Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
49.3K subscribers
32.1K photos
3.18K videos
97 files
10.5K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#infografika

"Biz Oʼzbekiston bolalarimiz!

Biz baxtiyor bolalikda taʼlim va tarbiya olmoqdamiz".
👍2
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev bugun Sherobod tumanidagi 6-sonli umumta'lim maktabida bo‘lib, ta'lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida boshqarma boshlig‘i maktab rahbariyatiga yangi o‘quv yilini munosib qarshi olish yuzasidan o‘zining taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.

Ma'lumot o‘rnida, bugungi kunda Sherobod tumanida 77 ta ta'lim muassasasi, xususan, 75 ta maktab, 1 ta "Barkamol avlod" bolalar maktabi, shuningdek Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat yuritmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍11
Шеробод туманида мактабнинг янги ўқув йилига тайёргарлиги кўздан кечирилди

Вилоят ҳокими Улуғбек Қосимов Шеробод тумани “Баҳор” маҳалласида бўлиб, ҳудуддаги 2-сонли умумтаьлим мактабида янги ўқув йилига тайёргарлик кўриш бўйича амалга оширилаётган ишлар билан танишди.

Мактаб 315 ўринли бўлиб, ҳозирда лойиҳа қиймати 4,8 млрд сўм бўлган қўшимча ўқув биноси қуриш орқали реконструкция ишлари амалга оширилмоқда. Қурилиш ишлари якуний босқичда бўлиб, бино янги ўқув йилига топширилиши режалаштирилган.

Вилоят раҳбари қурилиш-таъмирлаш ишлари, ишлатилаётган материаллар, эшик ва дераза ромлари сифати билан танишди. Мактаб ҳудудида ташкил этилган лимончилик иссиқхонасини кўздан кечирди. Мактаб реконструкциясини янги ўқув йили бошлангунига қадар сифатли якунлаш, жиҳозлаш ва дарс жараёнларига шай ҳолатга келтириш бўйича масъулларга вазифалар белгилаб берилди.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
👍9
#Munosabat

Dars taqsimoti bilan bog‘liq tarqalayotgan videolar yuzasidan RASMIY MUNOSABAT


Ijtimoiy tarmoqlarda pedagoglar o‘rtasida dars taqsimoti bilan bog‘liq kelishmovchiliklar aks etgan videolar yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

❗️ Dastavval aytish joizki, mazkur videolar avvalgi yillarga oid bo‘lib, joriy yilda ushbu mavzuda bunday noxush holatlar qayd etilmagan. Ushbu mavzu yuzasidan vazirlik tomonidan o‘qituvchilarga doimiy ravishda tushuntirish ishlari olib boriladi.

⚡️Joriy yilda ham Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan umumta’lim muassasalarida dars soatlar taqsimoti bo‘yicha soha xodimlariga to‘liq ma’lumot berish va tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida maktablarning direktor o’rinbosarlari uchun o’quv vebinarlari tashkil etish ko‘zda tutilgan.

📆Vebinar-treninglar joriy yilning 22-avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
 
Unda:
✔️ umumiy o‘rta ta’lim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasi,
✔️ umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasi,
✔️ dars soatlarini taqsimlash mezonlari,
✔️ boshlang‘ich va yuqori sinflardagi mavjud sinflar misolida dars soatlari taqsimoti bo‘yicha tushuntirishlar beriladi.

Shu o’rinda, yurtimizda o‘qituvchining maqomini mustahkamlash, uning nufuzi va obro‘sini oshirishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilib turgan bir paytda, o‘qituvchilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish pedagoglarning zarariga xizmat qilishini unutmasligimiz lozim.
👍4
O‘QUVCHILARNI KASBGA YO‘NALTIRISH ISHLARINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA KALENDAR REJA ISHLAB CHIQILDI

🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarning kelgusidagi kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun yangi “Kasbga yo‘naltirish tizimi” joriy etildi.

Xususan, bunda:
✔️boshlang‘ich sinflarga mehnat bozorida mavjud bo‘lgan kasblar to‘grisida tushunchalar berib boriladi;
✔️yuqori sinflarda o‘quvchilarning kasbiy moyilligi bo‘yicha o‘tkazilgan psixologik-pedagogik diagnostika natijalari asosida kasbga yo‘naltirish ishlari olib boriladi;
✔️o‘quvchilarni bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek,
💠umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha namunaviy kalendar reja ishlab chiqildi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha kalendar reja bilan tanishish
👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Kun_hikmati

Buyuk odamlar g‘oyalar haqida gapiradi, oddiy odamlar voqealar haqida gapiradi, bekorchi insonlar odamlar haqida gapiradi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍8🔥2
Forwarded from Boysun Tumani Hokimligi (ЮНУС ХОЛИЁРОВ ШАВКАТОВИЧ)
Boysun tumanida sportning voleybol turi bo‘yicha 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Respublika ochiq turniri musobaqasi o‘z yakuniga yetdi

Avval xabar qilganimizdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida sportning voleybol turi bo‘yicha 2009-yil va undan kichik yoshda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida Respublika turniri musobaqasi start berilgan edi.

Surxondaryo viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi, Boysun tumani hokimligi, Surxondaryo viloyati Voleybol federatsiyasi hamda Boysun tuman Sport maktabi hamkorligida 18-22-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan ushbu musobaqada Respublikamizning shahar va tumanlarining sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari to‘garagiga muntazam shug‘ullanib kelayotgan 2009-yilda tug‘ilgan va kichik yoshdagi qizlar ishtirok etishdi.

Boysun tumanidagi 49-son umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqada respublikamizning barcha tumanlaridan tashrif buyurgan 14 ta jamoa ishtirok etib, g‘oliblik uchun qiziqarli o‘yin namoyish etdilar.

Qizg‘in kechgan musobaqaning final bahsiga Namangan viloyati, Qoraqalpog‘iston respublikasi hamda Xorazm viloyati vakillari o‘rtasida o‘yin davom etdi.

Natijalarga ko‘ra;

🥇 1-o‘rinni Namangan viloyati jamoasi;

🥈 2-o‘rinni Qoraqalpog‘iston respublikasi jamoasi;

🥉 3-o‘rinni Xorazm viloyati qizlar jamoasi egallashdi.

Musobaqa yakunida Surxondaryo viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi, Boysun tumani hokimligi, Surxondaryo viloyati Voleybol federatsiyasi va Boysun tuman Sport maktabi tomonidan musobaqada faol ishtirok etgan jamoalar, eng faol voleybolchi qizlar hamda g‘olib bo‘lgan jamoa qizlari hamda trenerlariga diplomlar, medallar, hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5