Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
61.5K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.89K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Oltinsoy tumanida kim 5 milliard mablag'ni havoga uchirdi?" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Xabarda keltirilgan 28-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti Oltinsoy tumanining "Hayrandara" mahallasi hududida joylashgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-sonli qaroriga asosan "Fayz paxta Servis" MCHJ tomonidan 5 milliard 50 million so'm mablag' evaziga yangidan qurilgan va 150 o'rinli mazkur bog'cha joriy yilning fevral oyida faoliyatini boshlagan.

Aniqlanishicha, joriy yilning 10-iyul kuni kechki payt maktabgacha ta'lim tashkiloti devorlarida yoriqlar paydo bo'lgan va tashkilot ma'muriyati tomonidan zudlik bilan mas'ullarga murojaat qilingan.

Ayni vaqtda bog'cha faoliyati to'xtatilgan bo'lib, manzilda sohaga doir mas'ullar tomonidan o'rganish ishlari olib borilmoqda. O'rganish jarayonlari yakunlangandan so'ng holat bo'yicha batafsil axborot beriladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев: Бор билим ва тажрибамни, куч-ғайратимни меҳнаткаш, мард ва олижаноб халқимизнинг менга билдирган юксак ишончини оқлаш учун сафарбар этишга, бу йўлда, керак бўлса, жонимни ҳам фидо қилишга тайёрман.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Расмий муносабат: Ишчи гуруҳи ўрганиш ишларини олиб бормоқда

Бугун Daryo.uz' интернет нашри "Сурхондарёда 5 млрд сўмга қурилган боғча олти ой ўтмай, болалар учун хавфли масканга айлангани айтилмоқда" сарлавҳали видеоматериаллар эьлон қилди. Унда Сурхондарё вилояти Олтинсой туманида жорий йил январь ойида фойдаланишга топширилган боғчанинг яроқсиз ҳолга келиб қолгани ҳақида фикр юритилган.

Мазкур материалда келтирилган ҳолатлар вилоят ҳокими Улуғбек Қосимов томонидан шахсан назоратга олиниб,  уни атрофлича ўрганиш бўйича ишчи гуруҳи таркиби тасдиқланди.

Ишчи гуруҳга боғчадаги ҳолатни батафсил ўрганиб чиқиш, айбдорларни аниқлаш, қонунчиликда белгиланган тартибда жазога тортиш юзасидан кўрсатма берилди.

Ўрганиш якунлари, кўрилган чоралар тўғрисида батафсил ахборот берилади.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
📣XUSHXABAR

Xalqaro olimpiadadan yana 3
ta medal

Xalqaro matematika olimpiadasida
o’quvchilarimiz 3 ta bronza medalni qo’lga kiritdi

📍
Joriy yilning 5-13-iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida dunyoning 112 ta mamlakatidan jami 623 nafar maktab o’quvchilari ishtirok etgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida(IMO) 3 nafar o’zbekistonlik o’quvchi bronza medallarini qo’lga kiritdi.

G'olib o‘quvchilar bilan tanishing:

🥉Ozodbek Axtamov -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o‘quvchisi;

🥉Anvarbek Raxmatov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, Ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;

🥉Anvarbek Sadulloyev - Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq 3-o‘rin (bronza medal) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari beriladi.

❗️Eslatib o’tamiz, o’zbekistonlik yoshlar 1997-yildan boshlab ishtirok eta boshlagan mazkur nufuzli musobaqada hozirga qadar 🥈10 ta kumush va 🥉32 ta bronza medallari qo’lga kiritilgan.

Olimpiadaning tantanali yopilish marosimi ertaga bo’lib o’tadi.

Terma jamoamiz a’zolarini g’alaba bilan qutlab, omad va zafarlar tilab qolamiz!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Boshingga eng qiyin kunlar tushib, sen bardosh bera olmaydigan nuqtaga kelganda aslo sabringdan voz kechma. Aynan o‘sha nuqta taqdiringni o‘zgartiradigan nuqtadir.

                  Jaloliddin Rumiy

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Amaliy konferensiya: "Mehribonlik korpusi" tomonidan erishilgan natijalar tahlil qilindi

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligi hamkorligida "Mehribonlik korpusi" tomonidan bugun viloyatimizda "Maktabgacha ta'lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishining ahamiyati" mavzusida amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.

Konferensiyada viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari, "Mehribonlik korpusi" vakillari, shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari, pedagog va metodistlari ishtirok etib, o'zaro fikr, tajriba almashishdi.

Trenerlarning mavzuga doir qiziqarli ma'lumotlari yig'ilganlarda iliq tasssurotlar qoldirdi.

🏞Ko'proq foto👉bu yerda

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YOZGI TA’TILNI KITOB BILAN MAROQLI O‘TKAZING!

⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi yozgi ta’tilda har bir o‘quvchi o‘qishi lozim bo‘lgan kerakli kitoblarni tavsiya etadi.

🔖Har bir kitobxon o‘qishi lozim bo‘lgan kitoblar ro‘yxati:

📘 "O‘tkan kunlar"
📗"Kecha va kunduz"
📕 "Otamdan qolgan dalalar"
📔 "Mehrobdan chayon"
📘 "Ulug‘bek xazinasi"
📔 "Yulduzli tunlar"
📕 "Chinor"
📗 "Farg‘ona tong otguncha"
📓 "Navoiy"
📒"Shum bola"
📗 "Ko‘hna dunyo"

🖥Ushbu ro‘yxat Respublika bolalar kutubxonasining www.kitob.uz saytidagi mavjud adabiyotlar asosida shakllantirildi.

❗️Kitob.uz da sizlar uchun o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlaridan tashkil topgan 1000 dan ziyod audiokitoblar va 3000 dan ortiq elektron kitoblar joylashtirilgan.

📝 Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
🟩🟩🟩🟩🟩

Abituriyentlar diqqatiga. UMFT universitetida 2023-2024-o'quv yili uchun qabul davom etmoqda.

✔️ Nima uchun aynan UMFT?

100% lik davlat grantlari
Iqtidorli talabalar uchun 75% gacha grantlar
Davlat universitetlari namunasidagi diplom
Xalqaro sertifikatlar olish imkoniyati

Bakalavriat yo'nalishlari:
▫️ Dasturiy injiniring
▫️ Infokommunikatsiya injiniringi (Telekommunikatsiya injiniringi)
▫️ Raqamli iqtisodiyot
▫️ Moliya va moliyaviy texnologiyalar
▫️ Pedagogika va psixologiya

Magistratura yo'nalishlari:
▫️ Raqamli iqtisodiyot
▫️ Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
▫️ Telekommunikatsiya injiniringi

Ta'lim tili: o'zbek, rus.
Ta'lim shakli: kunduzgi, sirtqi.
Qabul imtihoni shakli: onlayn, oflayn

Hech qanday FIRMA TO'LOVISIZ, universitet veb-sayti orqali hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.

📩 Hujjat topshirish uchun ilova https://admit.umft.uz/

☎️ Telefon +998555068888
📩 Murojaat uchun: @umft_support
🌐 Veb-sayt: umft.uz

📷 Instagram 🎬YouTube 🔵 Facebook 🚀 Telegram
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Denov tumanidagi 48-davlat maktabgacha ta‘lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshlamaganligi yuzasidan tarqalgan xabar bo‘yicha quyidagilarni ma‘lum qilamiz:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-sonli qaroriga asosan Denov tumanidan qurilishi rejalashtirilgan davlat maktabgacha ta‘lim tashkiloti uchun Surxondaryo viloyati hokimining 2022-yil 31-yanvardagi 90-8-0-Q/22-sonli qaroriga asosan Denov tumanining "Qizilgul" mahallasi hududidan yer maydoni ajratilgan.

Yer ajratilgandan so‘ng Denov tumani hokimi tomonidan binoni "Surxondiyor" mahallasi hududidan qurish tavsiya etilgan.

So'ngra Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi injenering" kompaniyasi buyurtmasiga asosan "Marmar" xususiy korxonasi tomonidan Denov tumanining "Surxondiyor" mahallasi hududidan 4 milliard 987 million so‘m mablag‘ evaziga 48-davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti 2022-yil yakuniga qadar qurib bitkazilgan.

Bog‘chani "Surxondiyor" mahallasidan qurish uchun hokim qarori va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmaganligi bois hozirda bog‘cha faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan.

Yuqoridagi tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so'ng 48-davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti o'z faoliyatini boshlashi ko'zda tutilgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Call_markaz

Bu yil farzandim 1-sinfga chiqadi. Mikro-hudud doirasida ariza topshirayotgan vaqtda taʼlim tilini tanlashda xato qilibman. Endi arizamni qanday tahrirlasam bo‘ladi?

Bunday holatda siz hujjat topshirgan maktabingizga borishingiz va ariza maktab tomonidan rad etilishi lozim. Shundan keyin moderatorlar tomonidan ariza tizimdan ham o‘chiriladi. So‘ngra maʼlumotlarni qaytadan mikro-hudud doirasida ariza topshirishingiz mumkin bo‘ladi.

Navoiy viloyatida doimiy ro‘yxatda turaman. Ayni vaqtda Toshkent shahrida istiqomat qilmoqdamiz. Farzandimning hujjatlarini yashash joyimga yaqin maktabga topshirmoqchiman. Ammo, tizimda Toshkent shahridagi maktabni belgilashni imkoni bo‘lmayapti. Bunday holatda qanday yo‘l tutish kerak?

my.maktab.uz tizimidagi maʼlumotlar IIV bazasi bilan bog‘langan va talabgorlar doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan joylariga biriktirilgan mikro-hudud doirasida ariza topshira oladilar. Shu bois, siz Toshkent shahrida yashash joyingiz bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tib, so‘ngra ariza topshirishingiz mumkin.

Shuningdek, o‘quvchi o‘rni, pedagog kadrlar bilan taʼminlanganligi, sinf xonalarining yetarli o‘quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, umumtaʼlim maktablarining bo‘sh o‘rinlariga mikro-hududdan tashqari qo‘shimcha bolalar qabul qilinishi mumkin.

Shunga ko‘ra, 1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida joylashgan maktabning 1-sinfiga, agar ularda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lsa, farzandingizni qabul qilish bo‘yicha ariza yuborishingiz mumkin.

Ariza topshirayotgan vaqtda arizamning navbatini noto‘g‘ri tanlabman. Ariza navbatini qanday tahrirlasam bo‘ladi?

Bunday holatda ariza dastlab maktab tomonidan rad etilishi lozim. Shundan so‘ngra Siz qaytadan ariza navbatini tanlashingiz mumkin.

❗️Shu o'rinda ota-onalardan ariza topshirayotgan vaqtda e'tiborli bo'lishni va barcha ma'lumotlarning to'g'ri to'ldirilayotganini tekshirishlarini so'raymiz.