Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy
55.3K subscribers
28.2K photos
2.67K videos
91 files
9.11K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Bojxona institutida tahsil olib, bojxonachi kasbini egallash istagida boʻlgan yoshlar
D I Q Q A T I G A ! ! !


Bojxona instituti – oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasasi hisoblanib, oʻqishga (kunduzgi) qabul qilinganlar, kursant maqomida,
4 yil davomida bepul formali kiyim-bosh, oziq-ovqat taʼminoti hamda yotoqxona bilan taʼminlanadilar
.

Bojxona institutini muvaffaqiyatli tamomlagan kurstantlarga iqtisodchi va yurisprudensiya mutaxassisligi, shuningdek bojxona xizmati leytenanti unvoni beriladi, toʻgʻridan-toʻgʻri bojxona organlarining tarkibiy tuzilmalariga xizmatga taqsimlanadilar.

Bojxona instituti bakalavriatida tahsil olib, bojxonachi kasbini egallab, Oʻzbekiston Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilish istagida boʻlgan 17 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan yoshlar, 2025-yilning 1-yanvaridan boshlab, yashash, oʻqish, xizmat (harbiy xizmatdagilar), ish joylari hududida joylashga bojxona boshqarmalariga murojaat etishlari mumkin.

Bojxona instituti hamda institut bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi va tanlov shartlari boʻyicha batafsil:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.11.2018-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3995-son qarori;

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.04.2019-yildagi 365-son qarori 1-ilovasi;

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.10.2021-yildagi 655-son qarorlarida belgilangan talablarni oʻqib chiqib tanishishlari mumkin.

Shuningdek, nomzodlar yashash, oʻqish, xizmat (harbiy xizmatdagilar), ish joylari hududida joylashgan bojxona boshqarmalarining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish tuzilmalari xodimlari bilan bogʻlanishlari mumkin.

Hududiy boshqarmalarning ishonch telefoni raqamlari, internet tarmogʻidagi Bojxona organlarining rasmiy sayti (https://customs.uz/) – “Hududiy boshqarmalar” sahifasiga joylashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Forwarded from ZAMON | RASMIY
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
12:00  04.10.2024

TADBIRKOR O'ZI O'QIGAN MAKTABGA YANGI BINO QURIB BERDI

#Surxondaryo

muxbir: Bekzod Qodirov

https://t.iss.one/zamon_lavhalar
📣E'LON

🖥SURXONDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI!

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 6-sentabrdagi 297-sonli buyrug'iga asosan Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi "vakant" bo'lib turgan quyidagi lavozimlar uchun tanlov e'lon qilаdi:

➡️Pedagogika va psixologiya o‘qituvchisi
➡️Ingliz tili fani o‘qituvchisi
➡️Axborot resurs markazi bosh mutaxassisi (kutubxonachi)

✔️ Vakant lavozimlarga pedagogika fanlari yo'nalishi bo'yicha oliy maʼlumotli (bakalavr, magistr) nomzodlar
✔️ ta’limning zamonaviy metodikalarini bilishi;
✔️uch yildan kam bo'lmagan pedagogik ish stajiga ega bo'lishlari talab etiladi.

⌛️ Hujjatlar 2024-yilning 31-oktabrigacha qabul qilinadi.

📞Murojaat uchun telefon:
📱+998(99) 744-51-05
➡️Raimnazarov Hasan Ko‘charovich


Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati 👇👇👇

Telegram|Facebook|Website|Youtube
#tanlov

“Til va adabiyot ta’limi” jurnali “Yilning eng yaxshi materiali” tanlovini e’lon qiladi!

Tanlov yo‘nalishlari:
1. “Eng yaxshi maqola”
2. “Eng yaxshi dars ishlanma”.
3. “Eng yaxshi metodik tavsiya”.
4. “Eng yaxshi asar tahlili” (darsliklar asosida).

Tanlov g‘oliblari noutbuk, planshet, mobil telefon kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovga materiallar o‘zbek, rus yoki ingliz tilida shu yilning 10-dekabrigacha @MaqolaTanlovBot orqali qabul qilinadi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2025-yil yanvar oyida o‘tkaziladi. Eng yaxshi materiallar jurnal sahifalarida chop etiladi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
#Seminar_trening
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan AQSHning Mehribonlik korpusi (Mercy Corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda maktabgacha ta'lim tashkilotlari metodistlari uchun treninglar tashkil etildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidan 24 nafar metodist ishtirok etmoqda.

Mazkur tadbir “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish” mavzusiga bag'ishlangan.

📍 Jarayonlar 6 kun davom etadi, unda qatnashgan trenerlar kelgusida 128 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlariga kaskad usulida o'z bilimlarini hamkasblari bilan o‘rtoqlashishadi.

Trening mashg‘ulotlari davomida pedagoglar yangi pedagogik usullar, bolalarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib, ta’lim berishning innovatsion yondashuvlari bilan tanishishlari maqsad qilingan.

🔴 Ayni damda amaliy mashg‘ulotlar doirasida bolalarning o‘qish, yozish, muloqot qilish ko‘nikmalari hamda ratsional ovqatlanish, sog‘lom turmush tarziga oid bilimlarini rivojlantirish haqida so‘z yuritilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuter qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar qanday nomlanadi?
Anonymous Quiz
10%
Arxivator
14%
Translyator
60%
Drayver
17%
Yuklovchi
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️ Tez kunlarda - “Jadidlar izidan” loyihasiga start beriladi

🌀 Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovi tashkil etiladi.

☝️ Tanlov 2 ta sinf toifasi 6-7-8- hamda 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida oktabr-noyabr oylarida bo‘lib o‘tadi.

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bosqichma-bosqich “Jadidlar izidan” klublari tashkil etiladi.

🥇 Respublika bosqichida eng yuqori ball to‘plagan 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi ✈️

📎 Nizom bilan tanishing

📎 Adabiyotlar ro‘yxati

➡️ Tanlovda ishtirok etish uchun 25-oktabr kuniga qadar quyidagi havolalar orqali ro‘yxatdan o‘ting!

➡️ https://jadidlarizidan.uz/6-7-8-sinflar.html

➡️ https://jadidlarizidan.uz/9-10-sinflar.html

📣 Batafsil ma’lumotlarni @jadidlarizidanuz telegram kanalida kuzatib boring!

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM