Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.9K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
🔔Ilk marta tizim xodimlari o‘rtasida "Boshqarma boshlig‘i kubogi" uchun sport musobaqalari o‘tkazildi

➡️Ma'lumki, davlatimiz rahbarining 2020-yil 30-oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 6099-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining tegishli buyrug’iga asosan, tizimning erkak xodimlari o'rtasida mini-futbol musobaqasi o'tkazilgan edi.

📈Musobaqalar natijalariga ko‘ra:

1-o‘rinni - Jarqo’rg’on tumani,
2-o‘rinni - Muzrabot tumani,
3-o‘rinni - Oltinsoy tumani jamoasi qo'lga kiritgan edi.


✔️Navbatdagi musobaqalar Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, tuman-shahar bo‘limlarining ayol xodimlari hamda maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ayol rahbarlari o‘rtasida “Boshqarma boshlig‘i kubogi" uchun sportning voleybol turi bo‘yicha bo'ldi.

🖥Musobaqalar qizg'in kechdi. Yakuniy natijalarga ko'ra:

1-o'rin - Denov tumani jamoasi,
2-o'rin - Muzrabot tumani jamoasi,
3-o'rin - viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasiga nasib etdi.


⚡️Taqdirlash marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev ishtirok etdi. G‘olib va sovrindorlarga viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining kubogi, diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.

#voleybol #boshqarmaboshligikubogi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🥰53🔥2👏2🎉2
🇺🇿 Bayramga tuhfa: Surxondaryoda 19 ta maktab foydalanishga topshirildi

📉Mamlakatimizda Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar Surxondaryo viloyatida ham o‘z samarasini bermoqda. Jumladan, ta'lim muassasalarini zamonaviy ko‘rinishga keltirish maqsadida yirik loyihalar asosida ijtimoiy soha obyektlari qurib foydalanishga topshirilmoqda.

➡️Surxondaryo viloyatida joriy yilda davlat dasturlari va tegishli qarorlarga asosan 48 ta maktabda kapital rekonstruksiya, qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi va ushbu maktablarning

19 tasi, xususan, Angor tumanida 2 ta, Boysun tumanida 2 ta, Denov tumanida 4 ta, Jarqo'rg'on tumanida 2 ta, Sherobod tumanida 1 ta, Uzun tumanida 1 ta, Qumqo'rg'on tumanida 2 ta, Sariosiyo tumanida 2 ta, Muzrabot tumanida 1 ta, Termiz shahrida 1 ta, Oltinsoy tumanida 1 ta maktab binolari yangi o'quv yili oldidan foydalanishga topshirildi.

⚡️Maktablarning ochilish marosimida tuman mutasaddi rahbarlari, faollar va nuroniy o‘qituvchilar bilan birgalikda mamlakatimizda hurmatli prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z bordi. Jumladan, maktab va maktabgacha ta'lim yo‘nalishiga oxirgi yillarda keng e'tibor qaratilganligi alohida ta'kidlandi.

ℹ️Hozirgi kunda qolgan obyektlarda ham qurilish ishlari davom etayotgan bo'lib, tez kunlarda foydalanishga topshirilishi ko'zda tutilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍10🔥2
Forwarded from Xusniddin Mamadiyev
Qadrli ustozlar va hurmatli pedagoglar!

Barchangizni mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda yoshlarga ilm cho‘qqilarini egallashlari, o‘zlarining aql-zakovatlari, ijodiy imkoniyatlarini namoyon etishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

Yuksak faxr bilan aytishim lozim-ki, Davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimizda olib borilayotgan sohaga doir islohotlarni amaliyotga joriy etishda sizlarning o‘rningiz va ishtirokingiz juda katta. Yoshlarning ertangi porloq va baxtli hayotini ta’minlash, ularning bilimli, yurtimizga sodiq va fidoyi insonlar bo‘lib voyaga yetishida har biringiz munosib mehnat qilmoqdasiz.

O‘quvchilarimiz esa o‘z navbatida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, xalqaro olimpiadalarda yuqori o‘rinlarni egallab, yaratilayotgan imkoniyatlarga munosib javob qaytarishmoqda. Albatta, bu natijalarga siz kabi jonkuyar, fidoyi pedagoglar tomonidan qilinayotgan astoydil harakatlar sabab erishilmoqda.


Qadrli va fidoyi hamkasblar!

Sizlarni va siz orqali barcha oila a’zolaringizni eng ulug‘, eng aziz shodiyona - "Mustaqillik kuni" bayrami bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayz-u baraka tilayman. Yurtimiz taraqqiyoti va farzandlarimiz kamoloti yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda katta muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!


Xusniddin Mamadiyev
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i


Telegram | Facebook
👍43👏52🔥1🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev:

"Men hurmatli ota-onalarga qarata aytmoqchiman: qizlaringizni o‘qiting, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishlarida ularga ko‘makchi bo‘ling!

Ulug‘larimiz aytganlaridek, o‘g‘il bolani o‘qitsak, bir kishi savodli bo‘ladi. Qiz bolani o‘qitsak, butun oila, butun jamiyat bilimli bo‘ladi!


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
👍10
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan sohada uzoq yillar faoliyat yuritgan bir guruh faxriy ustozlar uchun “Chinobod Plaza” dam olish maskaniga bepul yo‘llanma taqdim etdik.

Ular orasida 40, 42, 43, 58 (!) yillab chekka hududlardagi maktablarda faoliyat yuritgan o‘qituvchilar bor.

Sanatoriyada ustozlarimiz sog‘liqlarini tiklashlari hamda mazmunli hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Bu boshlanishi! Hali ko‘p ustozlarimiz, faxriylarimiz uchun bunday imkoniyatlar yaratamiz, men o‘ylayman ularning barchasi eng yaxshi sharoitlarda hordiq chiqarishga haqli. Yana bir bor barchangizga bayram muborak!
👍17