Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.1K subscribers
31.9K photos
3.14K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Ўқувчиларни касбга ўқитиш бўйича «Оқдарё тажрибаси»
#7sep #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
⭕️⭕️⭕️⭕️

📍 “KITOBXONLIK FESTIVALI” SURXONDARYODA

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, respublika bo‘ylab yil davomida har oyning yakunida viloyatlar ketma-ketligida 2023-yilgi "Kitobxonlik festivali"ni o‘tkazib kelmoqda.

Navbatdagi festival Surxondaryo viloyatida bo‘lib, festival doirasida quyidagi kitobxonlik koʻrik-tanlovlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

“Eng kitobxon maktab”
“Eng  faol kitobxon oʻquvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng kitobxon oila”
“Eng faol kutubxonachi”

⚠️Diqqat! Barcha kitobxonlarni 22-sentabr kuni "Kitobxonlik festivali"ga chorlab qolamiz!

😀 Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar, diplomlar, sovrinlar va festival ramzlari tushirilgan esdalik sovgʻalari topshiriladi.

Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram🎞You tube📱Facebook💟Instagram 🌐Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71🔥1
2023-yilgi "Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2-mavsumi yuzasidan ma'lumot berildi

Bugun Termiz shahridagi matbuot uyida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi vakillari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

Unda jurnalist va blogerlar, keng jamoatchilik vakillari qatnashishdi. Anjumanda dastlab 2023-yilgi "Besh tashabbus olimpiadasi" yuzasidan ma'lumot berildi. Shundan so'ng ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mas'ullardan javob olishdi.

Ma'lumot o'rnida, "Besh tashabbus olimpiadasi" bu yil maktab o'quvchilari o'rtasida ilk bora o'tkazilayotgan bo'lib, olimpiadaga
1-sinfdan 11-sinfgacha bo'lgan o'quvchilar qamrab olinishi ko'zda tutilgan. Surxondaryo viloyatidan bugungi kun holatiga ko'ra jami 197 ming 770 nafar o'quvchilar "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi tanlov va musobaqalarda ishtirok etish uchun elektron platforma orqali ro'yxatdan o'tishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
1
Maktablarda tajriba-sinov tariqasida yangicha baholash tizimi joriy etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 16-avgustdagi “Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida”gi 248-son buyrugʻining ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatning barcha hududlaridan tanlab olingan jami 30 ta tajriba-sinov maktablarining o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun bugun Termiz tumanidagi 16-maktabda o‘quv amaliy seminar o'tkazildi.

Seminarda malakali trenerlar tomonidan yangi baholash tizimi bo'yicha ma'lumotlar berib o'tildi va uni umumta'lim maktablarida joriy qilish bo'yicha ko'rsatmalar taqdim etildi. Seminar ishtirokchilari mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

O'quv yili davomida yangi baholash tizimi tajriba-sinov sifatida joriy etilayotgan ushbu maktab bilan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍4