Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
62.4K subscribers
27.6K photos
2.59K videos
91 files
8.9K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda "Опен бюджетга овоз йиғиш ўқитувчига қолдими ёки мажбурий меҳнат?" sarlavhasi ostida videolavhalar tarqalganligi yuzasidan ishchi guruhi tuzilib, hozirda o'rganish ishlari olib borilmoqda.

❗️O'rganish natijalari bo'yicha batafsil ma'lumot beriladi.

🖊Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

🌐Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy
sahifalari ⬇️⬇️⬇️

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Президент Шавкат Мирзиёев давлат мулкини хусусийлаштириш ишларининг ижроси ва бу борада жорий йилги режалар муҳокамаси юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание, на котором обсуждены ход приватизации государственного имущества и планы на текущий год.

#Mirziyoyev #yigilish #davlataktivlari #xususiylashtirish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Surxondaryo_viloyati_MMTB
#Oltinsoy_tumani

🔰TA'LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH VA BU BORADA AMALGA OSHIRILISHI LOZIM BO'LGAN VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev tomonidan Oltinsoy tumanidagi umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

❗️Uchrashuvda Oltinsoy tumanida ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, sohada mavjud kamchiliklar muhokama qilindi.

Shundan so'ng, tumandagi 19-sonli umumta'lim maktabi faoliyati o'rganilib, mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

🌐 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy sahifalari ⬇️⬇️⬇️

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Vazir Hilola UMАROVА: "Halol maktab direktorining faoliyatiga hech kim toʼsqinlik qilishiga yoʼl qoʼymaymiz”

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Sirdaryo viloyatining 300 dan ortiq maktab direktorlari bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolar va rejalar bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvda bugungi kun zamonaviy maktab rahbari oldidagi vazifalar haqida soʼz bordi:

“Direktorlar meni eng koʼp oʼylantiradigan, taʼlimdagi ogʼriqli nuqtalardan biri. Koʼp yillar maktabda direktor boʼlganim uchun bu lavozimning mashaqqatini bilaman. Taʼlimda faqat sizlar bilan oʼzgarish qila olishimiz mumkin.

Har biringizdan birinchi navbatda halollik talab qilaman. Halol boʼlmagan insonga taʼlimda oʼrin boʼlishi mumkin emas. Halol maktab direktorining faoliyatiga hech kim toʼsqinlik qilishiga yoʼl qoʼymayman. Direktor halol boʼlsa, uning yonida men turaman!

Siz bilan biz oʼqituvchilarning jamiyatdagi obroʼ va nufuzini yuksaltirishimiz kerak. Bugun nima uchun istagan ota-ona maktabga kelib, oʼqituvchiga gapirishga haddi sigʼyapti? Oʼz hurmatini, qadr-qimmatini bilgan oʼqituvchiga hech kim ortiqcha gapirishga haddi sigʼmaydi. Oʼqituvchilarning nufuzini koʼtarish esa siz-u bizning vazifamiz. Maktabga zamonaviy direktor rahbarlik qilsa, buni ota-ona ham sezadi. Shu bois lavozimingizni suiisteʼmol qilmagan holda maktabingizda taʼlim sifatini koʼtarishga oʼzingiz harakat qiling.

Viloyatda 325 ta maktab bor. Bu degani, shuncha rahbar va bir-biridan farq qiluvchi shuncha muhit degani. Shunday maktablar borki, infratuzilmasi yaxshi emas, lekin u yerdagi muhitni birorta zamonaviy maktabdan topa olmaysiz.

Yangilikni oʼzimizdan boshlashimiz kerak. Biz esa vazirlik jamoasi bilan birgalikda sizlar bilan yelkama-yelka ishlaymiz.

Biz bir kemadamiz - ziyolilar kemasida. Bu tizimda muammo boʼlmasligi uchun oʼz ustimizda tinimsiz ishlashimiz lozim.

Ishimiz ham, jamoamiz ham oilamiz, har ikkisi tinch boʼlsa, koʼnglimiz xotirjam boʼladi. Shunday ekan, barchamizga doimo oiladan oilaga yorugʼ yuz bilan borish nasib qilsin”, -
deydi Hilola Umarova.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT! E’LON!

📣Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i va fan metodistlari uchun tanlov e'lon qilinаdi!

👉 Mazkur tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: https://ish.uzedu.uz

Tanlov ikki bosqichda - test va suhbat asosida bo‘lib o‘tadi.

❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan mazkur tanlovga hujjat topshirish bo‘yicha video-yo‘riqnoma tayyorlandi.

Unda siz https://ish.uzedu.uz orqali hujjat topshirish bo'yicha batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Shoshiling!

📆 Ro'yxatdan o'tish  6-aprelgacha davom etadi