Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
40K subscribers
31K photos
2.98K videos
96 files
10K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Denov_tumani

Surxondaryo viloyati Denov tuman sardorlar Kengashi tomonidan tuman maktablaridagi sardorlar uchun o‘quv seminarlari tashkil etildi.


✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Sherobod_tumani

Maktablarga yoʼl harakati qoidalarini targʼib qilish uchun elektron darslik va qoʼllanmalar, televizorlar va kompyuter jamlanmalari sovgʼa qilindi


Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
26-apreldagi
“Taʼlim muassasalarida yoʼl harakati targʼibotini kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 212-sonli qarori ijrosini taʼminlash, oʼquvchilarning Yoʼl harakati qoidalariga yoshlikdan amal qilishi, yoʼllarda harakatlanish madaniyatini yanada shakllantirish, yoʼl belgilarini oʼrganishi maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Sherobod tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi tasarrufidagi 10 dan ortiq umumtaʼlim maktablariga Yoʼl harakati qoidalarini targʼib qilish uchun elektron darslik va qoʼllanmalar, televizorlar va kompyuter jamlanmalari sovgʼa qilindi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Mamadiyev Qumqo'rg'on tumanida bo'ldi. Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qumqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi foydalanishga topshirilishi munosabati bilan boshqarma boshlig'i maktabning holatini ko'zdan kechirdi.

Maktabdagi obodonlashtirish ishlari, moddiy-texnik bazaning holati o'rganildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar yuzasidan boshqarma boshlig'i mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berib o'tdi.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda Qumqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 527 nafar 5-11-sinf o'quvchilari tahsil olishmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube