Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
48.2K subscribers
32.3K photos
3.2K videos
97 files
10.5K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ ЙЎЛИДА

Ўзбекистонда “Болалар таълими ва овқатланиши учун МакГоверн-Доул халқаро озиқ-овқат дастури” доирасида Ўзбекистондаги Меҳрибонлик Корпуси Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳузуридаги Мактабгача таълим агентлиги билан ҳамкорликда Сурхондарё вилоятининг Жарқўрғон, Шўрчи ва Қумқўрғон туманларидаги 28 та мақсадли давлат мактабгача таълим ташкилотларида Китоб бурчаклари ташкил этиш ишлари олиб борилди. Дастур доирасида МТТда китоб бурчаклари ташкил этиш учун ташкилот томонидан гилам, ёстиқчалар, 2 тадан китоб жавонлари ҳамда 77 турдаги китоблар тақдим этилди.

Тўлиқ мақолани ўқиш 👉 https://diyor24.uz/33523

Тўлиқ видеони кўриш 👉 https://youtu.be/-xBCCff4hjE

Diyor24.uz расмий канали👇

You tube | Telegram | Facebook | Instagram
🔰 TA’LIM SIFATINI OSHIRISH YO'LIDA

Maktabgacha yoshdagi bolalarda kitob mutolaasi madaniyatini, kitobga mehrini oshirish ta'lim darajasini yuksaltirish, har tomonlama barkamol va muvaffaqiyatli shaxsni shakllantirish bilan bevosita bog'liqdir.

🔷 Ayni shu vazifalar natijasi o'laroq, O'zbekistonda “Bolalar ta'limi va ovqatlanishi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi” doirasida O'zbekistondagi Mehribonlik Korpusi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatining Jarqo'rg'on, Sho'rchi va Qumqo'rg'on tumanlaridagi 28 ta maqsadli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida Kitob burchaklari tashkil etish ishlari olib borildi.

📚 Dastur doirasida MTTda kitob burchaklari tashkil etish uchun tashkilot tomonidan gilam, yostiqchalar, 2 tadan kitob javonlari hamda 77 turdagi kitoblar taqdim etildi. Kitob burchagidagi kitoblar va didaktik materiallari o'zbek va dunyo xalqlari va zamonaviy ertaklar, hamda bolalarning ilk yoshidan savodxonligini shakllantirish uchun alifbo va matematik misollar, idrok malakalarni rivojlantiruvchi kitoblarni o'z ichiga olgan.

❗️O'zbekistondagi Mehribonlik korpusi va Maktabgacha ta'lim agentligi bilan hamkorlikda pedagoglar salohiyatini oshirish uchun murabbiylik dasturi bo'yicha davlat ta'lim tashkiloti ma'muriyati bilan hamkorlikni davom ettirishni va bolalar uchun kitobxonlikni targ'ib qilish bo'yicha tanlov hamda tadbirlarni o'tkazishni, yana bir qancha DMTTlarda ham shunday kitob burchaklarini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Bizni kuzatib boring 🔽
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍1
Nimaga aynan IT sohasini tanlash kerak?

Sohaning afzalliklari nimada? Bugun IT sohasining mutaxassislari eng ko'p haq to'lanadigan kasb egalari sanaladi.

Shu va sohaga oid boshqa savollar bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida “Maktab bitiruvchilari uchun IT universitetlar va imkoniyatlar” mavzusida o'tkazilgan onlayn muloqot davomida keng muhokama etildi.

Unda yurtimizdagi IT sohasida kadrlar tayyorlovchi qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o'z oliygohlarining mavjud imkoniyatlari haqida so'zlab berdi.

Ochiq muloqot translyatsiyasini ushbu havolada ko'rishingiz mumkin.

Batafsil:👉 https://uzedu.uz/uz/news/1005

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍1