Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53K subscribers
31.9K photos
3.14K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Maktablarda tajriba-sinov tariqasida yangicha baholash tizimi joriy etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 16-avgustdagi “Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida”gi 248-son buyrugʻining ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatning barcha hududlaridan tanlab olingan jami 30 ta tajriba-sinov maktablarining o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun bugun Termiz tumanidagi 16-maktabda o‘quv amaliy seminar o'tkazildi.

Seminarda malakali trenerlar tomonidan yangi baholash tizimi bo'yicha ma'lumotlar berib o'tildi va uni umumta'lim maktablarida joriy qilish bo'yicha ko'rsatmalar taqdim etildi. Seminar ishtirokchilari mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

O'quv yili davomida yangi baholash tizimi tajriba-sinov sifatida joriy etilayotgan ushbu maktab bilan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍4
#Qumqoʻrgʻon_tumani

Qumqo'rg'on tumanidagi 30-sonli umumta'lim maktabiga "Ochiq budjet" loyihasining o'tgan mavsumida taklif kiritilib, g'olib bo'lgan maktablar uchun 750 mln so'mlik 30 ta elektron doska va kompyuter jamlanmalari o'z manzillariga yetkazib berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍13🔥1
#Kun_hikmati

Parvoz qanchalik yuksak bo'lsa, qulash shunchalar dahshatlidir.

Abulqosim Firdavsiy

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Bandixonda faol tadbirkor yoshlar bilan uchrashdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍31
#Otalar_yigʻilishi
#Sherobod_tumani

Prezidentimizning vohamizga qilgan tashriflari davomida farzand tarbiyasida otaning o‘rni katta ekanini e’tirof etib, haftaning shanba va yakshanba kunlarida otalar o‘z vaqtini muntazam farzand tarbiyasiga sarflashini va maktablarda “Otalar yig‘ilishi” o‘tkazilishi bo‘yicha tegishli topshiriqlar berib o‘tgan edi.

Ushbu topshiriqning ijrosi yuzasidan bugun Sherobod tumanidagi 8-maktabda 3-sektor rahbari O‘.Shukurov ishtirokida “Otalar yig‘ilishi” tashkil etildi.

Sektor rahbari ishtirokida o‘tkazilgan “Otalar yig‘ilishi”da 50 nafardan ortiq otalar ishtirok etib, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim-tarbiyasida oiladagi muhitning ahamiyati, otalarning farzand oldidagi mas’uliyati haqida fikr almashishdi.

Yig'ilish davomida sektor rahbari tomonidan farzand tarbiyasida alohida o‘rnak ko‘rsatgan otalarga faxriy yorliq va tashakkurnomalar topshirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍4🤩1
#Otalar_yigʻilishi

Viloyatning Bandixon, Uzun va Sherobod tumanlarida o‘tkazilgan "Otalar yig‘ilishlari"da otalarning farzand tarbiyasidagi rolini oshirishga e'tibor qaratildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3