Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Ibrat_vaqti

Kunlarning birida sichqon ferma xo‘jayini qo‘ygan qopqonni ko‘rib qoldi. U bu haqda qo‘yga, tovuqqa hamda sigirga aytib berdi. Ammo ular: “Qopqon bizning muammoimiz emas. Biz uning nimasidan qo‘rqamiz? Uning bizga hech qanday aloqasi yo‘q”, deb javob qaytarishdi.

Kunlardan bir kun qopqonga ilon tushib qoldi va xo‘jayinning xotinini chaqib oldi. Xotinining tanasidan ilonning zahrini chiqarib tashlash va unga quvvat bo‘ladi, degan umidda fermer tovuqni so‘ydi-da, undan xotiniga tovuq sho‘rva tayyorlab berdi. Kasalmand xotinini ko‘rishga kelayotganlar oldida uyalib qolmasligi uchun qo‘yni so‘ydi hamda uning go‘shtidan turli taomlar tayyorlab, mehmonlarni kutib oldi. Ammo, afsuski, xotini vafot etdi. Ma'rakani o‘tkazish uchun fermer sigirni ham so‘yishga majbur bo‘ldi.

Bu o‘tgan vaqt mobaynida vaziyatni o‘z uyasidan kuzatib turgan sichqon bo‘lib o‘tgan hodisalar haqida fikr yuritardi...

Qissadan hissa. Bu hayotda hech kim hech narsadan himoyalanmagan, shu sababli boshqaning muammosiga befarq bo‘lmaslik kerak.


Telegram   Facebook
Instagram You tube
Twitter        Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
#Ibrat_vaqti

Burgut baland bir daraxtda shunchaki dam olib o‘tirgan edi.

Uning bu o‘tirishini ko‘rib qolgan quyoncha burgutdan so‘radi:

— Xuddi sendek hech narsa qilmay, bamaylixotir o‘tirishim mumkinmi?

— Albatta, mumkin, nimaga yo‘q ekan, — dedi burgut.

Quyoncha daraxtning tagiga o‘tirib dam olishni boshladi. Shunda birdan qayerdandir tulki paydo bo‘ldi-yu, uni ushlab, yeb qo‘ydi.

Qissadan hissa. Agar sen hech ish qilmasdan bemalol va xotirjam bo‘lishni xohlasang juda-juda yuqorida o‘tirishing kerak. Ko‘rpangga qarab, oyoq uzat.


Telegram   Facebook
Instagram You tube
Twitter        Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
#Ibrat_vaqti

Uch kishi tosh tashiyotgan edi. Ularning biridan so‘rashdi:

— Umuman olganda, bu yerda nima qilayapsan?

U peshonasidagi terni artib tashladi-da, javob berdi:

— Mana shu mehnatim tufayli qaddim bukilib, og‘ir kunlarga qolib ketdim.

Ikkinchisining oldiga borib undan so‘rashdi:

— Sen nima qilayapsan?

U yenglarini shimardi-da, tumshug‘ini ko‘tarib, g‘urur ila javob berdi:

— Pul ishlayapman. Bu yerda boshqa nima ham qilardim?

Keyin uchinchi kishidan so‘radilar:

— Sen nima ish qilayapsan?

U jilmaydi-da, javob berdi:

— Ibodatxona qurayapman.

Qissadan hissa. Qachonki oldinga oliy maqsad qo‘yarkansan, har qanday vaziyatda ham yashayotgan umringda ma'no bo‘ladi.


Telegram   Facebook
Instagram You tube
Twitter        Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍193🔥1🎉1🤩1👌1🕊1🏆1
#Ibrat_vaqti

Kunlarning birida kirakashga shahardagi mashhur millionerlardan birini qayergadir olib borishga to‘g‘ri keldi. Haligi millioner mashinadagi hisob-kitob uskunasiga qarab oz ham emas, ko‘p ham emas, aniq ko‘rsatilgan qiymatga yarasha haq to‘ladi.

Shunda kirakash so‘radi:

— Kecha o‘g‘lingizni olib kelib qo‘ygandim. U menga choychaqa sifatida 100 dollar bergandi. Siz bo‘lsangiz tiyin-tiyingacha hisob-kitob qilib o‘tiribsiz.

— Nima ham deya olishim mumkin. O‘g‘limning millioner otasi bor, men esa yetimman.

Qissadan hissa. Peshona teri bilan mehnat qilgan odamgina pulning qadrini biladi.


Telegram   Facebook
Instagram You tube
Twitter        Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2661🥰1🎉1🤩1💯1🏆1
#Ibrat_vaqti

– Dada, futbolga qiziqaman. Koptok olib bering.

– O’g’lim, qachon o’yinqaroqliging qoladi? Katta yigit bo’lib qolding. Uyat emasmi? Yaxshisi bor, qo’ylarga yem ber.

– Dada, buyurgan ishlaringizni bajardim. Endi futbol o’ynagani chiqsam maylimi?

– O’g’lim foydali ish bilan shug’ullansang bo’lmaydimi? Kim seni yaqinda maktabga chiqadi, deydi? Yaxshisi, bor, mollarni o’tlatib kel.

Oradan yillar o’tib, bolakay yaxshi cho’pon bo’lib yetishdi. Otasi esa choyxonada har kuni og’iz ko’pirtirib, milliy terma jamoamizda yaxshi futbolchi yo’qligini iddao qilib o’tiribdi.

Xulosa: Biz insonlar shundaymiz, nimanidir yaratish imkoni bo’lsa-da qilmasdan, nuqul boshqadan kutib nolishni bilamiz, xolos


Telegram   Facebook
Instagram You tube
Twitter        Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍212🥰1👏1
#Ibrat_vaqti

Tog’ yonbag’rida bir donishmand yashab, u juda kamgap edi. Bir kuni uning oldiga yosh yigit keldi.

– Menga aqlli bilan, ahmoqning o’rtasidagi farqini ko’rsating, – dedi u donishmandga. Donishmand yigitga bir muddat qarab turdi. Keyin esa, qo’li bilan ma’lum bir uzoqlikdagi qoyadan dumalab tushgan toshlarni ko’rsatdi.

– Bunda senga shu toshlar yordam beradi. Ularni qoya tepasiga tashib chiq. Yigit «xo’p» deb, ishga kirishdi. Keyin qabarib, terga botib, ancha vaqt shu toshlarni tashish bilan band bo’ldi. Nihoyat ishni bitirgach, kelib:

– Tashib bo’ldim, – deb aytdi. – Lekin hech narsani tushunolmayapman, ularni aynan nima uchun tashidim? U qanday qilib mening savolimga javob topib berishi mumkin?

– Mana shu ahmoq bilan aqllining o’rtasidagi farqdir, – dedi donishmand.

– Aqlli bu haqida toshni tashishdan oldin o’ylab ko’rgan bo’lardi.


Telegram   Facebook
Instagram You tube
Twitter        Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43👏211🔥1🎉1💯1
#Ibrat_vaqti

Osmondan ikkita qor parchasi yonma-yonlikda tushib kelishar edi.

– Uchish qanchalar yaxshi, to’g’rimi? – deb so’radi ulardan biri.

– Yo’q, – dedi bunga javoban ikkinchisi.

– Uchmayapmiz, axir biz qulayapmiz!

– Lekin yaqinda qo’namiz va birodarlarimiz bilan bir butun qatlamga aylanamiz.

– Qo’ysang-chi, pasda halok bo’lamiz, bizni oyoqosti qilishadi!

– Oyoqosti bo’lmaymiz, kunlar iliganda oqar suvga aylanishimizni, hatto daryogacha oqib borishimiz mumkinligini o’ylab ko’rgin.

– Hecham-da! Suvga aylanarmishmiz! Erisak ham loyqa suvga aylanamiz, hamda behuda yo’q bo’lib ketamiz!

Ular shunday bahs bilan yergacha yetib kelishdi. Keyin esa har ikkisi o’z tasavvuridagi taqdirni kutib oldilar.


Telegram   Facebook
Instagram You tube
Twitter        Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍265🔥21🥰1👏1🎉1🤩1
#Ibrat_vaqti

Bir rassom go’zal rasm chizdi va uni ko’pchilik yig’iladigan joyga qo’yib, sinab ko’rmoqchi bo’ldi. Rasmni qo’yib, tepasiga yozib qo’ydi: «Kimda-kim bu rasmda ozgina bo’lsada kamchilik ko’rsa, ustiga qizil qalam bilan belgi qo’ysin!».

Kechqurun kelib qarasa, rasm qizil bo’yoqqa to’lib ketibdi. U ustozi oldiga borib rasmdan voz kechmoqchiligini aytadi.
- Yo’q, - dedi ustozi unga. - Sen yaxshisi iborani o’zgartir: kim rasmda kamchilik ko’rsa, uni tuzatsin, deb yozib qo’y.

Rassom ustozining aytganini bajardi. Buni qarangki, oradan bir necha kun o’tsa ham, rasmga hech kim yaqinlashmadi.
- Ko’rdingmi, - deb kuldi rassomning ustozi. - Bu hayotda hamma narsadan xato topadiganlar ko’p, biroq shu xatoni tuzatadigan, isloh etadiganlar juda kam.


Telegram   Facebook
Instagram You tube
Twitter        Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26👌42🕊2🎉1
#Ibrat_vaqti

– Amaki, mana! Shu pulga qancha sigareta beradi?

– Hmm, olti quti. Ammo men yosh bolalarga sigareta sotmayman.

– Men sotib olmoqchi emasman. Dadam sigareta so‘rab kirsalar, olti safar yo‘q deb ayting! Iltimos...


Telegram   Facebook
Instagram You tube
Twitter        Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍6🔥1
#Ibrat_vaqti

Farzandingiz maktabga ketayotganida uning qo‘liga ikki shirinlik berib: ” Bittasi o‘zingga, bittasi yaxshi ko‘rgan o‘rtog‘ingga”, deb ayting. Shunda bola yaxshi ko‘rish va ehson ulashishni o‘rganadi.

Farzandingiz sumkasiga ortiqcha ruchka solib: “Agar biror sinfdoshing ruchka olib kelishni esidan chiqargan bo‘lsa, yordam tariqasida ruchkani o‘sha bolaga ber”, deb ayting. Farzandingiz bu narsadan mas’uliyatni his qilishni o‘rganadi.

Agar farzandingiz uyga qaytib kelsa, sen kelishing bilan uyimizda shodlik hukm surmoqda, deb aytsangiz, farzand o‘z qadri va qiymatini his qiladi.

Farzandingiz uyga kelganida bugun qanday oliyjanob ishni amalga oshirding, deb so‘rang, farzand bu bilan yomonlik va yaxshilikning orasini ajratishni bilib oladi. Keyingi safar so‘ramasangiz ham o‘zi javob beraveradi.


Telegram   Facebook
Instagram You tube
Twitter        Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍243🔥2🥰1🎉1👌1🕊1💯1🏆1
#Ibrat_vaqti

Bolaligimda otam bilan sirk ko‘rgani borgandik. Bilet olishga navbatga turdik. Oldimizda er-xotin va olti bolalik bir oila turardi. Kiyimlari eskirib ketgan, lekin ozoda edi. Bolalar juda xursand, sirk haqida gaplashishardi. Navbatlari kelgach, ota bilet sotish oynasi yoniga borib, bilet narxini so‘radi. Bilet sotuvchi narxni aytgan edi, biroz tisarilib, xotiniga pichirlab nimadir dedi. Yuzida bezovtalik alomatlari ko‘rinib turardi.

Shu payt otam cho‘ntagidan 20 dollarni olib, yerga otdi va egilib uni oldi-da, pulni haligi kishining kaftiga qo‘yib, pulingiz tushib ketdi, dedi. Haligi odam ko‘zlarida yosh bilan, rahmat, janob, dedi.

Ular kirib ketganidan keyin otam qo‘limdan tortdi va biz qatordan chiqib ketdik. Chunki otamning o‘sha odamga bergan 20 dollardan boshqa puli yo‘q edi.

O‘sha kundan buyon otam bilan faxrlanaman. Butun hayotimdagi eng go‘zal manzara mana shu bo‘lgandi. U o‘sha ko‘rolmay qolganim sirkdan ham chiroyliroq edi.

Tarbiya nazorat bilan emas,
ibrat bilan bo‘lishiga ko‘proq amin bo‘ldim…


Telegram   Facebook
Instagram You tube
Twitter        Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🕊32🔥1
#Ibrat_vaqti

Bir erkak yigirma yoshlardagi o‘g‘li bilan vagonga kirdi va joylarini egallashdi. O‘g‘il vagon derazasi tomonga o‘tirdi. Poyezd qo‘zg‘alishi bilan u qo‘li bilan ishora qilib, “Dada, qarang, hamma daraxtlar orqaga yuryapti” dedi. Dadasi kulib qo‘ydi.

Ularning ro‘parasida o‘tirgan er-xotin esa kap-katta bolaning bu qilig‘ini ko‘rib, bir birlariga “ahmoq” deb pichirlashdi.

Bir ozdan so‘ng o‘g‘il quvonchdan qichqirib yubordi: “Dada, qarang, katta ko‘l. Unda qushlar suzib yuribdi”.

Er-xotin yana ajablanib ijirg‘anib yigitchaga qarashdi va uning otasiga deyishdi: “O‘g‘lingizni doktorga ko‘rsatsangiz bo‘larkan”.

Shunda ota dedi: “O‘g‘lim bugun kasalxonadan chiqdi. Uning ko‘zlari ojiz edi, endi dunyoni ko‘rib zavqlanmoqda”.

Boshqalarning qilayotgan amallari va so‘zlariga qarab hukm chiqarish noto‘g‘ri.


Telegram   Facebook
Instagram You tube
Twitter        Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37🥰31👏1🎉1
#Ibrat_vaqti

Bir kuni o‘rta maktablardan biriga o‘qituvchilarning darsga tayyorgarlik darajasini tekshirish uchun ta’lim vazirligidan nazoratchi keldi. U duch kelgan birinchi sinfxonaga kirdi va g‘aroyib manzaraga duch keldi: o‘qituvchi ayol stolga boshini tiragancha o‘tirar, ko‘rinishi horg‘in, bolalar esa o‘zlari bilan o‘zlari ovora, kimdir chopgan, kimdir shovqin solgan, xullas tartibsizlik hukmron edi.
– Kechirasiz, men nazoratchiman, biror muammo yuz berdimi?– so‘radi nazoratchi.
– Charchadim, janob, bu bolalarni nima qilishni ham bilmay qoldim. Na bir ko‘rgazmali qurol bor, na vazirlik bolalarga darsda namoyish etishimiz uchun biror narsa beradi… Menda ularni darsga qiziqtiradigan hech narsa yo‘q…
Nazoratchi o‘qituvchi stoli ustida yog‘och qopqoqni ko‘rib qoldi. U qopqoqni qo‘liga olib bolalarga yaxshi ko‘rinishi uchun baland ko‘tardi va sinfga murojaat qildi:
– Bu nima?
– Qopqoq! – deb javob berdi barcha bolalar jo‘r bo‘lib.
– Yaxshi, u nimadan yasalgan?
– Yog‘ochdan! Ularni maxsus mashinada yasashadi, – turli javoblar yangradi.
– Yog‘ochdan yana nimalar yasaladi? – so‘radi nazoratchi.
– Stul, stol, kema.
– Yaxshi! Mana, kemalik ham bo‘ldik. Kim kema rasmini chiza oladi? Kim doskaga chiqib xarita chizib, biz turgan joydan kemaga eng yaqin portni ko‘rsata oladi? Yana qanday port va daryolarni bilasizlar? Bu daryolar qaysi mamlakatlarda joylashgan? Balki o‘sha mamlakatlardagi mashhur qo‘shiqchi yoki shoirlarni tanirsizlar?
Nazoratchi bir vaqtning o‘zida geografiya, tarix, musiqa, adabiyotdan dars bera boshladi. O‘qituvchi turgan joyida qotib qolgandi. Nihoyat dars tugaganini anglatuvchi qo‘ng‘iroq chalinganidagina ayol o‘ziga keldi:
– Katta rahmat, janob nazoratchi. Siz menga bergan bu saboqni bir umr unutmayman.

Xulosa: Agar kimdir kelib bizga muvaffaqiyat formulasini sovg‘a qilishini kutadigan bo‘lsak, hech narsaga erishmaymiz. O‘zimiz harakat qilishimiz, tasavvurimiz, ongimizni ishga solishimiz darkor. Oldimizda turgan vazifani faqat o‘zimizgina bajara olamiz.


Telegram   Facebook
Instagram You tube
Twitter        Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥2🎉21🤩1💯1
#Ibrat_vaqti

Ikki qo‘shni bor edi. Ulardan biri farzandlariga quyon olib berdi. Narigi qo‘shnining bolalari ham o‘zlariga biror uy hayvoni olib berishlarini so‘rashdi. Ularning otasi kuchuk olib berdi.

Shunda birinchi qo‘shni ikkinchisiga dedi:

– U quyonimni yeb qo‘yadi-ku!

– Yo‘q, bu hali kuchuk, quyoning ham kichkina. Ular birga katta bo‘lishadi, do‘st bo‘lib ulg‘ayishadi. Muammo bo‘lmaydi.

Kuchuk egasi haq bo‘lib chiqqandek edi. Jonivorlar birga katta bo‘ldi. Ular doimo birga edi.

Bir kuni quyonning egasi oilasi bilan dam olishga ketdi. Juma kuni edi. Yakshanba kuni kechki payt kuchukning egasi oilasi bilan ayvonda choy ichib o‘tirgandi. Katta itga aylangan kuchuk uyga kirib keldi. U g‘ijimlanib ketgan, qon va tuproq aralashmasidan qorayib ketgan quyonni tishlab turardi. Butun oila it tomon tashlandi.

– Qo‘shnim to‘g‘ri aytgan ekan. It itligini qilibdi. Endi nima qilamiz? Shu yetmay turuvdi. Birpasdan keyin ular uyiga qaytib kelishadi.

Hamma bir-biriga qarardi. Bechora itning esa g‘ingshiganicha ko‘zidan yosh oqardi.

Shunda bolalardan biri dedi:

– Quyonni yaxshilab yuvib, fen bilan quritib, hovlisiga qo‘yib qo‘yamiz.

Quyonning hech bir joyi yirtilmagani bois ular shunday qilishdi. Quyonni iniga qo‘yishib, xuddi uxlayotgandek holatga keltirib yana o‘z uylariga qaytib kirib olishdi. Bir ozdan keyin qo‘shnilarning ovozi eshitildi. Keyin esa bolalarning chinqirig‘i yangradi. Ko‘rishdi! Ikki daqiqadan keyin eshik taqilladi. Ostonada ranglari oqarib ketgan qo‘shni turardi. U xuddi arvohni ko‘rgan odamdek alpozda edi.

– Nima bo‘ldi? Tinchlikmi? – so‘radi itning egasi.

– Quyon... quyon...

– O‘lib qolibdimi? Boya kunduzi chopqillab yurgandi-ku!

– U juma kuni o‘lgandi!

– Nima?

– Dam olishga ketishimizdan oldin bolalar uni bog‘ orqasiga ko‘mib kelishgandi! Hozir esa u yana o‘z uyida yotibdi!

Jumadan beri qadrdon do‘stini qidirgan it uni nihoyat topgan va yer bag‘ridan chiqarib olgandi. Va egalariga uni qutqarish uchun olib kelgandi.

Xulosa: Aslida nima bo‘lganini bilmasdan turib harakat qilishning oqibati xunuk bo‘ladi.


Telegram   Facebook
Instagram You tube
Twitter        Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🕊21👏1🎉1
#Ibrat_vaqti

Kitobni oftobga mengzaymiz – bu bejizga emas. Quyoshning tafti hech qachon so‘nmagani kabi, kitobning ziyosi ham bitmas-tuganmas.

Tabiatdagi go‘zalliklar, maftunkor manzaralar, betakror lahzalar quyosh nurlari bilan vobasta bo‘lgani kabi, kitob tufayli odamlarda chin insoniy tuyg‘ular kamol topadi.

Zero, XX asrning yirik namoyondalaridan biri: “Men o‘zimdagi barcha yaxshi fazilatlar uchun kitobdan minnatdorman!” – degan edi.


Telegram   Facebook
Instagram You tube
Twitter        Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥3
#Ibrat_vaqti

Bir kuni ustozimga "Ustoz, ushbu kitobni toʻliq oʻqib chiqdim, lekin xotiramda bu kitobdan hech narsa qolmadi",- dedim.

Shunda ustozim bir dona xurmo berib: "Buni chaynab yegin dedi" va birozdan soʻng menga: "Katta boʻlib qoldingmi?", - dedi. Men: "Yoʻq", - dedim.

Ustozim : " Lekin bu xurmo mayda-mayda boʻlib, sening tanangda goʻsht, suyak, pay, teri, soch va tirnoqlarga aylangan", - dedi.

- Shundan anglab yetdimki, men oʻqiyotgan kitob ham mayda-mayda boʻlib, oʻzim bilmagan holda mening lugʻat boyligimni oshirar, aqlimni ziyoda qilar, axloqimni sayqallar hamda gapirish uslubimni goʻzal qilar ekan .


Telegram   Facebook
Instagram You tube
Twitter        Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20💯3👏2🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_vaqti

Dunyodagi eng yaxshi 10 daqiqalik film...


Telegram   Facebook
Instagram You tube
Twitter        Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥4💯31🎉1
#Ibrat_vaqti

Siz tarbiyachilarning qaysi turiga mansubsiz?

Farzandingizni oʼynatib, sayr qildirsangiz, demak siz yaxshi otasiz.

Farzandingiz oʼzi oʼynab vaqtichogʼlik qilishiga ruxsat bersangiz, demak siz sabrli otasiz.

Farzandingiz tafakkur qilishi, rivojlanishi va ixtirolar qilishiga sharoit yaratib bersangiz, demak siz kashfiyotchi otasiz.

Farzandingiz bilan gaplashib, uning oʼy-fikrlari va tashvishlarini eshitsangiz, demak siz sofdil otasiz.

Farzandingiz bilan kitob oʼqib, unga hayot haqiqatlaridan saboq berishga vaqt topsangiz, demak siz mehribon otasiz.

Kimdaki bularning barchasi jamlangan boʼlsa, oʼsha inson farzandlari uchun samimiy, yoqimli, beminnat va bebaho tarbiyachidir.


Telegram   Facebook
Instagram You tube
Twitter        Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍111🔥1👌1💯1
#Ibrat_vaqti

Rahbarning inqirozi nimada?

- Birovni yomonlab kirgan kishiga quloq solganida;

- Oʼzini hammadan ko‘proq bilaman, deb oʼylaganida;

- Maddohlarni olqishlab, haq talab qiluvchilarni yomon koʼrganida;

- Kibrlanish va manmanlikka berilib ketishida;

- Xodimlarning nafsoniyatiga tegishida;

- Oʼtirgan joyi uning uchun deb bilishida;

- Koʼpchilik oldida shaxsiy xulosa yoki munosabatini aytib yuborganida;

- Ortiqcha maqtovni hazm qilishida;

- Yil boshida yil oxiridagi ahvolni tasavvur etmaganida;

- Mahalliychilik va tanish-bilishchilikka berilganida;

- Xodimlar bilan oʼchakishganida;

- Fidoyilarni rag‘batlantirishni unutganida;

- Nafaqaga chiqqach, nima ish qila olishini aniq bilmaganida;

- Oʼzini arz qiluvchining oʼrniga qo‘ya olmaganida.


Telegram   Facebook
Instagram You tube
Twitter        Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥32🕊1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_vaqti

Insonning ziynati uning chiroyli muomalasida!


👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥6💯21🎉1