Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
46.7K subscribers
32.6K photos
3.24K videos
97 files
10.6K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Surxondaryolik ta'lim jonkuyarlarining sohadagi xizmatlari e'tirof etildi

📈"1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bugun Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida tadbir tashkil etildi. Unda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ishtirok etib, barcha aziz ustoz va murabbiylarni bayram bilan qutladi.

🔔Shundan so‘ng ta'lim jonkuyarlarining 13 nafariga "Xalq ta'limi fidoyisi" hamda 39 nafariga "Xalq ta'limi a'lochisi" ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.


➡️Xususan, boshqarma boshlig‘i Xusniddin Mamadiyevning ham sohadagi fidokorligi inobatga olinib, "Xalq ta'limi a'lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Barcha ko‘krak nishoni egalari, ta'lim tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlar va albatta qadrli ustoz-u murabbiylarni bayram bilan qutlaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🥰2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Surxondaryolik ta'lim jonkuyarlarining sohadagi xizmatlari e'tirof etildi

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥3🥰1🎉1🕊1
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍4🕊1
⚡️Sherobodlik faxriy pedagoglar holidan xabar olindi

📈"1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan ta'lim sohasida uzoq yillar fidokorona, samarali mehnat qilgan, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan faxriy pedagoglar holidan xabar olindi.

➡️Shuningdek, ustozlarga hurmatli Prezidentimiz tomonidan maktabgacha va maktab ta'limi tizimida olib borilayotgan islohatlar hamda viloyatimizning yutuqlari haqida ma'sullar tomonidan ma'lumotlar berildi.

🔔Shu o‘rinda faxriy ustozlarimiz bugungi kunda zamonamiz tinchligi, muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat natijasida ta'limda katta yutuqlarga erishilayotgani uchun davlatimiz rahbariga chuqur minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar.

✔️Ushbu uchrashuvlar davomida Prezidentimizning o‘qituvchi va murabbiylarga yo‘llagan bayram tabriklari o‘qib eshittirildi hamda ustozlarimizga viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomalari, bayram sovg‘alari yetkazildi.


#faxriyustozlar #1oktabr

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍131🔥1👏1🕊1
Forwarded from Xusniddin Mamadiyev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Siz, azizlarni “1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan chin qalbimdan tabriklayman!

2023-2024-o‘quv yilida o‘tkazilgan asosiy fan olimpiadalari natijasiga ko‘ra, Surxondaryo viloyati 14-o‘rindan 7-o‘ringa ko‘tarilganligi, qolaversa maktab bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha ham 14-o‘rindan 10-o‘ringa ko‘tarilganligi, Siz aziz o‘qituvchi va murabbiylarning sohadagi jonkuyarligingiz, samarali mehnatlaringiz natijasidir.


Faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman. Hamisha sogʼ-omon boʼling, aziz ustozlar!

Xusniddin Mamadiyev
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i


Tabrikning to‘liq matni➡️bu yerda

Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥4🎉31🥰1👌1🕊1🏆1
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz oʻqituvchilar, hurmatli ustozlar, qadrli oilam, 1-oktabr "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" bu yil butunlay oʻzgacha shukuh bilan kutib olindi. Toʻgʻrimi?

Avvaliga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Pedagogik mahorat milliy institutida oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot oʻtkazdilar. Muloqotdagi bayramona muhit muhtasham “Hilton” mehmonxonasiga koʻchib oʻtdi.

Tantanada bir guruh oʻqituvchi va faxriylarimizga mukofotlar topshirdik. Bayramona dasturxon va yulduzlar ishtirokidagi konsert dasturi hayajonga toʻla kunimizni yakunlab berdi.

Oʻylaymanki, biz bir-birimizga faqat mehr va shodlik ulashdik. Qadrli ustoz va oʻqituvchilar aslida bundan ortigʻiga arziysizlar. Sizlarni yaxshi koʻraman, bir safda ekanimizdan faxrlanamam hamda bayramingiz bilan yana bir bor tabriklayman!

Davlatimiz rahbari aytganlaridek, har biringiz taʼlim sohasidagi islohotlarimizda yanada faol ishtirok etib, “Yangi Oʻzbekiston – maʼrifiy jamiyat” degan olijanob gʻoyamizni amalga oshirishga munosib hissa qoʻshasiz.

@hilola_umarova
👍7🔥1
⚡️Sharafli kasb egalari eʼzozlandi

📈Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Milliy gvardiya tashabbusi bilan Termiz shahrida "1 oktyabr – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tantanali tadbir boʼlib oʼtdi.

➡️Tadbirda Milliy gvardiya qoʼmondoni oʼrinbosari polkovnik S.Mamayusupov va viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev ishtirok etib, barcha ta'lim sohasi faxriylarini, koʼplab shogirdlar tarbiyalab kelayotgan fidoyi oʼqituvchilar va malakali murabbiylarni bayram bilan samimiy muborakbod etib, ezgu tilaklarni yoʼlladilar.


🔔Tadbir davomida bir guruh oʼqituvchi va murabbiylar hamda maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining fidoyi xodimlarining namunali xizmatlari eʼtirof etilib, ularga Milliy gvardiya qoʼmondonining "Maʼnaviyat aʼlochisi" koʼkrak nishoni, faxriy yorliq, tashakkurnomalar hamda esdalik sovgʼalari tantanali ravishda topshirildi.

#ustozlarkuni #taqdirlash

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥1🥰1