Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.1K subscribers
31.9K photos
3.14K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Hududlarga_tashrif

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Muhriddin Normurodov Sherobod tumaniga tashrifi davomida tumandagi bir qator umumta’lim maktablarida 2025–2026-o‘quv yiliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

Tashrif doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi:

🔹 Ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash holati
🔹 Darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanish darajasi
🔹 Yozgi ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari
🔹 Sinfxonalar, kutubxonalar, sport zallari hamda tabiiy fanlarga mo‘ljallangan laboratoriyalarning amaldagi holati


Tashrif davomida har bir ta’lim muassasasida mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yangi o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🥰1👏1🎉1🏆1
#qabul_2025

2025-2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga elektron qabul joriy etilgan hududlarda mikrohududdan tashqari qabul jarayoni joriy yil 1-avgust kuni soat 10:00 dan boshlanadi.

Shuningdek, o'quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishi jarayonlari ham 1-avgust sanasidan davom ettiriladi.

Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki telegramdagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali javob olishingiz mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1🎉1💯1
Yonma-yon kelgan undoshlardan biri tushirilganda yangi ma’no hosil bo‘ladigan so‘zlar qatorini belgilang.
Anonymous Quiz
54%
cho‘qqi, tilla
23%
qattiq, katta
14%
pochcha, tayyor
8%
achchiq, kalla
2🔥1👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#видеоқўлланма

1-sinfga elektron qabul joriy etilgan hududlarda mikrohududdan tashqari qabul jarayoniga doir videoqo‘llanma

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰1💯1
📖“InfoTeach — 2025” respublika forumi bo‘lib o‘tdi

Poytaxtda informatika fani o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan “InfoTeach — 2025” respublika forumi qizg‘in kechdi. Uch kun davom etgan ushbu nufuzli anjumanda O‘zbekistonning barcha hududlaridan tashrif buyurgan yuqori malakali 210 nafar informatika o‘qituvchilari ishtirok etdi. Forumni Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov ochib berishdi.

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi AKTni joriy etish va raqamlashtirish sho'basi mutaxassislari hamda bir guruh informatika fani o‘qituvchilari ham mazkur forumda faol ishtirok etib, mintaqadagi raqamli ta’limni yanada rivojlantirish, informatika fani o‘qituvchilarining salohiyatini oshirish borasidagi ilg‘or tajriba va yondashuvlarni o‘rgandilar.


👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1🎉1💯1
📖Hududlararo tajriba almashinuvi: Qashqadaryolik bogʻcha rahbarlari Surxondaryoda

🫥Bugun Qashqadaryo viloyatining bir guruh maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari tajriba almashish va amaliyot bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida mehmonlar Termiz shahridagi 16- va 24-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bo‘lishib, bu yerda yaratilgan sharoitlar, bolalar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy-mashg‘ulot ishlari, zamonaviy yondashuvlar hamda innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.

Ushbu uchrashuv davomida maktabgacha taʼlim tizimidagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish, hududlar oʻrtasida samarali muloqotni kuchaytirish, tashkiliy-uslubiy ishlarni takomillashtirishga qaratilgan konstruktiv fikr almashuvlar va amaliy kuzatuvlar oʻtkazildi.

Bunday tashriflar maktabgacha taʼlim tizimida sifatni oshirish, professional taraqqiyotga ko‘maklashish va hududlararo o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰2🔥1🎉1💯1