Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
46.4K subscribers
32.7K photos
3.25K videos
97 files
10.6K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Kun_hikmati

Yiqilishdan qo‘rqqan hech qachon ucha olmaydi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1
Ихтисослаштирилган мактаб интернатининг янги биноси фойдаланишга топширилди

Денов туманидаги 2-сон ихтисослаштирилган мактабнинг 330 ўринли ўқув биноси замонавий типда қурилиб, барча зарур жиҳозлар билан таъминланган ҳолда бугун фойдаланишга топширилди.

Мактаб ўқув биносининг очилиш маросимида вилоят ҳокими Улуғбек Қосимов ҳам иштирок этиб, ўқитувчи ва мураббийларни янги бино билан табриклади ҳамда ёш авлод таълим тарбиясидаги машаққатли фаолиятларида муваффақиятлар тилади. Мактаб учун чолғу асбоблари ва спорт анжомлари тўпламлари топширилди.

Вилоят раҳбари мактаб маъмурияти, нуронийлар ва масъуллар билан янги ўқув бинода таълим жараёнлари учун яратилган замонавий шарт-шароитлар билан танишди.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Sherobod tumanida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan seminar tashkil etildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1🎉1
#Sherobod_tumani

Davlatimiz rahbarining "Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta'minlash, qolaversa o‘quvchi yoshlarni sportga keng jalb qilish maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan berilgan 7 turdagi musiqa asboblari hamda 5 turdagi sport anjomlari bugun Sherobod tumanidagi 70-sonli umumta'lim maktabida sektor rahbarlari, Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi rahbariyati tomonidan tumandagi barcha maktablarning  mas'ul xodimlariga  tantanali ravishda topshirildi.

Shunungdek, tadbir davomida sohada faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh jismoniy-tarbiya va musiqa fani o'qituvchilari tuman hokimligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi. Tadbir yakunida musiqa asboblari hamda sport anjomlari ortilgan karvonlar maktablarga jo'nab ketdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1
#Tabriklaymiz

Joriy yil 21-22-avgust kunlari  sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasining Aktau shahrida VENERA CUP xalqaro turniri boʻlib oʻtdi. O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Isroil va Rossiya Federatsiyasidan kelgan 100 nafardan ortiq sportchi qizlar ishtirokida oʻzaro bellashuvlarda Sariosiyo tumanidan ham vakillar ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.

Jumladan, VENERA CUP xalqaro turnirida  Sariosiyo tumani 9-sonli umumta'lim maktabi oʻquvchisi Rahimova Rayhona 🥇1-oʻrinni qoʻlga kiritib, oltin hamda tumanning 11-sonli umumta'lim maktabi oʻquvchisi Imomova Dilnura 🥈2-oʻrinni qoʻlga kiritib kumush medallar sohiblariga aylandilar.

Yosh sportchilarimizni viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi nomidan tabriklab, ularga kelgusi musobaqalarda bundanda yuqori marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍2