Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.1K subscribers
31.9K photos
3.14K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Kun_hikmati

“Mo’ljalga Oyni oling. Mo’ljaldan adashsangiz, yulduzni urib tushirishingiz mumkin.”

V. Klement Stoun

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

“Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi ijtimoiy–psixologik xizmat va kasb-hunarga yoʼnaltirishda innovatsion yondashuv”. Аyni mavzuda Termiz shahrida respublika psixologlar forumi tashkil etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro hamkorlik natijalari: Surxondaryolik o‘quvchilar o‘rtasida olimpiada g‘oliblari aniqlandi

Kuni-kecha Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida Surxondaryo viloyati hokimligi va Tataristonning "Alabuga" erkin iqtisodiy zonasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida 9-11-sinf o‘quvchilar o‘rtasida tadbirkorlik asoslari va moliyaviy savodxonlik fanlari bo‘yicha olimpiadaning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadaning tantanali taqdirlash marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va "Alabuga" erkin iqtisodiy zonasi mutasaddilari, o‘qituvchi va murabbiylar, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Yakunda olimpiada g‘oliblariga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil oktyabr va noyabr oylarida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov rahbarligidagi delegatsiyaning Tatariston Respublikasiga tashrifida "Alabuga" EIZ bilan qator yo'nalishlarda, jumladan, ta'lim sohasida hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha kelishuvlarga erishilgan. Shundan so'ng «Alabuga» erkin iqtisodiy zonasi delegatsiyasining viloyatimizga tashrifida «Alabuga Polytech» muhandislik markazi ko‘magida 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tadbirkorlik asoslari va moliyaviy savodxonlik fanini o‘qitish hamda fan olimpiadalari tashkil etish belgilab olingandi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍1
Forwarded from Daryo — LIVE
Surxondaryoliklarning respublika tashkilotlariga murojaatlari o‘tgan 2022-yilga nisbatan 26 mingtaga kamaygan

Bu haqda “Daryo”ga xabar bergan viloyat hokimi matbuot kotibi Murodbek Davlatovning qo‘shimcha qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda viloyat hokimining shaxsan o‘zi bosh-qosh bo‘layotgan guruhlar bor. Mazkur guruhda jurnalistlar, blogerlar, jamoatchilik vakillari va rahbarlar birlashgan. Ular viloyat hayotiga oid har bir muammoni shaxsan viloyat hokimining e’tiboriga havola qiladi.

@daryo_live
👍1
❗️СУВ ТЕКИН ЭМАС

Сурхондарё вилоятидаги бир гуруҳ нуронийлар ва жамоат ташкилотлари вакилларининг вилоят аҳолисига мурожаати

"Кўпинча арзон ва мўл-кўл нарсалар ҳақида гап кетганда “Сувдай текин”, деймиз. Ваҳоланки, сув арзон ҳам, мўл-кўл ҳам эмаслигини, таборо  камайиб, глобал муаммога айланиб бораётганини ҳаётнинг ўзи исботлаб турибди..."


📍Батафсил: https://diyor24.uz/44093

-----------
🌐 https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo
👍2
Madhiya – istiqlol va milliy g'urur timsoli

“O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Surxondaryodagi umumta'lim maktablarida yangi hafta va dars jarayonlari davlatimiz madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍2
Олий таълим муассасаларига ўқишга кириш истагида бўлган ёшларни Божхона қўмитасининг Божхона институтига ўқишга таклиф этамиз!

Божхона институтига ўқишга кириш учун аризалар 2024 йилнинг 1 январидан – 1 апрелига қадар қабул қилинади.

Номзодлар қабул бошлангач доимий яшаш, ўқиш, муддатли ҳарбий хизмат ўтаётган ҳудудда жойлашган божхона бошқармаларига мурожаат этишлари мумкин.

Институтда ўқиш кундузги шаклда, таълим муддати 4 йил, иқтисодчи ва ҳуқуқшунос мутахассисликлари бўйича тайёрланади. Ўқишга қабул қилинганлар тўлиқ давлат гранти асосида ўқитилиб, бепул формали-кийим бош ва озиқ-овқат билан таъминланади ҳамда тиббий хизмат кўрсатилади.

Божхона институтида ўқиш даври божхона органларида хизмат қилган даврга қўшилади.

Ҳудудий божхона бошқармаларининг телефон рақамлари Божхона қўмитасининг веб-сайти (https://customs.uz/uz/) “Ҳудудий бошқармалар” рукнида қайд этилган.

Номзодлар Божхона институтининг веб-сайти (https://uzbi.uz/) орқали номзодларга қўйилган талаблар, танлов босқичлари ва меъёрлари, институтда яратилган шарт-шароитлар тўғрисида қўшимча маълумотлар билан танишишлари мумкин.

Божхона институтига танлов босқичлари ва белгиланган меъёрлар билан Божхона институти бакалавриатига ўқишга қабул қилиш тартиби тўғрисидаги низом орқали батафсил маълумот олишингиз мумкин.
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Robo-kodlash olimpiadasi bo‘lib o‘tdi

O‘quvchilarni sun'iy intellekt va robototexnikaga qiziqtirish, ushbu yo‘nalishda iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va munosib rag'batlantirish maqsadida Prezident maktabi, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-8- hamda 9-11- sinf o‘quvchilaridan tarkib topgan jamoalari ishtirokida Termiz shahridagi Prezident maktabida
Robo-kodlash olimpiadasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Natijalar quyidagicha:

5-8-sinf o'quvchilari o'rtasida:
1-o'rin - Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
2-o'rin - Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
3-o'rin - Termiz shahridagi Prezident maktabi.


9-11-sinflar o'rtasida:
1-o'rin - Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
2-o'rin - Termiz shahridagi Prezident maktabi;
3-o'rin - Qiziriq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

jamoalariga nasib etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍5🥰2
📣 12 декабрь, сешанба куни ўтказилиши режалаштирилган пресс-тур ва матбуот анжумани

🎤 Матбуот анжумани мавзуси: Сурхондарё вилояти, хусусан, Денов туманидаги мактабгача таълим ташкилотларида амалга оширилаётган ишлар.

🏢 Пресс-тур мақсади: Сурхондарё вилоятининг Денов туманидаги Мактабгача таълим ташкилотлари фаолияти билан танишиш.

Вақти: соат 13:00

📍 Тадбир жойи: Денов туман Мактабгача ва мактаб таълими бўлими биноси (Денов тумани, Самарқанд кўчаси, 70-уй)

📞 Қўшимча маълумот учун телефон: 90-644-26-46

🔰 Барча журналист ва блогерларни ушбу медиа-тадбирларга таклиф этамиз!

🌐 https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo

Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
👍2🔥1
Forwarded from Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi Axborot xizmati (𝓥𝓪𝓵𝓲𝓳𝓸𝓷 𝓜𝓾𝓼𝓾𝓵𝓶𝓸𝓷𝓸𝓿)
📖Sariosiyoda KITOB MARAFONI davom etmoqda

🇺🇿 Sariosiyo tumanidagi umumta'lim maktablarida Farzandimga kitob sovgʻa qilaman shiori ostida, "Kitob marafoni" davom etmoqda.

Ota-onalar va maktablar ma'muriyati tomonidan maktablarning kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qilinmoqda..

✍️Sariosiyo tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati.

🌐Bizni
kuzatib boring
🔽
Telegram|Facebook|YouTube|Instagram
👍2