Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.1K subscribers
31.9K photos
3.14K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from Xusniddin Mamadiyev
Aziz o‘quvchilar, kelajagimiz egalari!
Hurmatli ustoz va murabbiylar, ta'lim jonkuyarlari!

Boshlanajak yangi o‘quv yili bilan barchangizni chin yurakdan muborakbod etaman. Ushbu o‘quv yili hammamiz uchun yangidan-yangi yutuq va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!

Yangi o‘quv yilida Sizga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlash va munosib sharoit yaratish maqsadida viloyatdagi 862 ta maktablar to‘liq joriy ta'mirdan chiqarildi, 7 ta maktabda mukammal ta'mirlash, 48 ta maktabda kapital rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi va 3 ta yangi maktab qurildi. 

Qolaversa, ta'til kunlarida biz pedagog-kadrlar uchun o'quv-seminarlar tashkil etdik va kasbiy rivojlanish darslarida o’zaro sohadagi yangiliklarni bo'lishishlariga zamin hozirladik. Zero, malakali o'qituvchi sifatli ta'limni
ta'minlaydi.


1-sinfga qadam qo‘yayotgan aziz bolajonlar!

Siz uchun bugun eng hayajonli va quvonchli kun.

Surxondaryodagi maktablarga joriy o‘quv yilida Sizdek 7 yoshni qarshilagan 63 ming 945 nafar jajji 1-sinf o‘quvchilari qabul qilinmoqda.


Qadrli o‘quvchilar!

Sizni bugungi quvonchli kuningiz bilan tabriklayman. Ta'lim dargohiga qo‘ygan ilk qadamingiz qutlug‘ bo‘lsin. Kelgusida yurtimizning barkamol avlodlari bo‘lib yetishishingizga tilakdoshman!

Xusniddin Mamadiyev
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i


Telegram | Facebook     
👍30🔥31🎉1🕊1
🔔"Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz" shiori ostida yangi o‘quv yili boshlandi

📈Bugun o‘zgacha quvonch, o‘zgacha kayfiyatda viloyatimizdagi barcha ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi.

🖥Xususan, Termiz shahridagi 3-sonli hamda 26-sonli umumta'lim maktablarida ham erta tongdan yangi o‘quv yiliga shod-u xurramlik bilan peshvoz chiqildi.

⚡️Maktab hovlisida tashkil etilgan tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev, viloyat, shahar hokimligi mas'ullari, o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalar jam bo‘lishdi.

➡️O‘quvchilar ijrosidagi sho‘x kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada fayz berdi. Badiiy qism yakunida barcha sog‘inib kutgan birinchi qo‘ng‘iroq jarangladi. Shundan so‘ng 1-sinfga qadam qo‘ygan bolajonlarga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat "Prezident sovg‘alari" topshirildi.

✔️Ma'lumot uchun, joriy o‘quv yilida Surxondaryo viloyatidagi 966 ta umumta'lim maktabining 1-sinfiga 58 ming 700 nafar o‘quvchi qabul qilindi. Bugungi kunda viloyatda jami o‘quvchilar soni 548 ming 88 nafarni tashkil etmoqda.

#bilimlarkuni #birinchiqongiroq

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔔"Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz" shiori ostida yangi o‘quv yili boshlandi

📈Bugun o‘zgacha quvonch, o‘zgacha kayfiyatda viloyatimizdagi barcha ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi.

🖥Xususan, Termiz shahridagi 3-sonli umumta'lim maktabida ham erta tongdan yangi o‘quv yiliga shod-u xurramlik bilan peshvoz chiqildi.

#bilimlarkuni #birinchiqongiroq

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🕊2🔥1👌1
🔔Yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan istiqbolli vazifalar belgilandi

📈Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev rahbarligida boshqarma xodimlari uchun navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi.

⚡️Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i dastlab barcha xodimlarni boshlangan yangi o‘quv yili bilan qutladi. Mazkur o‘quv yilida tizimdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish, kreativ g‘oyalar asosida ta'lim-tarbiya sifatini oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.

ℹ️Shuningdek, kun tartibidagi boshqa masalalar ham tegishlicha muhokama etilib, mas'ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabida “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri tashkil etildi.

🔔Yangi o‘quv yilining ilk kuni munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tantanaga o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari va boshqa mehmonlar tashrif buyurdilar.

➡️Tadbir avvalida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov so‘zga chiqib, 5-sinfga qabul qilingan 24 nafar zukko, bilimdon o‘quvchilarni qutladi va yangi ta’lim maskanidagi o‘qishlariga omad tiladi.

📈Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbirdan so‘ng barcha sinflarda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab, “Mustaqillik dars”lari o‘tildi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍104👏2