Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
47K subscribers
32.5K photos
3.24K videos
97 files
10.6K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Ochiq muloqot: Surxondaryodagi 948 ta maktabda ichki imkoniyatdan kelib chiqib o'quvchilarga ikkinchi xorijiy til va kasb-hunar o'rgatish bosqichma-bosqich keng yo'lga qo'yilmoqda

Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida maktablarda ikkinchi xorijiy til va kasb-hunar o'rgatish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tashkil etilgan ochiq muloqotda jurnalist va blogerlar, ijtimoiy tarmoq faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Muloqot avvalida yig'ilganlarga mavzu yuzasidan boshqarmaning oʼquvchilarni kasbga yoʼnaltirish va psixologik xizmat hamda xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish sho'balari mudirlari A'zam Bekpulatov hamda Ilhom Baymuratovlar tomonidan zarur ma'lumotlar berildi.

Shundan so'ng ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi hamda sohaga oid taklif va tavsiyalarini berib o'tishdi.

📄Press-reliz👉bu yerda

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍31
Maktablarni jinoyatchilik va huquqbuzarliklardan xoli hududga aylantirish - muhim vazifamiz

Bugun Muzrabot tumanida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari M.Normurodov rahbarligida o'tkazilgan yig'ilishda tumandagi barcha maktablarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda boshqa mas'ullar qatnashishdi.

Yig'ilishda asosan, ma'naviy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan izchil islohotlar yuzasidan so'z yuritildi. O'quvchilar o'rtasida jinoyatchilik va huqubuzarliklarning oldini olish bo'yicha huquq-tartibot, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ma'naviy-ma'rifiy sohadagi boshqa dolzarb masalalar ham keng muhokama qilindi va kelgusidagi istiqbolli rejalar belgilandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ochiq muloqot: Surxondaryodagi 948 ta maktabda ichki imkoniyatdan kelib chiqib o'quvchilarga ikkinchi xorijiy til va kasb-hunar o'rgatish bosqichma-bosqich keng yo'lga qo'yilmoqda

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3
Jamiyat hayotining joni va ruhi — maʼnaviyat

Sherobod tumanidagi barcha maktablarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari M.Normurodov rahbarligida tashkil etilgan yig'ilishda asosan ma'naviy-ma'rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar, xato va kamchiliklar, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Maktablarda sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish, o'quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, o'g'il-qizlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali turli yot g'oyalardan asrash borasida tizimli ishlar bo'yicha fikr bildirildi.

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi turli ko'rik-tanlov hamda musobaqalarni maktablarda yuqori saviyada tashkil etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍3