Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.9K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Mamlakatimiz boʼylab maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida 1-iyuldan 1-avgustga qadar “Oʼqituvchilar va murabbiylar salomatligi oyligi” deb eʼlon qilingan. Shu asosida Termiz shahri hamda Qiziriq tumanida bepul tibbiy ko'rik o'tkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍6
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda “Maktabdagi shubhali holatlar boʼyicha chora koʼriladimi?” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Termiz tumanidagi 16-sonli IDUM ma’muriyatining bergan ma’lumotlariga ko’ra, joriy yil 25-may kuni mazkur maktab o’quvchilari tomonidan bitiruv oqshomlari o’tkazilmagan. Bu bo’yicha mas’ullar qattiq nazorat o’rnatishgan va 25-may kuni bu bo’yicha biror holat aniqlanmagan.

Maktab direktorining qizi T.D. Termiz Davlat universitetining 3-kurs talabasi bo‘lib, Termiz tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirining 2022-yil 4-avgustdagi 238-sonli buyrug‘i hamda tuman adliya bo‘limining 2022-yil 4-avgustdagi LXI1U3O1/U/4-sonli xulosasiga asosan 16-sonli IDUMda 0.5 shtat birligida psixolog vazifasida ishlagan. Tumandagi maktablarning psixolog lavozimi bevosita direktorning bo‘ysunuvidagi lavozim toifasiga kirmaydi. Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan psixolog vazifasiga ishga qabul qilinishi hamda psixolog lavozimining nomenklaturasi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida turadi. Termiz tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’ining 2023-yil 8-iyundagi tegishli buyrug’i asosida maktab direktorining qizi T.D. ishdan bo’shagan, hozirda 16-sonli IDUMda psixolog shtati vakant bo’lib turibdi.

Maktabning 11-B sinf o‘quvchilaridan 4 nafari ya’ni E.X, D.A, E.A. hamda K.S.lar 2023-yil 6-aprel kuni dars mashg‘ulotlaridan keyin kunduzgi soat 15:00 larda suratga tushish maqsadida Termiz shahrida joylashgan san’at saroyiga borishgan. O‘sha yerning o‘zida Termiz shahar san’at kolleji talabasi J.M. bilan o‘zaro tortishib, janjallashib qolishadi va natijada uni urib tan jarohati yetkazishgan. Ushbu holat bo‘yicha maktab ma’muriyati joriy yilning 10-aprel kuni xabar topgan. Mazkur holat yuzasidan maktab ma’muriyati va hudud inspektori I.Q, uchastka inspektor psixologi B.M. ga zudlik bilan xabar berildi hamda o‘quvchilarning ota-onalari bilan maktabga chaqirtirilib holat muhokama qilingan. Ma’lumot uchun Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi NIZOMning 2-bob 7-xat boshisida: “O‘quvchilarning ta’lim muassasasidan tashqarida, darsdan keyingi paytdagi xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning ota-onalari javobgar hisoblanadi”,- deb keltirilgan.

Maktabdagi archalarning sotilishiga to’xtaladigan bo’lsak, tegishli tashkilotlarning ruxsati bilan maktab bog’ida turli mevali, manzarali daraxt ko’chatlari parvarish qilinadi va sotiladi. Mazkur ko’chatlarni sotish orqali maktabning moddiy-texnik bazasini yaxshilash ko’zda tutilgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍7
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
❗️Мактаб директорларининг ваколат доираси кенгайтирилади

Президентнинг тегишли фармони (ПФ–79-сон, 26.05.2023 й.) билан 2023 йил 1 сентябрдан:

умумий ўрта таълим муассасалари директорларига ўз ўринбосарларини ишга қабул қилиш ва ишдан бўшатиш, ажратилган умумий соатлар доирасида ўқув режаларига 15 фоизгача ўзгартириш киритиш масалаларини мустақил ҳал қилиш ҳуқуқи берилади;

туман (шаҳар) мактабгача ва мактаб таълими бўлимларининг умумий ўрта таълим муассасалари фаолиятини текшириш ва таълим сифатини баҳолаш бўйича ваколатлари бекор қилинади.

🌐 https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo

📲 Telegram | Facebook | Web-site
👍8👏1
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Shveytsariya davlatida bo‘lib o‘tgan nufuzli Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘quvchilarimiz ajoyib natijalarni - 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

90 ga yaqin davlatdan 350 nafarga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan olimpiadada Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Azizbek Nazarov hamda Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Abdulloh Mahmudov oltin medal, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Shahzoda Hakimova kumush medal hamda Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sohibjon Dilmurodov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oltin medal olgan o‘quvchi bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari (165 mln so‘m), ustozi 450 baravari(148,5 mln so‘m) miqdorida, kumush medal uchun o‘quvchi 300 baravar (99 mln so‘m), ustozi 250 baravar (82,5 mln so‘m) hamda bronza medal uchun o‘quvchi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Bu esa Davlatimiz tomonidan ilmli yoshlarga berilayotgan eʼtiborning yuksak namunasi, deb bilaman.

Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga imtiyoz bilan grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik taʼlim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan bo‘lsa lavozim maoshiga 150 foiz har oy 100 foizlik ustama oladi.

Fursatdan foydalanib, o‘quvchilarimiz, ularning ustozlari hamda terma jamoamizning har bir aʼzosini ilm yo‘lidagi yana bir ulkan g‘alaba bilan muborakbod etaman. 

Aziz o‘quvchilar,
ilm olishdan, izlanishdan va Vatanimiz bayrog‘ini ilmingiz bilan balandlarga ko‘tarishdan aslo to‘xtamang.
👍18
#Kun_hikmati

Band bo‘ling. Bu dunyodagi eng arzon va eng samarali dorilardan biridir.

               Deyl Karnegi

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍102
#Imtihon_natijalari
#Birinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

✔️ Joriy yilning 15-iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

❗️Imtihon natijalarini quyidagicha  aniqlashingiz mumkin:

portal.piima.uz saytining "Qabul 2023" bo'limi "Natijalar" oynasidan "Prezident maktabi natijalari" bo'limida ID raqamingizni kiritish orqali https://portal.piima.uz/page/ps1

Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali:
https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2023/

Talabgorning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi umumta'lim maktablariga kompyuter jihozlarining yetkazib berilayotganligi haqida xabar bergan edik.

✔️Mazkur jarayonlardan video-lavha e'tiboringizga havola etilmoqda.

❗️Respublikaning boshqa hududlariga ham kompyuterlar bosqichma-bosqich tarzda yetkazib beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
БИЛАСИЗМИ...

🔘 Инсон ҳаётдаги энг катта душмани бу – унинг ўзи;

🔘 Инсон ҳаётидаги энг ахмоқона қилиғи бу – ёлғон ишлатиши;

🔘 Инсон ҳаётидаги энг катта қоқилиш бу – унинг ишончсизлигидир;

🔘 Инсон ҳаётидаги энг катта кулфати бу – ҳасад;

🔘 Инсон ҳаётидаги энг катта қайғуси бу – ўзини йўқотиши;

🔘 Инсон ҳаётидаги энг катта айби бу – ношукрлиги;

🔘 Инсон ҳаётидаги энг арзигулик афсуси бу – ўз қадрини билмаслиги;

🔘 Инсон ҳаётидаги энг таҳсинли ҳолати бу – йиқилганидан кейин ўзини ўнглай олиши;

🔘 Инсон ҳаётидаги энг катта йқотиш бу – умидининг сўниши;

🔘 Инсон ҳаётидаги энг улкан ютуғи бу – соғлиги ва ақли;

🔘 Инсон ҳаётидаги энг улкан қарзи бу – ҳақиқий ҳиссиётлари;

🔘 Инсон ҳаётидаги энг буюк қобилияти бу – унинг улкан қалби;

🔘 Инсон ҳаётидаги энг улкан юпанч бу – унинг эзгу ишлари,

🌐 https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo

📲 Telegram | Facebook | Web-site
👍3💯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kutubxonachi_tavsiyasi

Kitobxonlarga xizmat ko'rsatish bo'limi

O'tkir Hoshimov asarlari:
📚Ikki eshik orasi.
📚Bahor qaytmaydi.
📚Ikki kara ikki - besh.


#Surxondaryo viloyat  bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

📱Telegram🎞You tube📱Facebook📹Instagram 🌐Web site
👍8🥰2
#Kun_hikmati

Hech nima qilmaydigan odam xato qilmaydi.

Lev Tolstoy

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍2🤩1
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

✔️ Joriy yilning 16-24-iyul kunlari Shvetsariyada o‘tkazilgan 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib keldi.

⚡️O’quvchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

🏆Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

#Tashkent #26July #IChO_2023

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🥰1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Surxondaryo_MTRK

Yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga sarflangan sarmoya eng yaxshi sarmoyadir. Ayni jihatlarning ifodasi sifatida so`nggi yillarda mamlakatimizning barcha hududlarida bo`lgani singari viloyatimizda ham maktabgacha ta’lim tizimini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍2
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Sherobod tumani 3-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ta'mirtalab ahvolda ekani va mas'ullar ushbu masalaga e'tibor qaratishi yuzasidan tarqalgan xabar bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Sherobod tuman maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi bergan ma'lumotlarga koʻra, tuman markazidagi "Doʻstlik" mahallasida joylashgan 140 oʻrinli 3-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 1969-yilda qurilgan boʻlib, 2018-2019-yillarda joriy ta'mirlangan.

Mazkur tashkilot umumiy yer maydoni 8800 kv.m, inshootning umumiy maydoni 420 kv.m ni tashkil etadi. Tashkilotda gaz va elektr ta'minoti mavjud, isitish tizimi koʻmir yoqilgʻisiga moʻljallangan.

2021-2022-2023-yillarda mazkur tashkilotni davlat investitsiya dasturi asosida rekonstruksiya qilish boʻyicha, bundan tashqari 2024-yilga investitsiya dasturi asosida rekonstruksiya qilish boʻyicha ham mas'ullar tomonidan taklif berilgan.

2022-yilda "Doʻstlik" mahallasi hududida joylashgan 33-DMTT Investitsiya dasturi asosida kapital rekonstruksiya qilingan boʻlib, ushbu ikkita taʼlim tashkiloti oraliq masofasi 500 metrni tashkil etadi. Bugungi kunda 3-DMTTni 2024-yilgi davlat dasturlari asosida kapital rekonstruksiya qilish uchun hujjat ishlari amalga oshirilmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍5