Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
63K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.9K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Surxondaryoda malaka toifa berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan oʼtkazildi

Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat koʼrsatayotgan pedagoglar uchun toifa berishning yangi tartibi asosida 6-7-dekabr kunlari Boysun va Sherobod tumanlaridan 400 nafarga yaqin pedagoglar ishtirokida tajriba-sinov jarayonlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Bugun Termiz shahridagi 26-umumtaʼlim maktabida mazkur jarayonlarga start berildi. Qayd etish joizki, malaka-sinov natijalaridan test topshiriqlari va tajriba-sinov jarayonlari tahlili uchun foydalaniladi.

Eslatma: pedagoglarni tajriba-sinovda qatnashganlik natijalari ularga malaka toifalarini belgilashga yoki lavozimiga loyiqlik masalalarini koʼrib chiqishga taʼsir qilmaydi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
#bilasizmi

🔵 "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonun, 44-modda:

▫️ Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.

🔻 Izoh:
Yuqorida keltirilgan xususiyatlari mavjud xodimlarning ishga olinishi ta'qiqlanadi. Bunga sabab, ular bolaning ta'lim-tarbiya olish jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Telegram | Ilk-qadam.uz | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda malaka toifa berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan oʼtkazildi

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Mobil metodik guruhlar faoliyatini davom ettirmoqda

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi huzurida tashkil etilgan Mobil metodik ishchi guruhlari tumanlarda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Xususan, bugun galdagi manzillar Termiz tumanidagi 12-, Bandixon tumanidagi 37-, Sho‘rchi tumanidagi 40-, Uzun tumanidagi 35-, Angor tumanidagi 11-, Qiziriq tumanidagi 49-, Sherobod tumanidagi
29-, Oltinsoy tumanidagi 57-, Qumqo‘rg‘on tumanidagi 11-, Sariosiyo tumanidagi 56-, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 37-, Muzrabot tumanidagi
32-, Denov tumanidagi 58-, Boysun tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktablariga metodik yordamlar ko'rsatilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Forwarded from Surxondaryo viloyat Bolalar kutubxonasi📚📚📚 (Mahliyo Zoirovna)
#konstitutsiya_qomusimiz

Surxondaryo Viloyat bolalar kutubxonasida 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Termiz shahridagi 1-12-sonli umumta'lim maktab o'quvchilari ishtirokida "Konstitutsiya bosh qomusimiz "nomli tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda o'quvchilar tomonidan  Vatan haqidagi kuy qo'shiqlar va adabiy kecha sahna ko'rinishlari namoyish etildi.O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi shoir Qo'shal Abdullayev o'quvchi yoshlarga o'z qalamiga mansub she'riy kitoblar sovg'a qildi.

Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram🎞You tube📱Facebook💟Instagram 🌐Web site