Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
63K subscribers
28K photos
2.64K videos
91 files
9.04K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Андижон вилоятига ташрифи Бўстон туманидан бошланди. Бу ерда давлат раҳбари “Сайёра фаввораси” масъулияти чекланган жамияти томонидан ишга туширилган тўқимачилик корхонаси билан танишди.

Поездка Президента Шавката Мирзиёева в Андижанскую область началась с Бустанского района. Здесь глава государства ознакомился с текстильным предприятием общества с ограниченной ответственностью «Сайёра фаввораси».

#Mirziyoyev #safar #Andijon #korxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Давлатимиз раҳбари Андижон туманидаги 55-умумтаълим мактабига ташриф буюрди.

Глава государства посетил общеобразовательную школу №55 в Андижанском районе.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
8-,9-,10-sinf o‘quvchilari bilan olib borilgan tajriba-sinov test imtihonlari natijalari ko‘rib chiqildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamkorligida olib borilayotgan “O‘zbekistonda Yaponiya uslubidagi akademik yutuqlar test modelini joriy etish” loyihasining 3-bosqich yakunlari ko‘rib chiqildi.

Tadbirda JICA tashkilotining O‘zbekistondagi va Yaponiyadagi vakillari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tegishli departament boshliqlari, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rahbariyati va Respublika taʼlim markazi ishtirok etdi.

Ushbu tadbir davomida Yaponiyaning KEI Advansed Ins. (loyiha koordinatori) hamda Hapiral Solutions (loyihada imtihon savollarini yaratuvchi va imtihonlarni o‘tkazuvchi) tashkiloti vakillari 2 yil mobaynida olib borilgan ishlar, loyiha doirasida tanlab olingan umumtaʼlim va xususiy maktablarning 8-,9-,10-sinf o‘quvchilari bilan olib borilgan tajriba-sinov test imtihonlari natijalarini vazirlik xodimlariga taqdim etishdi.

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Energetika vazirligi: 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi

Xabar berganimizdek, sovuq kunlarda tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish uchun avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Bugungi kunda gaz quvurlarida bosimning meʼyorga kelishi natijasida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan bir maromda taʼminlash imkoni yaratilmoqda.

Shu sababli, joriy yil 2-fevraldan boshlab mahalliy hokimliklar tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

AGTKSHlarning faoliyat yuritish vaqti hududlar sharoitidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan tarzda amalga oshiriladi.

Hurmatli vatandoshlar! AGTKSHlar faoliyatidagi vaqt cheklovlari gaz quvurlarida bosimning ko‘tarilib borishiga mos ravishda o‘zgartirib boriladi.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️
@minenergy_uz
19-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI START OLDI

🔹 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasi 1-10-fevral kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan masofaviy (onlayn) tarzda bo’lib o’tadi.

🔹Har yili Olma-ota shahridagi fizika-matematika milliy maktabida o‘tkazilib kelinayotgan mazkur olimpiadada joriy yil Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Tojikiston, Ukraina, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Hindiston, Eron, Qirg'iziston, Norvegiya, Serbiya, Turkmaniston, Vetman, Turkiya kabi dunyoning 20 dan ortiq davlatidan 1200 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda.

Olimpiadada ishtirok etish uchun O’zbekistondan jami 95 nafar o’quvchi ro’yxatdan o’tgan.

Olimpiadaning ochilish marosimini quyidagi havola orqali kuzatish mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=V6sFji33UWA