Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
45.1K subscribers
33K photos
3.3K videos
100 files
10.8K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from Rustam Karimjonov
💻💼O‘zbekistonda Freelancing sohada ish faoliyatini rasman olib boradiganlar soni 40 mingdan ziyod ekan. (norasmiylari bilan 100 mingga borsa kerak?)

AKT vazirligi qoshidagi Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi tomonidan O‘zbekistonda Freelance sohasiga qiziquvchi yoshlarga amaliy ko‘mak berish maqsadida ➡️ https://t.iss.one/freelanceuzofficial telegram kanali ishga tushirilibdi.

Freelancing sohasida ish faoliyatingizni olib borishni maqsad qilib, biroq nimadan boshlashni bilmasangiz yoki frilancerlik faoliyatingizda Siz xohlagan natijaga erisha olmayotgan bo‘lsangiz, shuningdek ushbu sohada yuqori daromad topib muvaffaqiyat qozonmoqchi bo‘lsangiz albatta mazkur telegram kanalga obuna bo‘ling va ushbu sohada professional mutaxassis bo‘lishingiz uchun birinchi qadamni qo‘ying.

https://t.iss.one/rkarimjonov 🇺🇿
👍1
Forwarded from Rustam Karimjonov
🇺🇿🇺🇸Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasida AKT va ta'lim sohasida hamkorlik.

Joriy yilning iyun oyi oxirida AKTni rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov boshchiliklarida Oʻzbekiston delegatsiyasi AQShda (Nyu-York, Vashington, San-Fransisko) bo‘ldi.

Tashrif doirasida yetakchi IT korporatsiyalari - Apple, Coursera, EPAM Systems, Plug and Play Tech Center, Mastercard, Visa, Zipline, Reface Fund, hamda AQSH hukumati tashkilotlari - Birlashgan Millatlar Tashkiloti, AQSH Davlat Departamenti, Jahon banki, USAID, AQSh Savdo Sanoat palatasi va boshqalar bilan bir qator muhim uchrashuvlar o‘tkazildi.

Delegatsiya a’zosi boʻlgan Xalq ta’limi vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov ta’lim tizimini raqamlashtirishga oid muzokaralarda ishtirok etdi.

Tashrif va muzokaralarning asosiy maqsadi - Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasida AKT hamda ta'lim yo'nalishidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda yaqin kelajakda AKT xizmatlari eksporti hajmini $1 mlrd. AQSH dollariga yetkazishdir.

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida AKT va ta'lim sohasida hamkorlikni yaxshilash hamda AKT eksport hajmini oshirish borasida savollaringiz va/yoki takliflaringiz bo‘lsa izohlarda fikringizni yozib qoldiring.🔽

https://t.iss.one/rkarimjonov 🇺🇿
👍2
🔷 DENOV TUMANIDA YANGI O‘QUV YILIDA YAGONA MAKTAB FORMASI BILAN TA’MINLASH CHORALARI KO‘RILMOQDA

🔸 Denov tumanida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kiyinish madaniyati va tartib intizomiga amal qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-maydagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 271-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bugun 5-iyul kuni Denov tuman hokimining o‘rinbosari I.Temirov, Denov tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Ch.Xaydarovlar “Denov baraka chevarlari” xususiy korxonasi hamda “Gulnora” xususiy korxonalariga tashrif buyurib, tayyorlanayotgan maktab formalari sifati bilan tanishdilar...

⚡️ БАТАФСИЛ МАЪЛУМОТ:

Denov tuman xalq ta'limi bo'limi
matbuot xizmati

I
Facebook I Telegram I
👍2
“Янги Ўзбекистон Конституцияси - менинг Конституциям” мавзусида йиғилиш бўлиб ўтди

Сурхондарё вилояти Халқ таълими бошқармаси бошлиғи
С. Хамидова раҳбарлигида Жарқўрғон, Термиз, Қумқўрғон ва Шўрчи туманлари халқ таълим бўлими масъуллари ва мактаб директорлари иштирокида Ўзбекистон Республикасининг Конституциявий қонуни лойиҳасининг умумхалқ муҳокамасига бағишланган йиғилиш бўлиб ўтди.

БАТАФСИЛ:

Сурхондарё вилояти Халқ таълими бошқармаси Ахборот хизмати
👍1
Сурхондарё вилояти Халқ таълими бошқармаси бошлиғи томонидан "Конституциявий қонун лойиҳаси" бўйича тарғибот тушунтириш ишлари олиб борилди.

Жорий йилнинг 4 июль Сурхондарё вилояти халқ таълими бошқармаси бошлиғи С.Я.Хамидова Шеробод тумани маданият уйида Шеробод ва Бойсун туманлари Халқ таълими бўлими мудирлари ва мактаб директорлари иштирокида йиғилиш ўтказди.

Дастлаб Конституцияга ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш бўйича таклифлар ҳақида бошқарма бошлиғи С.Хамидова маъруза қилди.

Мулоқотда иштирокчиларнинг фикр-мулоҳазалари тингланиб, мазкур жараёнларни аҳолига етказишда жонбозлик кўрсатишга чақирилди.

Йиғилиш якунида янги ўқув йилида таълим сифатини ошириш юзасидан аниқ мақсад ва вазифалар белгилаб олинди.

Сурхондарё вилояти Халқ таълими бошқармасининг расмий саҳифаларига уланиш:
Telegram | Facebook | You Tube | Web sayt
👍1