Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
52.5K subscribers
32K photos
3.16K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
“Ikkinchi ustozlar milliy forumi”ning hududiy seminar tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Avval xabar qilinganidek, ayni vaqtda “Ikkinchi ustozlar milliy forumi”ning hududiy bosqich uchrashuvlari mamlakatimizning barcha hududlarida qizg‘in davom etmoqda.

📍Joylardagi yetakchi trener va soha mutaxassislari ishtirokida tashkil etilayotgan mazkur seminar tadbirlarida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan keng islohotlar mazmun-mohiyati, yangi o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan o‘quv reja hamda tajriba-sinov maktablarida tanlov fanlarining samarali joriy etilishiga doir muhim masalalar muhokama etilmoqda.

❗️Shuningdek, maktab darsliklaridagi o‘zgarishlar, o‘qitishning yangicha va zamonaviy uslublari ishtirokchilarga atroflicha tanishtirib borilmoqda. O‘quvchilarni zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘qitish, ijodiy va tanqidiy fikrlash, ta’lim sifatini yanada oshirishning ustuvor yo‘nalishlariga doir tahliliy ma’lumotlar ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in muhokama etilmoqda.

🔰 O‘zaro muloqot shaklini olgan seminar tadbirlarida sohaga doir yana boshqa ko‘plab masalalar xususida trener va malakali ustozlar tomonidan keng doiradagi fikr va mulohazalar bildirib o‘tildi.

✔️Tashkil etilayotgan mazkur forum pedagoglarning o‘zaro tajriba almashishlari, o‘quv jarayoniga yangicha uslublarni olib kirish borasidagi bilimlarini oshirishda katta ahamiyatga egadir.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍2
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar holati o’rganildi

🟢 Viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan Termiz tumani prokuraturasi xodimlari tomonidan tumandagi 4-6-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog’lom ovqatlantirish tizimlarini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi.

☑️ O’rganish davomida Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etish, turli muddati o’tgan, iste’molga yaroqsiz mahsulotlarni iste’moldan chiqarish, tashkilotning tozaligi va gigiyenik hamda bolalarga berilayotgan ta’lim-tarbiya dasturlarining holati bo’yicha o’rganish ishlari olib borildi.

➡️SHuningdek, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutasaddilariga xavfsiz va sifatli ovqatlanishni tashkil etish to’g’risida qator tavsiya va ko’rsatmalar berildi.


Termiz tuman MMTB axborot xizmati
👍1
Forwarded from Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi (Mansurbek в сети)
DENOV TUMANIDA MAKTAB YARMARKASI TASHKIL ETILDI ....

🔰 Joriy yilning 18-avgust kuni tumandagi 79-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Saodat Denov Tekstil” xususiy korxonasi bilan hamkorlikda maktab formasi hamda o‘quv qurollari yarmarkasi tashkil qilindi. Yarmarkada ishtirok etgan 79-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-5-sinf o‘quvchilarining 150 ga yaqin ota-onalari ishtirok etishdi.

🔰 Yarmarkada ishtirok etgan ota-onalarga umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kiyinish madaniyati va tartib intizomiga amal qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, salomatliklarini muhofaza qilish, ularni ma’naviy va jismoniy sog‘lom bo‘lib voyaga yetishlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tushunchalar berildi.

🕰 Sana: 18.08.2023-yil.

✍️ Denov tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi matbuot xizmati.

🌐 Kanalga ulanish: https://t.iss.one/denov_mmtb

I
Facebook I Telegram
👍3