Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
32.2K subscribers
30.9K photos
2.97K videos
96 files
9.99K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Yoshlarning ta'lim-tarbiyasi nuroniylar e'tiborida.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi tomonidan Surxondaryo viloyatida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Viloyatimizning 50 nafarga yaqin tajribali pedagoglari mazkur treninglarga jalb etildi.

Ushbu kurslarning asosiy maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarda sifatli bilim va ko'nikmalarni shakllantirish bilan birga noanʼanaviy, faol metodlarni keng qo'llashdir.

Trening davrida tajribali masterlar mentor, kauching, fasilitator, kollaborator kabi metodlarning mazmun-mohiyatini ochib berishdi. Shu bilan birga tinglovchilarga kundalik ish jarayonida uchraydigan psixologik muammoli vaziyatlarning yechimini topish, ota-onalar bilan faol hamkorlikni yo'lga qo'yish, shaxsga yo'naltirilgan sifatli taʼlim berish, bolajonlarni rag'batlantirib, ularni tasavvur olamini rivojlantirish, maktab taʼlimiga tayyorlash kabi vazifalarni belgilab berishdi.


Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Yo‘llar bo‘yida joylashgan maktablar oldida maxsus foto-video qayd etish vositalari o‘rnatiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-noyabrdagi 197-sonli Farmoniga asosan, ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

❗️Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi 190-son qaroriga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

yo‘llar bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida hamda yo‘l-transport hodisalar o‘choqlarida belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni o‘tkazmaslik va fuqarolarning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o‘rnatiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Жаҳолатга қарши маърифат билан

Ёшларни диний ақидапарастлик ва экстремизмнинг салбий оқибатларидан огоҳ этиш мақсадида тарғибот-ташвиқот тадбирлари ўтказилмоқда.

Дин ишлари бўйича Қўмитанинг Сурхондарё вилояти бошқармаси ҳамда Шўрчи туман ҳокимлиги ва ҳамкор ташкилотлар билан биргаликда “Жаҳолатга қарши маърифат” шиори остида тарғибот тадбири ташкил этилди.

Тадбир жараёнида мавзуга доир расмлар танлови ўтказилиб, унда тумандаги умумтаълим мактабларида таҳсил олаётган 12 ёшдан 17 ёшгача бўлган иқтидорли ва ҳаваскор рассом ўқувчилар иштирок этишди. Якунда энг яхши деб топилган асар муаллифлари ташкилотчилар томонидан тақдирланди.


✍🏻 Шўрчи тумани ҳокимлиги
Матбуот хизмати



Расмий саҳифаларимиз
📱Telegram Facebook 🎞 Youtube 🔎Web-site  🌐Instagram 🕊Twitter