Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
61K subscribers
27.9K photos
2.62K videos
91 files
9K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Korrupsiyasiz taraqqiyotni ta'minlash: muammo va yechimlar

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi xodimlari uchun boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish kompleans nazoratini amalga oshirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Karimov tomonidan o'tkazilgan navbatdagi yig'ilishda dastlab sohada uchrayotgan korrupsion holatlarning kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etish yuzasidan so'z yuritildi.

Shuningdek, tizimdagi hujjatlarning yuritilish holati, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari, ijro intizomi va boshqa tegishli masalalarga ham alohida to'xtalib o'tildi.

Majlis davomida yig'ilganlar ham o'zlarining taklif va mulohazalarini bildirib o'tishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#ogoh_boʻling

❗️Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga farzandlari hujjat topshirgan ota-onalar diqqatiga

Farzandingizning qayta imtihon topshirishi mumkinligi va ularni o'qishga kiritib qo'yishni va'da qilib sizga aloqaga chiqayotgan turli firibgarlarning yolg'on xabarlariga ishonmang!

🙅‍♂ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi birorta maktabga qayta imtihon o'tkazilmaydi.

❗️Aldanib qolmang. Hech qaysi maktabga imtihonlar qayta o'tkazilmaydi.

📞 Agar shunday va'dalar berayotgan firibgarlarga duch kelsangiz zudlik bilan Agentlikning 1206 qisqa raqamiga yoki +998712074048 ishonch telefoniga hamda https://t.iss.one/piimasavollar_bot iga murojaat qilishingizni so'raymiz.

❗️Qanday savollaringiz bo'lsa Agentlikning qabul jarayonlari bo'yicha maxsus tashkil qilingan 1206 qisqa raqami orqali rasmiy ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Чиқар имтиҳонлар жавоби бугун,
Ҳаяжон ўртанур, хушхабар кутиб.
Қаранг, неча минглаб юракда тугун,
«Нима бўлди экан...?» диллар талотуп.

Ҳар кимнинг омадин берсин, илоҳим,
Илмлар жангида ғалаба бўлсин.
Ҳар бир билимдонни қўллаб Аллоҳим,
Ҳар битта йигит-қиз талаба бўлсин!

Ўлмасбек Самарқандий.

🌐 https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | Таълим тизимидаги ислоҳотлар: Янги ўқув йилига тайёргарлик
#21aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari malakasi oshirilmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan qator xorijiy hamkor tashkilotlar ko‘magida 5-11-sinf informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha darslik va o‘quv-metodik adabiyotlari mahalliylashtirildi.

Ayni vaqtda mazkur darsliklardan foydalanish yuzasidan respublikamizning 500 nafar informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun kaskad usulida trening tashkil etilmoqda.

Treninglarning 1-bosqichi joriy yilning 21-23-avgust kunlari respublikamizning 14 ta hududidan tashrif buyurgan 30 nafar o‘qituvchilar uchun Toshkent shahrida o‘tkazilmoqda.

✔️Mazkur treninglarning 2-bosqichi 28-30-avgust kunlari viloyatlardagi Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida respublikada malaka oshirgan 30 nafar trenerlar tomonidan 470 nafar o‘qituvchilar uchun kaskad usulida davom ettiriladi.

❗️Shuningdek, informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilariga yangi darsliklardan foydalanish bo‘yicha videokurslar ishlab chiqildi. Abdulla Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining LMS platformasiga joylashtirilgan videokurslar orqali o‘qituvchilarga onlayn shaklda o‘qish imkoniyati yaratildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Нодавлат мактабгача таълим ташкилоти фаолияти билан танишилди

Бугун вилоят ҳокими Улуғбек Қосимов Қумқўрғон тумани “Жалоир” маҳалласида бўлиб, ҳудудда “Jajji baby” НТМ томонидан ташкил этилган болалар боғчаси ва ўқув маркази фаолияти билан танишди.

Муассаса томонидан умумий қиймати 6 млрд сўм бўлган 100 ўринли давлат-хусусий шерикчилик асосида нодавлат мактабгача таълим ташкилоти фаолияти йўлга қўйилган. Ҳудуддаги бўш бинода ишсиз фуқароларга касб-ҳунар ўргатувчи ўқув маркази ҳам ташкил этилиб, бу ерда касб-ҳунарни пухта эгаллаганлар доимий иш билан таъминланмоқда.

Вилоят раҳбари боғчадаги шароитларни кўздан кечирди. Шу билан биргаликда маҳалла нуронийлари ва фаоллари билан суҳбатлашиб, уларнинг мурожаатларини тинглади.

Туман раҳбарларига маҳалладаги ички йўлларни таъмирлаш, ичимлик суви тармоғини тортиш лойиҳаларини амалга ошириш топширилди.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter