Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
47K subscribers
32.5K photos
3.24K videos
97 files
10.6K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
"MA'RIFAT KARVONI" - SURXONDARYODA

📚 Bugun Termiz shahridagi 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Oliy majlis huzuridagi jamoat fondi, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Bolalar sporti” gazetasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Ma’rifat karvoni” loyihasining taqdimoti bo’lib o‘tdi.

Ushbu loyihaning maqsadi eng olis hududlardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini mobil kutubxona va sport anjomlari bilan ta’minlashdir.

🔸Loyiha doirasida viloyatimizning Bandixon, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Sherobod, Uzun va Muzrabot tumanlaridagi 6 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlariga “Ma’rifat karvoni” loyihasining mobil kutubxonalari va sertifikatlar topshirildi.

🔷 "MA'RIFAT KARVONI" loyihasi Surxondaryo viloyati bo'ylab davom etadi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍2
🔰O'QUVCHILARNI KASBGA O'RGATISH BO'YICHA JARQO'RG'ON TAJRIBASI AMALDA

Bugun Jarqo'rg'on tumanidagi 36-sonli umumta'lim maktabida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev boshchiligida tumandagi barcha umumta'lim maktablari direktorlari ishtirokida ikkinchi xorijiy til va bitta kasbga o'rgatish bo'yicha ko'rgazmali amaliy seminar bo'lib o'tdi.

🔻Seminar ishtirokchilari maktabda ikkinchi xorijiy til (koreys tili) va bitta kasb (tikuvchilik, erkaklar sartaroshi, qandolatchilik va quyonchilik)ga o'qitish bo'yicha tashkil etilgan xonalar bilan tanishib, shu kasblar bo'yicha o'tkazilayotgan to'garak mashg'ulotlarida ishtirok etishdi.

❗️Shuningdek, ikkinchi xorijiy til va bitta kasbga o'rgatish bo'yicha 36-maktab tajribasini tumandagi boshqa umumta'lim maktablariga tadbiq etish bo'yicha topshiriqlar berildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍2
#Sport

Shaxmat aql gimnastikasi bo‘lib, mantiq va e’tiborni charxlaydi va bolalikdan odamning xarakterini tarbiyalaydi.

🔰Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi "Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommalashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi" PQ-4954 sonli qarori ijrosi ta'minlash maqsadida davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "Shaxmat kunlari"ni tashkil etish belgilangan.

Shu munosabat bilan, bugun Termiz shahridagi 17- va 26-sonli DMTTlarida tarbiyalanuvchilar oʻrtasida shaxmat musobaqalari tashkil etildi.

🏆 Musobaqa yakunida bolajonlar maqtov yorliqlari bilan taqdirlandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1🔥1