Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Sherzod Karimov Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida tashkiliy masalaga doir yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimlari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova hamda vazirlik mutasaddilari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori oʻqib eshittirildi. Unga koʻra hozirga qadar Vazirlar Mahkamasi “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamenti Yoshlar siyosati, maktabgacha va maktab taʼlimi, sogʻliqni saqlash va maʼnaviyat masalalari boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan Karimov Sherzod Abdurasulovich Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlanganligi maʼlum qilindi.

Sherzod Karimov uzoq yillar davomida taʼlim tizimida, xususan, 2018-2024-yillarda Vazirlar Mahkamasining taʼlim va ijtimoiy yoʻnalishlariga doir qator masʼul lavozimlarda ishlagan.

Yigʻilish soʻnggida vazirlik jamoasi Sherzod Karimovga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥1🥰1👏1🎉1🕊1
#live

📖Surxondaryoda "Jadidlar izidan" respublika tanlovining tuman, shahar bosqichlariga start berildi

📰Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida “Jadidlar izidan” respublika tanlovi tashkil etildi. Bugun Surxondaryo viloyatida ushbu tanlovning tuman shahar bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.

🔔Tanlov 2 ta sinf toifasi: 6-7-8- hamda 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida oktabr-noyabr oylarida bo‘lib o‘tadi.

Ma'lumot uchun, respublika miqyosida eng ko‘p 67 ming 551 nafar surxondaryolik o‘quvchilar ushbu tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishgan.

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram 📺You tube
🕊Twitter       Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🎉2👏1👌1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

📖Surxondaryoda "Jadidlar izidan" respublika tanlovining tuman, shahar bosqichiga start berildi

Ma'lumot uchun, respublika miqyosida eng ko‘p 67 ming 551 nafar surxondaryolik o‘quvchilar ushbu tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishgan.

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram 📺You tube
🕊Twitter       Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👏1🎉1🤩1🕊1
📖Chegaraoldi hududdagi maktablar faoliyati bilan tanishildi

📰Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev hududlarga tashrifi davomida Muzrabot tumanining chegaraoldi, chekka hududida joylashgan 22-, 29-sonli umumta'lim maktablarida bo'ldi.

🚪Manzildagi o'rganishlar davomida ta'lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, bino, moddiy-texnik baza holati, obodonlashtirish jarayonlari va tizimga oid hujjatlarning yuritilishi va boshqalar ko‘zdan kechirildi.

Tanaffus davomida maktab o‘quvchilari bilan bo‘lgan suhbat mobaynida boshqarma boshlig‘i o‘g‘il-qizlarning kelgusida mukammal ta'lim-tarbiyani egallashlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar berib o‘tdi.

📂O‘rganish davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan maktab mas'ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

👆Ma'lumot uchun, bugungi kunda Muzrabot tumanida 57 ta umumta'lim maktabi va 23 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram 📺You tube
🕊Twitter       Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81👏1🎉1👌1🕊1