлар тўғрисида қўшимча маълумотлар билан танишишлари мумкин.

Божхона институтига танлов босқичлари ва белгиланган меъёрлар билан Божхона институти бакалавриатига ўқишга қабул қилиш тартиби тўғрисидаги низом орқали батафсил маълумот олишингиз мумкин.
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Robo-kodlash olimpiadasi bo‘lib o‘tdi

O‘quvchilarni sun'iy intellekt va robototexnikaga qiziqtirish, ushbu yo‘nalishda iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va munosib rag'batlantirish maqsadida Prezident maktabi, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-8- hamda 9-11- sinf o‘quvchilaridan tarkib topgan jamoalari ishtirokida Termiz shahridagi Prezident maktabida
Robo-kodlash olimpiadasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Natijalar quyidagicha:

5-8-sinf o'quvchilari o'rtasida:
1-o'rin - Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
2-o'rin - Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
3-o'rin - Termiz shahridagi Prezident maktabi.


9-11-sinflar o'rtasida:
1-o'rin - Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
2-o'rin - Termiz shahridagi Prezident maktabi;
3-o'rin - Qiziriq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

jamoalariga nasib etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍5🥰2
📣 12 декабрь, сешанба куни ўтказилиши режалаштирилган пресс-тур ва матбуот анжумани

🎤 Матбуот анжумани мавзуси: Сурхондарё вилояти, хусусан, Денов туманидаги мактабгача таълим ташкилотларида амалга оширилаётган ишлар.

🏢 Пресс-тур мақсади: Сурхондарё вилоятининг Денов туманидаги Мактабгача таълим ташкилотлари фаолияти билан танишиш.

Вақти: соат 13:00

📍 Тадбир жойи: Денов туман Мактабгача ва мактаб таълими бўлими биноси (Денов тумани, Самарқанд кўчаси, 70-уй)

📞 Қўшимча маълумот учун телефон: 90-644-26-46

🔰 Барча журналист ва блогерларни ушбу медиа-тадбирларга таклиф этамиз!

🌐 https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo

Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
👍2🔥1
Forwarded from Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi Axborot xizmati (𝓥𝓪𝓵𝓲𝓳𝓸𝓷 𝓜𝓾𝓼𝓾𝓵𝓶𝓸𝓷𝓸𝓿)
📖Sariosiyoda KITOB MARAFONI davom etmoqda

🇺🇿 Sariosiyo tumanidagi umumta'lim maktablarida Farzandimga kitob sovgʻa qilaman shiori ostida, "Kitob marafoni" davom etmoqda.

Ota-onalar va maktablar ma'muriyati tomonidan maktablarning kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qilinmoqda..

✍️Sariosiyo tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati.

🌐Bizni
kuzatib boring
🔽
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
👍2
"SARDORLAR BOG'I" TASHKIL ETILDI

"Yashil makon" umummilliy loyihasi ijrosini ta'minlash, yurtimizda yashil maydonlar ko'payishiga hissa qo'shish maqsadida bugun Termiz shahridagi 26-maktabda viloyat hamda maktab "Kamalak" va Ittifoq sardorlari tashabbusi bilan "Sardorlar bog'i" tashkil etildi. Bog'ga o'g'il-qizlar tomonidan turli mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.

Bolalikdan farzandlarimizni ona tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashda bu kabi loyihalarning ahamiyati katta. Zero, har bir ekilgan ko'chat kelgusida unib-o'sib katta daraxt bo'ladi va insoniyat uchun xizmat qiladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1👏1
"IT sohasida muvaffaqiyatga erishish va yaxshi daromad topish uchun nima qilish kerak?" mavzusida onlayn vebinar


🔗 Hozirgi kunda ishlab chiqarish, tijorat, tibbiyot, ta’lim, transport va boshqa sohalar IT texnologiyalaridan foydalanmoqda. Buning natijasida IT sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda.

📼 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda onlayn vebinar tashkil etilmoqda. Unda siz qanday qilib zamon talabidagi IT mutaxassisi bo‘lishingiz mumkinligi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🚪 Vebinar 13-dekabr, soat 14:00 da Raqamli texnologiyalar vazirligining Facebook va YouTube sahifalari orqali jonli efirga uzatiladi.

📌 Barcha maktab o‘quvchilari va IT sohasiga qiziquvchi yoshlar, vebinarga qo‘shiling!

#MMTV
#digital
#vebinar

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍1